Samarqand O‘zbekistondagi eng ko‘p arxitektura yodgorligiga ega viloyat hisoblanadi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning 1-yanvar holati bo‘yicha mamlakatda arxitektura yodgorliklari soni 2264 tani tashkil etgan.

Hududlar bo‘yicha arxitektura yodgorliklari soni:

  • Samarqand viloyati — 562 ta;
  • Buxoro viloyati — 507 ta;
  • Toshkent shahri — 288 ta;
  • Qashqadaryo viloyati — 208 ta;
  • Farg‘ona viloyati — 139 ta;
  • Xorazm viloyati — 136 ta;
  • Jizzax viloyati — 100 ta;
  • Namangan viloyati — 98 ta;
  • Andijon viloyati — 74 ta;
  • Navoiy viloyati — 70 ta;
  • Surxondaryo viloyati — 36 ta;
  • Qoraqalpog‘iston — 24 ta;
  • Sirdaryo viloyati — 15 ta;
  • Toshkent viloyati — 7 ta.

Bundan avval Germaniya kompaniyasi Toshkentdagi Romanovlar saroyi binosini rekonstruksiya qilishi, YuNESKO O‘zbekistonga Shahrisabz tarixiy markazini tiklash uchun yana bir yil muddat bergani hamda Buxorodagi 7 ta tarixiy obida ICESCO’ning Islom olami merosi ro‘yxatiga kiritilgani haqida xabar berilgandi.