• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Uch daryodan suv ichgan dengiz

    1989-yilning 21-oktabrida O‘zbekistonda mamlakat mustaqilligi ramzlaridan biri — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. 2020-yildan boshlab bu sana O‘zbek tili bayrami sifatida nishonlanmoqda. “Daryo” ushbu sana munosabati bilan oktabrni “O‘zbek tili oyligi” deb e’lon qiladi va oy davomida har kuni til masalasida turli yillarda qilingan va hamon o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan chiqishlar, nutqlar, maqolalarni qayta chop etadi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Ona tilimni muazzam va ulug‘ desam, e’zozlab boshga ko‘tarsam, buning boisi o‘zimniki bo‘lgani, jonimga yaqinligi uchun emas. Shunga ishonganim, iymon keltirganim uchun, mening ham bir-ikki tildan xabarim bo‘lib, qiyoslash imkoniyatlarim borligi uchundir.

    Bir tomchi shabnamdek mo‘jaz va tiniq elchi degan sof o‘zbekcha turkiy so‘zda qancha hikmat bor!

    El deb, elat deb xalqni aytamiz. Yana yov hech qachon el bo‘lmaydi, deymiz, yomonga elakishma degan o‘gitimiz bor. Bu o‘rinda el do‘stlik, yaqinlik ma’nolarini bildiradi. El qadimda davlat tushunchasini ham ifoda qilgan. Elchi bir xalqdan, bir davlatdan boshqa yurtga yuborilgan vakilgina emas, balki elni elga el qiladigan odam, xalqlar o‘rtasida mehr rishtasini bog‘lovchi, do‘stlik ko‘prigini quruvchi hamdir.

    So‘zning o‘zida shaxs zimmasidagi zalvorli yuk bor. Elchi adolat va ezgulik yo‘lida haq so‘zni aytishga burchli inson.

    Uning joniga esa kafolat hujjati qilib, qonundek mustahkam, shohlar hukmidek qat’iy hikmat, aytilgan: Elchiga o‘lim yo‘q!

    Omonat degan o‘zbekona so‘zga qalb qulog‘ini tuting. Qanchalar teran insoniy tuyg‘ular bor bu so‘zda. U mulk haqida aytilsa birovning omonati, jon haqida aytilsa Allohning omonati. Banda uchun dunyo omonat, dunyo uchun bandaning o‘zi omonat.

    “Yog‘ilur har dam falakdan boshingga gardi firoq,O‘t ravonroqkim, omonatdir base bu eski toq.”

    Inson boshiga osmondan gard yog‘ilib turadi. Biz bugun bu gardni kosmik chang, deymiz. Fazoviy jismlarning Yer atmosferasida yonib ketishidan hosil bo‘lgan kul, deymiz. Bunday gardni Hazrat Navoiy besh asr muqaddam qayoqdan bilgan, deya hayron bo‘lmang. Beruniylar, Ulug‘beklar yashagan yurtda fazo sirlari ayon edi. Hayratga sabab boshqa, ya’ni bu ilmiy haqiqatning falsafiy xulosasi, badiiy timsolidir. Ey odamzod, deydilar hazrat, boshingga yoqqan samo changlari ayriliq gardlaridir. Tomidan tuproq yog‘ilgan uyda uzoq turib bo‘lmaydi. Bunday uy omonat. Chirigan tom ostida yashash xatarli. Osmonidan gard yog‘ilgan dunyoni, bu eski toqni ham ravonroq, tezroq tark etgan yaxshidir. Omonat so‘zining ma’no tovlanishiga qarang. Uy omonat, olam omonat.

    So‘z — zabarjad,So‘z — gavhar, oltin,Zargarlikning mashaqqati ko‘p.So‘zni baytga qadashdan oldinKaftingga qo‘y, to‘yib qara, o‘p!

    Ona tilimni sevmasam, so‘zlariga mahliyo bo‘lmasam, hayratlanmasam menga shoirlik qayda edi!

    Oftob chiqdi, quyosh chiqdi, kun chiqdi,Mehr-u shams-u xurshidi gardun chiqdi.

