• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Anjelina Joli, Kim Kardashyan va Afg‘onistondagi ayollar muammolariga jamoatchilik e’tiborini qaratishga urinayotgan boshqa mashhurlar (foto)

    “Tolibon” hukumat tepasiga kelganidan keyin Afg‘onistondagi ayollar bilan bog‘liq vaziyat yomonlashdi. Bunga tabiiyki ko‘pchilik qatori yulduzlar ham befarq qarab turolmaydi. Ulardan aksariyati afg‘on ayollarining erkinlikka erishishi uchun yordam berish payida.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    13-sentabr kuni 2021-yilgi Met Gala kostyumlar bali bo‘lib o‘tdi. Tashrif buyurganlarning orasida model Kim Kardashyanning tanlagan obrazi: qora niqobli kombinezonda boshdan-oyoq burkanib kelgani ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamaga sabab bo‘ldi, uning ustidan kulmagan odamning o‘zi qolmagan. Ammo ayrim foydalanuvchilar Kim mazkur obrazni bejizga tanlamagan, degan fikrda to‘xtalgan. Model shu tariqa “Tolibon”dan so‘ng aynan shunday kiyinib yurishga mahkum bo‘lgan Afg‘oniston ayollarini qo‘llab-quvvatlamoqchi bo‘lgan, qabilidagi fikrlar yozib qoldirilgan. Bildirilgan bunday mazmundagi izohlarning qanchalik rost yoki yolg‘onligini faqatgina taxmin qilish mumkin, xolos. Ammo bir narsa aniqki, Afg‘onistondagi ayolar taqdiriga befarq bo‘lmagan yulduzlar soni tobora ko‘payayotgani aniq.

    Anjelina Joli

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Anjelina Jolining taniqli saxovatpeshalar orasida yetakchi ekani sir emas. Afg‘onistondagi vaziyatni shunchaki jim kuzatib tura olmagan Gollivud yulduzi ayollar himoyasiga kirishgan. Buning uchun u Instagram’da sahifa ochishga qaror qilgan. Bir necha yillardan buyon qat’iy ravishda foydalanmaslikni afzal deb bilgan Joli ijtimoiy tarmoqlarni omma e’tiborini muammoga qaratishning eng yaxshi usuli deb hisoblagan. Bugungi kunda 10 milliondan ortiq obunachisi bor sahifaga aktrisa birinchi bo‘lib afg‘on qizning maktubini joylagan.

    https://www.instagram.com/p/CSzXXUHLzXt/

    “Mazkur maktub Afg‘onistondagi o‘spirin qizaloqdan yuborilgan. Ayni vaqtda Afg‘oniston xalqi ijtimoiy tarmoqlarda erkin muloqot qilish va fikr bildirish imkoniyatidan bebahra qolmoqda. Instagram’da ularning hikoyalari va butun dunyo bo‘ylab asosiy inson huquqlari uchun kurashayotgan insonlar ovozi bilan bo‘lishish maqsadida sahifa ochdim”, — deb yozadi aktrisa.

    https://www.instagram.com/p/CTCbHd7lzX5/

    “2001-yil 11-sentabrdan ikki haftacha avval Afg‘oniston chegarasida “Tolibon”dan qochayotgan afg‘onistonlik qochoqlarni uchratgandim. Bu voqeaga 20 yil bo‘ldi. Afg‘onistonliklarning mamlakatni qamrab olgan qo‘rquv va mavhumlik sabab qayta ko‘chib ketayotganini kuzatib turish — g‘oyat yoqimsiz. Faqatgina shunga erishish uchun ko‘p vaqt va pul sarflash, qon to‘kish, odamlarning hayotdan ko‘z yumishi naqadar dahshat.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ularda boshqa yo‘l va hurmat bo‘lsa, o‘zlari uchun nimalar qila olishlari mumkinligini yaxshi bilaman. Ta’lim olishni istagan, buning uchun kurashgan ayol va qizlarni ko‘plab uchratganman. Bunga beparvo bo‘lmagan boshqalar singari men ham chekinmayman. Yordam berish yo‘llarini izlashda davom etaman va o‘ylaymanki siz ham menga qo‘shilasiz”, — deb yozib qoldirgan Joli Instagram sahifasidagi ilk postda.

    https://www.instagram.com/p/CTurvupFngw/

    Sal avvalroq BBC’da Anjelina prodyuserligidagi “Kobulning bo‘ysunmas ayollari” nomli video e’lon qilingan.

    “Afg‘on ayollarining kelajagi va ularning jamiyatdagi o‘rni qil ustida turibdi. Aksariyat jasur, yosh ayollar xavf-xatarga duch kelishiga qaramay, e’tiroz bildirib, o‘z huquqlarini talab qilmoqda”, — deydi Joli.

    Jeyn Fonda

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Afg‘on ayollarining huquqlari uchun kurashayotganlar orasida Jeyn Fonda ham bor. Aktrisa Rozario Douson, Emma Tompson va boshqa amerikalik mashhurlar bilan “Tolibon” harakatini tan olishdan voz kechishni hamda afg‘on ayollari himoyasi, huquqlari ta’minlanishiga kafolat talab qiluvchi kampaniyalarga qo‘shilgan. Mashhurlar boshchiligidagi faollar shu tariqa hukumat e’tiborini Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarga jalb qilmoqda. Aksiyaga mashhur feminist Iv Ensler, xonanda Enni Lennoks, aktyorlar Konni Britton va Glenn Klouzlar ham qo‘shilgan.

