• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Afg‘oniston milliy qarshilik fronti yetakchisi Ahmad Mas’ud Emomali Rahmondan yordam so‘radi

    Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Afg‘onistonda inklyuziv hukumatning shakllanishida yordam ko‘rsatishi kerak. Bu haqda Afg‘oniston milliy qarshilik fronti yetakchisi kichik Ahmad Mas’ud Hirot sobiq hokimi Ismoil Xon bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar beradi Asia-Plus.

    Ahmad Mas’ud

    Ahmad Mas’ud
    Foto: Asia-Plus

    Uchrashuv 6-noyabr kuni Eronning Mashhad shahrida bo‘lib o‘tgan. Aynan shu kuni toliblar vakili Zabihulla Mujohid PCE/PC afg‘on xizmatiga bergan intervyusida “Tolibon” barcha qo‘shni davlatlar, ayniqsa, Tojikiston bilan yaxshi munosabatlarni o‘rnatishga urinayotganini ma’lum qilgan.

    Ismoil Xon

    Ismoil Xon
    Foto: TOLOnews

    “Hukumatimiz afg‘onlarning rivoji uchun iqtisodiy sohada ham, transport sohasida ham hamma bilan hamkorlik qilmoqchi. Ayniqsa, biz Tojikiston bilan yaxshi munosabatda bo‘lishni istaymiz, jumladan, savdo sohasida, shuningdek, ushbu mamlakatni tashvishga solayotgan boshqa yetakchi sohalarda ham”, — deydi u.

    Zabihulla Mujohid

    Zabihulla Mujohid
    Foto: EPA

    Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2021-yilning yanvar—sentabr oylari davomida 76,7 million dollarni tashkil etgan.

    Tojikiston — Markaziy Osiyoda “Tolibon”ga nisbatan murosasiz pozitsiyani egallagan yagona davlat. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon toliblarni Afg‘onistondagi tojiklarning huquqlarini mensimaslikda tanqid qilgan va mamlakatda faqat inklyuziv hukumat tuzilishini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

    Tarkibiga tojiklar, hazoralar va o‘zbeklar kiradigan Afg‘onistonda inklyuziv hukumatni shakllantirish masalasini Emomali Rahmon Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan 17-sentabr kuni Dushanbeda o‘tkazilgan yig‘ilishda muhokama qilgan edi. Aynan o‘shanda Tojikiston prezidenti ham qarshilik va “Tolibon” vakillari o‘rtasida Dushanbeda muzokaralar tashkil etishda yordam berishini aytgan, biroq hozircha bu tashabbus ishlab chiqilmagan.

    Eslatib o‘tamiz, 23-sentabr kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 76-sessiyasida so‘zlagan nutqida Afg‘onistonda saylovlar o‘tkazish va barcha etnik guruhlar vakillari, jumladan, afg‘onistonlik tojiklar ishtirokida keng qamrovli hukumat tuzishga chaqirgandi. Uning fikricha, Afg‘onistonning barcha aholisi manfaatlarini hisobga olmasdan tuzilgan har qanday hukumat halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, Rahmon Afg‘oniston hududida xalqaro terrorizmning qayta tiklanishi xavfidan ogohlantirgan.

    Mavzuga doir: Afg‘oniston milliy qarshilik fronti yetakchisi Ahmad Mas’udning Tojikistonda ekani ma’lum qilindi

    09.11.2021, 14:11   Izoh (0)   38722
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    BMT tinchlikparvarlari olmoslar kontrabandasida gumonlanmoqda

    09.11.2021, 13:57

    AQShda afg‘on qochoqlari hujjatlarni taqdim etishdagi bojlarni to‘lashdan ozod etiladi

    09.11.2021, 13:42

    AQShning sobiq prezidenti Obama Putinni tanqid qildi

    09.11.2021, 11:07

    Nigeriyadagi maktabda sodir bo‘lgan yong‘inda 25 bola halok bo‘ldi

    09.11.2021, 09:10

    Germaniyada iyul oyidagi suv toshqinlaridan ko‘rilgan zarar qariyb 30 milliard yevroga baholandi

    09.11.2021, 08:10

    Belarusdan Polshaga ketayotgan qochqinlar karvonini aks ettiruvchi videolar tarqaldi. Polsha hukumati chegarani buzishga tayyorgarlik haqida ogohlantirdi (video)

    09.11.2021, 07:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.