Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida 9-noyabr kuni yonib ketgan transformator o‘sha kechaning o‘zida yangisiga almashtirildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati rahbari Bahriddin Esonov ma’lum qildi.

Foto: Bahriddin Esonov

Foto: Bahriddin Esonov

“9-noyabr kuni kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik sabab Koson tumani ‘Pudina’ MFY da joylashgan 569-transformator punktida qisqa tutashuv yuz bergan. Koson tuman elektr ta’minoti korxonasi navbatchi brigadasi nosozlik yuz bergan hududda bo‘lib, yaroqsiz holga kelgan transformatorni yangi transformatorga almashtirdi. Ayni paytda mahalladagi iste’molchilar barqaror elektr ta’minotiga ulangan”, — deydi Bahriddin Esonov.

Qayd etilishicha, mahallaga o‘rnatilgan yangi transformator 250 kilovatt quvvatga ega.

“Eskisi 100 kilovatt quvvatga ega edi, aholi esa ko‘p. Buncha aholiga tok yetkazib berish uchun transformator ortiqcha quvvat bilan ishlab, zo‘riqishi oqibatida yonib ketgandi. Endi eski transformatorga nisbatan bir yarim baravar kuchli transformator qo‘yildi. O‘ylaymizki, endi bizda elektr toki bilan bog‘liq muammo bo‘lmaydi”, — deydi “Daryo” tahririyatiga bu haqda xabar bergan aholi vakillaridan biri.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkent viloyatida 2023-yilda 9 ming gektar maydon qisqartirilib, 25 sotixdan aholiga beriladi
Mahalliy
Toshkent viloyatida kelin qaynonasiga 20 marta pichoq urdi (video)
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirdi