• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    USAID O‘zbekiston maktablariga qiymati 10 mln dollarlik 385 mingta kitob taqdim etdi

    AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) 3-noyabr kuni Namangan va Sirdaryo viloyatlarining 208 ta umumta’lim maktablariga 385 ming dona darslik va o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalarni taqdim etdi, deb xabar bermoqda agentlik matbuot xizmati.

    Foto: USAID

    Foto: USAID

    Qayd etilishicha, kitoblar USAID’ning O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining ta’lim natijalarini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan pilot loyihasi doirasida topshirildi.

    Cambridge University Press nashriyoti tomonidan ishlab chiqilgan 10 million dollar qiymatidagi ushbu o‘quv-metodik majmualar 5—11-sinflarda informatika va axborot texnologiyalari (IAT) hamda 1—11-sinflarda ingliz tili chet tili sifatida fanlarini o‘qitishni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan.

    Joriy o‘quv yilida dastlabki tajriba-sinov yakunlangach, kitoblar o‘qituvchilarning fikr-mulohazalari asosida qayta ko‘rib chiqiladi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab butun mamlakat bo‘ylab barcha maktablarga yetkazib berish uchun chop etiladi.

    Buning natijasida O‘zbekistonda 6,5 million nafardan ziyod o‘quvchilar yuqori sifatli darsliklardan, o‘n minglab o‘qituvchilar esa yuqori sifatli qo‘llanmalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Foto: USAID

    Foto: USAID

    “O‘qituvchilar uchun ushbu yuqori sifatli qo‘llanmalar va darsliklar O‘zbekistonning ta’lim tizimiga bilimli va iqtidorli hamda hayotda muvaffaqiyatga erishishga imkon beruvchi tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan bitiruvchilarni yetishtirishga yordam beradi. Biz USAID bilan ushbu pilot dastur doirasida hamkorlik qilishdan xursandmiz. Mazkur dastur mamlakat bo‘ylab o‘quv-metodik majmualarni tarqatishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida yuqori sifatli materiallarning ta’lim jarayoniga ta’sirini baholash imkonini beradi”, — deydi Xalq ta’limi vazirligining Respublika ta’lim markazi direktori Shuhrat Sattorov.

    Xabarda, shuningdek, USAID “O‘zbekistonda barkamollik uchun ta’lim dasturi” doirasida yangi o‘quv-metodik majmualarni O‘zbekiston konteksti nuqtayi nazaridan baholash, ko‘rib chiqish va moslashtirish bo‘yicha Respublika ta’lim markazi bilan yaqin hamkorlikda ishlagani ma’lum qilingan.

    USAID ingliz tili chet tili sifatida va informatika va axborot texnologiyalari fanlarining 1000 nafardan ortiq o‘qituvchilariga yangi darsliklar va qo‘llanmalardan foydalanish hamda o‘quvchiga yo‘naltirilgan ta’lim strategiyalaridan foydalanish bo‘yicha treninglar tashkil etib, bu yo‘nalishda ularga yaqindan yordam bermoqda.

    Eslatib o‘tamiz, 6-avgust kuni USAID O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi uchun xalqaro nashriyotlar ishlab chiqqan ikkita turkum darsliklar uchun litsenziya olganini e’lon qilgandi.

    Shu kuni USAID’ning O‘zbekistondagi missiyasi direktori Mikaela Meredit va xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov DOAG (Ta’lim tizimini rivojlantirishda ko‘maklashish grant shartnomasini) doirasida yana 5,5 million dollar ajratishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha hujjatni imzolagan. Bu mablag‘lar yoshlarning ishga kirishidan oldin ularning tadbirkorligi va ishga tayyorligini oshirish uchun ishlatiladi.

    Mavzuga doir: USAID O‘zbekistonga 131 tonnalik oziq-ovqat yordamini topshirdi

    03.11.2021, 19:25   Izoh (0)   15640
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda “snos”ga tushgan hududda Qur’on oyatlari tushirilgan qadimiy qabrtoshlar topildi (foto)

    03.11.2021, 19:10

    Marg‘ilondagi “Xo‘ja Porso” masjidining tarixiy binosi buzilgani yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

    03.11.2021, 18:55

    Samarqandda DXX 1700 dona psixotrop dori vositasini 2 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslarni qo‘lga oldi

    03.11.2021, 18:09

    O‘zbekistonda birinchi marta davlat fuqarodan elektr energiya sotib oldi

    03.11.2021, 17:38

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ikki kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastladi

    03.11.2021, 17:09

    Oliy Majlis binosi ortidagi sun’iy ko‘l o‘rnida teatr quriladi

    03.11.2021, 16:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.