    Bir zamon bolalar uchun aytilgan shu jo‘ngina va g‘o‘rgina ikki satrning o‘zida quyoshning oltita nomini topasiz! Sanoqni yana davom ettirish mumkin. Olimlar, topib bering, qaysi tilda quyoshning o‘ndan ortiq ismi bor! Qaysi tilda osmonni kamalak ranglaridek yetti xil nom bilan ataydilar? Osmon, falak, samo, charx, gardun, fazo, ko‘k… Bular daf’atan xayolga kelganlari xolos! Arsh, davvor, minu singari kam ishlatiladigan xos so‘zlar ham sanalsa ro‘yxat yanada uzayadi.

    Ma’nodosh so‘zlarimizning ko‘pligiga sabab bor. O‘zbek tili uch daryodan suv ichgan. Diniy, ilmiy, ijtimoiy atamalarimiz asosan arab tilidan, ko‘pgina ish qurollarimiz, jomadon, xokandoz, dastshu, jomashu, dazmol, qog‘oz kabi hunarmandlikka oid so‘zlarimiz, shuningdek, yuksak she’riy uslubga xos suxanlar fors tilidan kelgan. Lekin bu qat’iy qoida emas. Aksar holat desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Arab tilidan o‘tgan narsa va buyum nomlari ham tilimizda ko‘p: aroba, musallas, istehkom, qalam singari. Shuningdek, fors tilidan kirgan falsafiy atamalar ham talaygina. Javonmard, sarbador, charxi kajraftor, Oyinai Iskandar va hokazo. Harakat nomlari asosan turkiycha. Alisher Navoiy turkiy tildagi yuzta harakat nomi, ya’ni fe’llarni sanab, fors tilida ularning muqobili yo‘q ekanini aytganlar va turkiy tilimizning boyligi, qudratini namoyish etganlar.

    Qadimda turkiy til oddiy xalq tili hisoblangan. Askarlikka oddiy xalqdan olingani uchun va fe’l o‘zaklari tur, yot, yur, ot, chop singari asosan bir bo‘g‘inli so‘zlardan tarkib topgani va buyruq berishga qulayligi bois harbiy til turkcha bo‘lgan.

    “Temur tuzuklari” ni bizga yetib kelgan fors tilidagi matndan o‘zbekchaga tarjima qilar ekan, Alixonto‘ra Sog‘uniy, “men tarjima qilmadim, balki asl tiliga qaytardim,” degan edilar va misol tariqasida tingchi, bolong‘ar, jalong‘ar kabi turkiy atamalarning forscha muqobili topilmay, matnda o‘z aslicha qolganini ko‘rsatgan edilar.

    O‘zbek tilining buyuk dengizi ana shu uch buyuk daryo — turkiy, arabiy va forsiydan suv ichish barobarida eski lotin, xitoy, mo‘g‘ul, rus, Yevropa tillaridan bahramand bo‘lgan.

    Shu sabab tilimiz boy. Hech bir boshqa tilda bo‘lmagan shakldosh so‘zlar san’ati tuyuq o‘zbek tilida bor. Hech biri boshqa xalqda yo‘q askiya, so‘z o‘yini bizda mavjud.

    Hazrat Navoiy to‘pori, qora xalq tili hisoblangan turkiy o‘zbek tilini she’riyat osmoniga ko‘tarib qo‘ydilar. “Muhokamatul lug‘atayn”ni yozib ona tilimizning fors tilidan ustun bo‘lsa ustunki, kam emasligini isbot qildilar.

    Ushbu risolada yozilishicha, Navoiy ham yoshlik yillarida boshqa shoirlar kabi asosan fors tilida she’rlar yozib, nafosat ahlining olqishini olgan ekanlar. Xususan, forsiyda bitilgan “Tuhfatul afkor” qasidasining matlai to‘g‘risida hazrat Jomiy “Bahoriston” nomli asarda yozmishlarki, mazmuni shundoq: “Bu davlat yorlig‘ini osmonning peshtoqiga osilsa arziydi va bu saodat tamg‘asini Mushtariy yulduzining bo‘yniga ilib qo‘ysa, unga quvonch, iftixor bo‘lgay.”

