• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Titanik” va “Xalk”dagi rollarni qo‘ldan boy bergan, mashhurligi onasi bilan munosabatlariga putur yetkazgan Mettyu Makkonaxining qiyinchiliklarga to‘la hayot qissasi

    Aksariyat muxlislari e’tirof etganidek, aktyor Mettyu Makkonaxi haqiqatan ham orzularga beriluvchan odam. “Esankirash”, “Vaqt o‘ldiradi”, “Amistad”, “Tentak” va “Dallaslik xaridorlar klubi” kabi filmlari bilan tanilgan Makkonaxi ko‘p qirrali aktyor bo‘lib, karyerasi unga ko‘plab rollarni sinab ko‘rish imkonini bergan. To‘g‘rirog‘i, Makkonaxi dastlab unchalik jiddiy bo‘lmagan rollarda tajriba o‘tkazdi, lekin yillar davomida u aktyor sifatida rivojlanib, “Dallaslik xaridorlar klubi” filmidagi OITSga chalingan odam roli kabi murakkabroq rollarni ham ijro etishning uddasidan chiqdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Aktyor filmdagi personajiga ko‘proq o‘xshashi uchun qattiq harakat qildi, roli uchun 47 kilogrammga ozdi. Uning sa’y-harakatlari, mehnati e’tiborsiz qolmadi. 2014-yilda u “Oskar”ga va “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida “Oltin globus” mukofotiga loyiq ko‘rildi, bu esa romantik komediyalardan voz kechib, aktyorlik iste’dodi bilan ajralib turish orqali o‘z imijini o‘zgartirishga uringan kishi uchun katta yutuqdir. Mettyu Makkonaxi bolaligida ko‘plab fojiali voqealarni boshdan kechirdi. U mashhurlikka erishgach ham ishonish qiyin bo‘lgan voqealarga duch keldi.

    Mettyu Makkonaxi bolaligida zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Mettyu Makkonaxi 1969-yil 4-noyabrda Texasda tug‘ilgan. O‘quvchilik vaqtidayoq u mashhur edi, hatto “Eng chiroyli o‘quvchi” mukofotiga ham sazovor bo‘lgan. Biroq oilasidagi holat havas qilarlik darajada emasdi. Keyinchalik u bolaligida ota-onasi tomonidan ayovsiz kaltaklanganini, garchi boshqalar bu kabi harakatlarni zo‘ravonlik sifatida qabul qilgan bo‘lsa ham, lekin u hech qachon ota-onasini zo‘ravon deb hisoblamagani haqida so‘zlab bergan.

    O‘sha paytda men chindan ham qo‘rqqanman. Lekin o‘shanda ham, undan keyin ham oyim va dadamning bir-birlariga yoki ularning bizga bo‘lgan muhabbatiga hech qachon shubha qilmaganman.
    Uning qo‘shimcha qilishicha, qachonki o‘zi ota bo‘lsa, farzandlarining tarbiyasiga bo‘lgan yondashuvi ota-onasinikidan farq qiladi, lekin u hali ham ularni shafqatsiz deb hisoblamaydi: kaltaklanganida bunga loyiq ish qilganini va o‘zida bo‘lmaganini ta’kidlaydi. Shuningdek, u bolalari bilan muloqot qilishga alohida e’tibor berishini aytadi, chunki bolaligida onasi ona-bola o‘rtasidagi muloqotni bema’nilik deb hisoblagan.

    Mettyu Makkonaxi chet elda juda qiyin ahvolda qolgan

     

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Mettyu Makkonaxi o‘zining “Yashil yog‘du” (Greenlights) nomli memuar asarida o‘rta maktabni bitirgach, Avstraliya almashinuv dasturida qatnashishga qaror qilganida unga oson bo‘lmaganini ham ta’kidlaydi. Hamma narsa u kutganidek bo‘lib chiqmadi va u qiyinchilikni yengib o‘tish yo‘lini topishi kerak edi.