    “Biz afg‘onistonlik ayollarning ta’lim olishga, sayohatga, ishlashga, xavfsizlik va shunchaki erkin nafas olib, yashashga haqlari bor deb hisoblaymiz. Ayni vaqtda birdamligimizning kuchiga yetarlicha baho bermasligimiz mumkin emas… Toki Afg‘oniston ayollari hur emas ekan, hech birimiz erkin bo‘lolmaymiz”, — deyiladi faollarning rasmiy murojaatlarida. 25-sentabr kuni Amerika shaharlarining turli ko‘chalarida birdamlik aksiyalarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

    Tommi Markus

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Instagram’da Kventin Karantino niki bilan ma’lum bo‘lgan mashhur bloger Tommi Markus o‘nlab afg‘onlarga mamlakatlaridan qochishga yordam bergan. Atigi bir necha hafta davomida u obunachilari bilan birgalikda 7 million dollarga yaqin mablag‘ yig‘gan. To‘plangan pullar yordamida fuqarolar Afg‘onistondan evakuatsiya qilingan. Markusning beparvo bo‘lmaslikka undagan chaqirig‘idan keyin 121 mingdan ko‘proq odam xayriya qilgan. Mablag‘ FlyAway operation’ga ishlatilgan. Xayriya ishlari doirasida Afg‘onistondan 50 mingdan ortiq fuqaro xususiy samolyotda Ugandaga olib ketilgan.

    Sukut saqlama

    Foto: ABC News

    Foto: ABC News

    Afg‘onistondagi muammolar haqida qanchalik ko‘pchilik gapirayotganining ahamiyati beqiyos. Aksariyat yulduzlar murojaati bilan dunyo e’tiborini jalb qilish uchun birlashishga qaror qilgan. “Afg‘onistonda sodir bo‘layotgan hodisalar ‘Yengilmaslar o‘yini’ning barcha ishtirokchilari qalbini larzaga keltirmoqda. Ularning aksariyati so‘nggi 20 yil davomida Afg‘onistonda xizmat o‘tagan. Bir necha yillar hatto Afg‘onistonlik jamoa bilan birga musobaqalashganmiz”, — degan Afg‘onistonda xizmat qilib, harbiy parvozlarda ishtirok etgan shahzoda Garri. Opa-singil Xadidlar, Dua Lipa, Cardi B, Tina Kunaki, Xeli Biber va boshqa ko‘plab yulduzlar ham sukut saqlamasdan bu boradagi fikrlarini bildirishda davom etmoqda.

    Mavzuga doir:

    • Anjelina Joli Afg‘oniston haqida ma’lumot berib borish uchun Instagram’da sahifa ochdi
    • “Kelib, meni o‘ldirishlarini kutib o‘tiribman”. Afg‘onistondagi sanoqli ayol siyosatchilardan biri Zarifa G‘afforiy toliblar tomonidan bosib olingan Kobulda qolib ketdi. Mana uning hikoyasi
    • Afg‘onistonda paranji narxi o‘n baravar oshib ketdi

    11.10.2021, 16:54   Izoh (0)   22997
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Enn Xeteuey, Bleyk Layvli va ekranda uslub malikalari sifatida gavdalanadigan boshqa aktrisalar kundalik hayotda qanday kiyinadi? (foto)

    11.10.2021, 10:55

    Instagram: Otabek Muhammadzohid qizini uzatdi, Shahlo Temirova tug‘ruqxonadan chiqdi, Halima Ibragimova xonadonida bayram

    10.10.2021, 22:16

    Turmush qurganini ommadan yashirgan yulduzlar (foto)

    10.10.2021, 10:46

    Instagram: Ozoda Nursaidovaning tug‘ilgan kunidagi portlash, TikTok’chilarning Luiza Rasulovaga e’tirozi, Kanizadan yangi klip

    09.10.2021, 22:37

    Zamonamiz Zolushkasi: Bir vaqtlar Apple kompaniyasiga ishga olinmagan Iordaniya malikasi Raniya al-Abdulla hikoyasi

    08.10.2021, 19:55

    Luiza Rasulova “Muhtasham yuz yil” kastingidan o‘tgani, biroq ochiq sahnalari tufayli serialda suratga tushmagani haqida gapirdi (video)

    08.10.2021, 16:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Chelsi” 100 mln yevroga xarid qilgan futbolchisini sudga berishi mumkin

    Sport | 20 iyun, 14:15

    Meksikadagi “Erik” to‘foni mamlakatda yilning eng kuchli bo‘roniga aylandi

    Dunyo | 20 iyun, 14:14

    Diyetolog yurak uchun foydali top-7 yozgi meva va sabzavotlarni sanab o‘tdi

    Layfstayl | 20 iyun, 14:06

    Ilon Mask Rossiyadan siyosiy boshpana so‘ragani aytilmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 13:54

    Ijtimoiy tarmoqlar bolalarda depressiyani keltirib chiqarishi mumkin — tadqiqot

    Layfstayl | 20 iyun, 13:49

    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim

    Reklama | 20 iyun, 12:00

    Qashqadaryoda chorvadorga mol sonini ko‘paytirish uchun arzon resurslar ajratiladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 13:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.