    Navoiyning so‘z boyligi beqiyos. Sababi hazrat fors tilini qanchalar mukammal bilsalar — o‘z e’tiroflari bo‘yicha: “fors alfozin kishi mendin ko‘prak bilmaydur”— arab tilini ham shu qadar barkamol egallaganlar va ularni to‘la istifoda etganlar. Turkiy tilning esa butun nazokatini, so‘zga boyligini “Muhokamatul lug‘atayn”dagina emas, butun umr, butun ijod jarayonida namoyon qilganlar. O‘zbekning sodda, to‘pori so‘zlarini ham, she’rga solish mumkin bo‘lmagan darajada oddiy va jo‘n gaplarni ham nozik g‘azalga kirita olganlarki, bundoq sehrdan lol bo‘lmay iloj yo‘q.

    Sahar hovar shahi charx uzrakim hayli hasham chekdi,Shuoi xat bila ko‘hsor uza oltun alam chekdi.

    Shunday yuksak uslubda yozilgan g‘azalga “supurgi” degan so‘zni kiritib bo‘ladimi? Mutlaqo mumkin emas, deysiz. Endi she’rning davomini o‘qing:

    Qazo farroshi sundi charxning siymin supurgusin,Muzayyan parlari andoqki, tovusi haram chekdi.

    Ajabo, buyuk iste’dod nafasi tegsa o‘zbekning qora yerda yotgan supurgisi ham osmonga ko‘tarilib, quyoshning taram-taram shu’lasiga aylanar ekan.

    Yoki “tish qirchillatish” iborasini bugungi shoirlarimiz aruzi bayt u yoqda tursin, hatto xalqona sodda barmoq vaznida aytishni o‘zlariga ep ko‘rmaydilar. Navoiyga quloq tuting:

    Tushda ko‘rdim yorni, shodon raqibim o‘truda,Rashkdin har lahza tish qirchillaturman uyquda.

    Bunday xalq iboralari, laparlari, maqollarini “Xazoyinul ma’oniy”da ko‘plab uchratamiz va har gal bu xil jo‘n so‘zlar tagida yotgan ma’nolardan, badiiyatdan hayratga tushamiz.

    Bizning shunday ulug‘ she’riyatimiz bor, boylikda beqiyos ona tilimiz bor. Til millatning bosh belgisi hisoblanadi. Til bor — millat bor. Til yo‘q — millat yo‘q. Istiqlol unut bo‘lgan davlatchiligimizni tikladi, yo‘q bo‘lishga mahkum qilingan tilimizni, demakki millatimizni asradi va aziz qildi. Endi uning biz yo‘qotib ulgurgan boyligini tiklash, turlicha “izm” tamg‘alarini qo‘yib iste’moldan chiqarilgan so‘zlarni o‘rniga qaytarish, buning uchun mumtoz adabiyotimizni chuqur o‘rganish hozirgi avlod zimmasidagi sharafli burchdir.

    Gohi xayol qilaman, agar mustaqillikka ellik yil avvalroq yetishganimizda balki ikki azim daryodan suv ichgan Orol dengizimiz bu ayanchli ahvolga tushmas edi va agar sobiq tuzum yana ellik yil yashab qolganda uch dengizdan suv ichgan ona tilimizning qismati ham Orolning qismatidek bo‘lardi.

    Tiklanayotgan so‘zlarimiz istiqlol chechaklaridir. Ochilajak gullar hali behisob…

    Erkin Vohidov,“So‘z latofati” kitobidan olindi

    28.10.2021, 08:29   Izoh (0)   54909
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Muxtoriyat

    28.10.2021, 07:52

    O‘zbekistonda 2023-yilda birinchi yuqori kuchlanishli raqamli podstansiya ishga tushiriladi

    28.10.2021, 07:49

    Rossiyada o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini ishga jalb etish tartibi soddalashtiriladi

    28.10.2021, 07:28

    O‘zbekistondagi 200 ming gektar past hosilli paxta va g‘alla maydoni aholiga tanlov asosida, uzoq muddatli ijaraga beriladi

    28.10.2021, 00:38

    Nogironlar aravachasida basketbol o‘ynayotgan amaldorlar, harbiy xuntaga qarshi sudanliklar, vulqon yaqinida sayr qilayotgan odam. 27-oktabr suratlari

    27.10.2021, 23:54

    O‘zbekistonda endi xorijiy valyutada olingan kreditlar milliy valyutaga o‘tkazilganda kompensatsiya beriladi

    27.10.2021, 23:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.