    Men olis Avstraliyada juda g‘alati oilalarning birida yashadim, chiroyli plyajlar va Elle Makferson haqidagi tasavvurlarim sarob bo‘lib chiqdi.
    Uning qo‘shimcha qilishicha, Avstraliyada uning hayoti go‘yoki to‘xtab qolgandek edi. Uning na do‘stlari, na bir tayinli ishi bor edi. Hatto yaqinlari bilan gaplashishi uchun telefoni ham bo‘lmagan, shu bois ham faqat o‘zigagina tayanishi kerak edi.
    Agar Avstraliyada bir amallab o‘tkazgan o‘sha qiyin davrim bo‘lmaganida, hozirgi hayotim ham bo‘lmasdi.
    Mettyu Makkonaxi karyerasining ilk yillarida turli muammolarga duch kelgan

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Aktyor hozir juda mashhur, lekin har doim ham shunday bo‘lavermagan. Mettyu kino sanoatiga qadam qo‘yganida juda ko‘p qiyinchiliklarga duch keldi. Entertainment Weekly xabariga ko‘ra, Makkonaxi birinchi marta kino maktabida o‘qiyotganda juda ko‘plab rad etishlardan tushkunlikka tushib, model sifatida o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan. Iste’dodlilarni izlab yuruvchi agent uning “chiroyli qo‘llari” borligini aytadi. Shuningdek, unga agar karyerasini davom ettirish niyati bo‘lsa, qo‘llarini parvarishlashni va tirnoqlarini tishlashni bas qilishni tavsiya qilgan.

    Bundan tashqari, Makkonaxi ko‘proq pul ishlash uchun Catfish Station nomli barda xizmat ko‘rsatish xodimi sifatida ishga kiradi. Aktyor u yerni “baliq va pivo sotiladigan, doimo ter hidi anqib turadigan bar” deb ataydi va u barda xizmat qiluvchi yagona oq tanli odam bo‘lgani uchun boshqalardan ajralib turganini esga oladi. Makkonaxi bar egasi bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan va hali ham yaxshi do‘st ekanligidan mamnun.

    Makkonaxi uzoq yillar davomida onasi bilan gaplashmagan

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Keyingi yillardagi shuhrat Mettyu Makkonaxi va uning onasi Kay bilan davom etgan munosabatlari uchun jiddiy salbiy holatga aylandi. People nashriga ko‘ra, shou-biznes aktyor hayotini qamrab olganidan so‘ng, onasi o‘g‘lining yangi shon-shuhratidan esankirab qoldi. Aktyorning tushuntirishicha, u mashhur bo‘lganidan keyin onasi bilan bo‘ladigan har doimgi suhbatlari ham avvalgidek samimiy bo‘lmagan.

    Qo‘ng‘iroqlarimga onam emas, mashhurligimdan esankirab qolgan muxlisim javob berardi.
    Vaziyat kundan kunga yomonlashib borar, aktyor yillar davomida kutilgan bunday mashhurlikka ko‘nikish yo‘lini qidirar edi.
    Men shon-shuhrat va boshqa narsalar o‘rtasidagi muvozanatni topishga harakat qilardim. Onam bilan ko‘p narsalarni baham ko‘rardim ... men baham ko‘rgan narsalarim uch kundan keyin olti soatlik yangiliklarda paydo bo‘lardi.
    Shu tufayli ona-bola o‘rtasida tez-tez kelishmovchiliklar yuzaga kela boshladi, natijada Makkonaxi onasidan uzoqlashishga qaror qildi. Aniqrog‘i, sakkiz yilga. Oxir-oqibat ular yarashishdi va yana muloqot qilishni boshladilar, lekin aktyorga hammasini o‘ylab olish uchun uzoq vaqt kerak bo‘ldi.

    Hech narsa Mettyu Makkonaxini baxtli qilolmagan

    Mettyu Makkonaxi sezilarli muvaffaqiyatlarga erishganiga qaramay, bundan ham ko‘prog‘iga loyiq ekanini his qilardi. The Guardian 2018-yilda ta’kidlaganidek, aktyor uning orzulari haqiqatning o‘zidan yaxshiroq ekanligiga ishongan.

