Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 10-turida “Barselona” va “Real” klublari 24-oktabr, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Uchrashuvning birinchi bo‘limi teng kurashlar ostida o‘tdi va har ikki jamoa vakillari bir qator golga tortadigan vaziyatlar bo‘ldi. 32-daqiqada madridliklar himoyachisi David Alaba o‘zi boshlagan qarshi hujumni chiroyli gol bilan yakunladi.

Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda jamoalar bir martadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi: Lukas Vaskes madridliklarning yana bir qarshi hujumini golga aylantirgan bo‘lsa, so‘nggi daqiqada Serxio Aguero hisobni qisqartirdi.

“Real” ochkolarini 20 taga yetkazib olgan holda birinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Barselona” 15 ochko bilan 8-pog‘onada bormoqda.

Top-5 ligalar onlayn jadvallari, o‘yinlar taqvimi, to‘purarlar ro‘yxati — ko‘rish.

La Liga

10-tur bahsi

24-oktabr, yakshanba

“Barselona” — “Real Madrid” 1:2

Gollar: 0:1 – 32 Alaba, 0:2 – 90+4 Vaskes, 1:2 – 90+7 Aguero.

“Barselona”: ter Shtegen, Mingesa (Koutinyo, 46), Pike, Erik Garsiya, Alba, Buskets, Frenki de Yong (Serxi Roberto, 77), Gavi (Lyuk de Yong, 85), Dest, Depay, Fati (Aguero, 74).

“Real Madrid”: Kurtua, Alaba, Militao, Mendi, Modrich, Kroos, Kazemiro, Vaskes, Benzema, Vinisius Junior (Asensio, 86), Rodrigo (Valverde, 72 (Karvaxal, 90+2).

Ogohlantirishlar: Pike (58), Mendi (80).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Juliya Roberts o‘zi ovqat pishiradi, bolalarini maktabga olib boradi, itlari bilan sayr qiladi va “Oskar”dan ko‘ra oddiy hayotni qadrlaydi
Markaziy Osiyo
Turkmaniston bu yil 1 mln tonnadan ortiq paxta yig‘ib olishni rejalashtirmoqda
Mahalliy
Navoiyda o‘zganing 31 bosh qo‘yini o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi