Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

KXDR xakerlari koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi ko‘p millatli tibbiy-biologik kompaniyaning tarmoqlariga kirishga urindi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Foto: 24gadet

Foto: 24gadet

Hujum nomi oshkor etilmagan kompaniyaning yetkazib berish zanjiriga uyushtirilgan. Secureworks kiberxavfsizlik tashkilotining ma’lum qilishicha, bu SolarWinds IT-kompaniyasiga uyushtirilgan hujumga o‘xshash.

Ta’kidlanishicha, xakerlarning harakati ular biror-bir ma’lumotni o‘g‘irlaguniga qadar aniqlangan.

Secureworks’ning mijozi bo‘lgan hujumga uchragan kompaniyadagilarning hisoblashicha, xakerlar mijoz tarmog‘iga boshqariladigan yetkazib berish xizmati (MSP) orqali kirishga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning fevralida shimoliy koreyalik xakerlar koronavirusga qarshi vaksinaga oid ma’lumotlarni olish uchun Pfizer farmatsevtika kompaniyasining serverlariga kirishga uringani to‘g‘risida xabar berilgandi. Xakerlar ma’lumot olishga muvaffaq bo‘lganmi yoki yo‘qligi haqida axborotlar topilmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)