    Men hali ham o‘zim tasavvur qilganimdek filmda suratga tushmaganman.
    Shubhasiz, Makkonaxi o‘ziga nisbatan qattiqqo‘l bo‘lishni yomon deb hisoblamaydi

    Shuningdek, u o‘ziga yoqadigan va hurmat qiladigan ko‘plab filmlarda ishtirok etganini aytadi. Bundan tashqari, u o‘zi ijro etgan rollarning muxlisi ekanini va obrazni qoyillatib o‘ynaganini tan oladi ham. U bir kunmas bir kun o‘zi orzu qilgandek filmda rol ijro etishiga umid qiladi.

    Mettyu Makkonaxi kutilmagan janjallarga aralashib qolgan

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Mettyu Makkonaxi ba’zida bahsli mojarolarga ham aralashib qoladi. Misol uchun, eng shov-shuvli voqealaridan biri 1999-yilda aktyorning hibsga olinishi edi. Makkonaxi shov-shuvli voqea haqida o‘zining “Yashil yog‘du” memuar asarida batafsil yozgan, deb yozadi The Hollywood Reporter. Yalang‘och aktyor yarim tunda uyining derazalarini ochib, “birozgina chekkan holda Anri Dikonguening go‘zal afrikancha ritmlarini tinglashni” xohlab qoladi.

    Bu holat Ostin politsiyasiga yoqmaydi va uning uyiga bostirib kirib, qo‘liga kishan solishadi va “tinchlikni buzgani, marixuana saqlagani va hibsga olishda qarshilik ko‘rsatgani” uchun qamoqqa olishadi. Aktyor norozi bo‘lib, ularga baqiradi va kiyim kiyishdan bosh tortadi. Makkonaxining so‘zlariga ko‘ra, shu yo‘l bilan u politsiya uning uyiga kirishgani xato ekanligini va o‘z ishi bilan shug‘ullanayotganini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan.

    Keyinchalik aktyor 50 dollar jarima va qo‘shimcha mashhurlik bilan qutulib qoldi.

    Mettyu Makkonaxi o‘z stereotiplariga ega shaxs

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Mettyu Makkonaxi 2000-yillarning boshlarida ijodiy ta’til olishi yoki “Makkonaxining uyg‘onishi” hammani hayratda qoldirdi. U 20 oy davomida ommadan uzoqlashdi, chunki aynan shu davrlarda u faqat romantik komediyalarda o‘ynagan va bundan juda charchagan edi.

    Shunday davr bo‘ldiki, men romantik komediyalardagina bo‘ladigan yigit rolidan boshqa obrazda ko‘rinmadim, men plyajda ko‘ylaksiz yuradigan yigit edim. Bu normal holat edi. O‘shanda ham aytganman, hozir ham aytaman, men ijro etgan ko‘ylaksiz yigit roli uchun ham, plyajdagi hashamatlar uchun ham yaxshigina pul to‘langan.
    Aktyorga turli xil rollarda o‘zini sinash imkoniyati berilmadi va u o‘z vaziyati bo‘yicha nimadir qilishga qaror qildi. U hatto romantik komediyalarda suratga tushishni istamagani uchun unga 14,5 million dollar olib kelishi mumkin bo‘lgan rolni rad etdi. Ushbu ta’til aktyorga o‘z imijini qayta shakllantirishga yordam berdi. Uning sa’y-harakatlari muvaffaqiyat bilan yakunlandi, chunki unga tez orada yangi va xilma-xil rollarga nomzod sifatida qaray boshlashdi.

    Mettyu Makkonaxi “Titanik” va “Xalk” filmlarida rol o‘ynashni juda xohlagan

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Mettyu Makkonaxi iste’dodli aktyor bo‘lsa ham, u har doim ham o‘zi xohlagan rollarni ololmagan – bu uning karyerasiga katta yordam berishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlar edi. Misol uchun, Today nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Makkonaxi “Titanik” filmidagi rol uchun ko‘rib chiqilgan aktyorlardan biri bo‘lib, mazkur rol oxir-oqibat Leonardo Di Kaprioga nasib etdi. Keyt Uinslet chindan ham Makkonaxi bilan kinosinovdan o‘tganini ham aytgan.

