Dunyo va O‘zbekiston bo‘ylab olingan qiziqarli suratlarni taqdim etamiz.

Meksikaning Garsiya shahridagi Ksenpal hayvonot bog‘ida jirafaga sabzi berayotgan tashrif buyuruvchilar.

Foto: Reuters

Toshkent shahri Yunusobod tumani Markaz-2 dahasida joylashgan 17-sonli maktab binosidagi 518-saylov uchastkasi.

Foto: Dilruh Isomiddinova

Musulmonlar Bangladeshdagi “Baytul Mukarram” milliy masjidda juma namozida qatnashdi.

Foto: Shutterstock

Kiyev aholisi Xellouin bayramini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: EPA

Keniyadagi Bogoriya ko‘li hududida yashovchi minglab flamingolar yurak shaklini hosil qildi. Ko‘plab qushlar Bogoriya ko‘lida yashovchi siyanobakteriyalar va rotiferlar bilan oziqlanadi.

Foto: Legion Media

Qohiradagi Giza platosida zamonaviy san’at ko‘rgazmasi ochildi.

Foto: EPA

Sotheby’s auksion uyida “Islom dunyosi va Hindiston san’ati” ko‘rgazmasi 27-oktabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. Suratda: Boburiylar davridagi zumrad ko‘zli ko‘zoynak.

Foto: “TASS”

Triseratopsning eng katta skeleti Parijda kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Amerikalik shaxsiy kolleksioner 6,65 million yevroga dinozavr skeletini sotib oldi.

Foto: EPA

Ekofaol Greta Tunberg Stokgolmdagi iqlim aksiyasida.

Foto: EPA

Bangkokda buddistlarning Lentining bayrami tugashiga bag‘ishlangan tantanalar o‘tkazildi.

Foto: EPA

Germaniyanig Gannover shahrida quyosh chiqishi.

Foto: “TASS”

Tehronda so‘fiylarning “Sama” raqsining ijrosi.

Foto: “TASS”

Angliyaning Krouli shahridagi Tulleys fermasida katta qovoqni ko‘tarib ketayotgan bolalar. Qovoq xo‘jaliklarining yillik yig‘imi oktabr oyida o‘tkaziladi va 450 000 qovoq polizdan yig‘ib olinadi.

Foto: Getty Images

Suriyadagi hukumat kuchlari va ularning ittifoqchilari tomonidan vayron qilingan bir ko‘chani tasvirlayotgan suriyalik haykaltarosh Xolid Davaa.

Foto: AFP

Angliyaning Tayn shahridagi Sent-Meri mayoqchasi yaqinidagi qirg‘oqqa urilayotgan to‘lqinlar.

Foto: PA

Sudanda fuqarolik boshqaruvini qo‘llab-quvvatlovchi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

Foto: EPA

Moskvada kuchli shamol tufayli Kreml devori yaqinidagi havoza Qizil maydonga qulab tushdi va devorning “tishlari”ga zarar yetkazdi.

Foto: “TASS”

Afg‘onistonlik ayollar Kobul markazida ayollar huquqi bo‘yicha norozilik namoyishi o‘tkazdi.

Foto: Reuters

Dubay sohilida “Dubay ko‘zi” deb nomlangan charxpalak fonida tuyada ketayotgan odam.

Foto: EPA

Yevropa Ittifoqi rahbarlari sammitining ikkinchi kunida Angela Merkel Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan salomlashmoqda.

Foto: Reuters

Trekdagi velopoyga bo‘yicha jahon chempionati Fransiyaning Rubay shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: EPA