    Men Mettyu bilan kinosinov topshirganman, bu haqda ilgari hech qachon omma oldida gapirmaganman. Mettyu bilan juftlik rolini ijro etdik: bu juda ajoyib edi. Bu shunchaki Jek va Rouz, Keyt va Leo emas edi.
    Bu hali hammasi emas. Aktyor Xalk rolini o‘ynashni ham xohlagan, ammo orzusini amalga oshira olmadi. Huffington Post xabariga ko‘ra, u Marvel qahramonlari olamiga qiziqish bildirganida rad etilgan. Undan bu rolga qiziqish bildirganmi, degan savolga, u ha deb javob bergan, lekin rad etishganini qo‘shimcha qilgan. Esingizda bo‘lsa, Edvard Norton 2008-yilda suratga olingan “G‘aroyib Xalk” filmida Xalk rolini o‘ynagan, Mark Ruffalo esa Marvel kino olamidagi boshqa Xalk filmlarining qahramoniga aylangan.

    Otasidan ayrilish u uchun haqiqiy fojia bo‘lgan

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Mettyu Makkonaxi 1992-yilda otasi Jeyms Donald Makkonaxidan ayrilganini bilganida katta zarba oldi. Tim Ferriss bilan suhbatda u bu ayriliq haqida gapiraturib otasidan ayrilishi uni o‘z ishiga nisbatan tavakkal qilishga ko‘proq undagani haqida aytib o‘tgan.

    Otam mening suyanchim edi, chunki u tirik edi.U men uchun hukumatdan va qonundan yuqori bo‘lgan. Endi u yo‘q... Men suyanishim mumkin bo‘lgan odam yo‘q endi.
    Otasining vafoti aktyorni o‘lim haqida ko‘proq o‘ylashga majbur qildi. U aktyorlik va mashhurlik kabi sevgan va orzu qilgan narsalar vaqtinchalik ekanligini, qaysidir ma’noda qo‘rquvdan dovdirab qolishdan ko‘ra ko‘proq tavakkal qilishga va o‘zgarishlarni qabul qilishga imkon berishini tushunib yetdi.

    Bundan tashqari, Vanity Fair’ning yozishicha, Makkonaxining ota-onasi notinch munosabatlarga ega edi, ular birgalikdagi turmushi davomida ko‘p marta yarashishgan va ajralishgan. Ammo yakunda ular doimo bir-birlariga qaytib kelishardi. Onasidan o‘limi haqida eshitganida aktyor o‘z holatini shunday tasvirlaydi:

    Tizzam bukilib-bukilib ketdi. Ishonmadim. U mening otam edi. Uni hech kim va hech narsa o‘ldira olmaydi, deb ishonardim.
    Omadsizlikka uchragan film uchun aktyor o‘z tanasini stressga duchor qilgan

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Mettyu Makkonaxi a’lo darajada uddalashi mumkin bo‘lgan narsa bu — rolga tayyorgarlik ko‘rish va u qo‘lidan kelganini qilishiga ishonch hosil qilish uchun bor imkoniyatini ishga solishdir. Misol uchun, 2016-yilgi “Oltin” filmidagi roli ustida ishlayotgan aktyor 45 kilogramm vazn yig‘ib, kuchli og‘riqni boshdan kechirdi. U biznesmen Kenni Uells obraziga mos bo‘lishi uchun shunday qilishiga to‘g‘ri keldi.

    Afsuski, film katta omadsizlikka uchradi, aktyorning barcha sa’y-harakatlari zoye ketdi. Shundan so‘ng tanasidagi ortiqcha yog‘larni yo‘qotish uchun unga ko‘p oylik intensiv mashg‘ulotlar kerak bo‘ldi. Makkonaxi 2019-yilda ham o‘sha ortiqcha vaznni yo‘qotishga harakat qilayotganini aytgan.
    Oradan ancha vaqt o‘tdi. Men avvalgi formamga kelishim kerak, hozir faqatgina shuni xohlayman. Men “Oltin” filmida 220 funt vazn yig‘dim, lekin hali ham undan to‘la qutula olmadim.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Filmdagi roli uchun aktyor sochini kalga ham oldirgan, deb yozadi The Guardian. Film muvaffaqiyat qozonolmadi, aktyor hech qanday mukofot olmadi. Biroq u 2013-yilda suratga olingan “Dallaslik xaridorlar klubi” filmidagi ijrosi bilan tomoshabinlarni hayratda qoldirdi, buning uchun u 50 kilogrammga yaqin vazn tashladi.

    Mettyu Makkonaxi prokat filmlarda unchalik muvaffaqiyatli qozonmadi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Mettyu Makkonaxi hech qachon buning uddasidan chiqa olmadi. Rollari uchun bir nechta mukofotlarga, jumladan, “Oskar” olganiga qaramay, u kassabop filmlarda muvaffaqiyatga erisha olmadi. Aktyor “Intersteller”, “Oq tanli yigit Rik”, “Gunoh daryosi”, “Jentelmenlar” va boshqalar kabi ko‘plab ajoyib filmlarda rol o‘ynagan, ammo tijorat xitlarini yarata olmasligini tushunib yetgan.

    U o‘zining “Yashil yog‘du” kitobida “kassabop filmlarda juda kam muvaffaqiyatga erishganini” yozgan. “Muammo mendami? Mavzudami? Filmlardami? Bilmayman”, — degan u.

    Bunday filmlardagi omadsziliklar mening aktyorlikka bo‘lgan muhabbatimni susaytirmadi, aksincha kasbimga yanada ko‘proq qiziqtirdi... Endi men karyeramda shunchaki artist emas, balki ham aktyor, ham rassom edim. Va bu menga huzur bag‘ishlardi. Mening karyeram mazmunan boy bo‘ldi.
    2017-yilda Guardian’da chiqqan maqolada Makkonaxining karyerasida susayish kuzatilgani va aktyorga yana bir martaba tanaffusga muhtoj ekanligi aytilgan.

    Aktyor so‘nggi yillarda bir nechta omadsiz filmlarda suratga tushdi, buning natijasida The Guardian jurnalisti Noa Gittell 2016-yil aktyor uchun haqiqatan ham dahshatli yil bo‘lganini, u suratga tushgan “Jons okrugining ozod odamlari” filmi taassurot qoldira olmagani, ustiga ustak budjetning yarmini ham topa olmagani haqida taxmin qilishiga sabab bo‘ldi. Yana bir film – “Xudkushlar o‘rmoni” ham Kann festivalida tomoshabinlar tomonidan hurmatsizlarcha hushtakbozlik bilan kutib olindi.

    Mavzuga doir: 

    • Mettyu Makkonaxi Texas shtati gubernatorligiga saylanish haqida o‘ylanmoqda
    • Gollivud yulduzlarining qamoqxonada olingan suratlari (foto)
    • Mettyu Makkonaxi futbol maydoniga qo‘lida do‘mbira bilan yashil kostyumda chiqib keldi. Shu orqali u “Ostin” muxlislariga o‘yin oldidan minnatdorchilik bildirgan

    05.11.2021, 17:39   Izoh (0)   14560
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turk aktyori Murat Yildirim yangi loyihadagi roli uchun 10 kilo vazn tashladi

    05.11.2021, 13:25

    O‘zligini anglab yetishi va haqiqiy sevgisini uchratish uchun 65 yil sarflagan aktyor Richard Gir hikoyasi (foto)

    05.11.2021, 11:44

    Sobiq malikalar qanday yashaydi: rasmiy majburiyatlaridan voz kechgan qirolichalar (foto)

    05.11.2021, 10:42

    Instagram: “Qalpoq”chilardan Alisher Qodirovga parodiya, hijobini yechishga majbur bo‘lgan Aziza Yoqubova, ijtimoiy tarmoq bloklanishiga blogerlar munosabati

    04.11.2021, 22:39

    “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Halit Ergench uchinchi marta ota bo‘ldi

    04.11.2021, 14:24

    “U mening hayotimni yashirincha barbod qildi”. Britni Spirs yillar davomida otasining vasiyligi ostida bo‘lganiga onasini aybladi

    04.11.2021, 11:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Sistit — bu uyat emas!


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda Damas’da 17 bolani olib ketayotgan haydovchiga chora ko‘rildi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 14:30

    Desertga tuzlangan bodringli pechenye: Gollivud yulduzlari yaxshi ko‘radigan g‘ayrioddiy yeguliklar

    Layfstayl | 31 may, 13:50

    O‘zbekistonda yozning ilk kunida harorat qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 31 may, 13:25

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30

    “Xohlaganimni gapiraman” deya ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 11:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.