Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Shahzoda Matchonovaga 101 ta atirguldan iborat guldasta sovg‘a qilishdi.

Foto: Instagram

Xonanda Lola Toshkentda kichik konsert dasturini taqdim etdi.

Feruza Normatova ro‘mol o‘raganidan so‘ng qalbi xotirjam ekanligi haqida post yozdi.

Foto: Instagram

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova “Mirziyoyev” yozuvi tushirilgan xudida ko‘rinish berdi.

Bobur Yo‘ldoshev Rossiyada ijodiy safarda bo‘lib turibdi.

Foto: Instagram

Aziza Yoqubova Instagram va Facebook ishlamay qolganida oila a’zolari bilan tanishib olganlar haqida hajviya tayyorladi.

Shahzoda Muhammedova qizi Milana bir yarim yoshgacha bir necha marta sayohatga chiqqani, u bundan xursand bo‘lishini yozib qoldirdi.

Foto: Instagram

Munisa Rizayeva va Moon Band ijrosidagi “Qaytmaydi kech” deb nomlangan qo‘shiqqa ishlangan klip tizeri e’lon qilindi.

Shahzoda haqiqiy erkaklarning onasi ekanligidan baxtni his etishini ma’lum qildi.

Foto: Instagram

Ra’no Shodiyeva onasini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Asal Shodiyeva to‘yidan so‘ng bir necha yil farzand ko‘rmagani haqida bilib-bilmay turli mish-mishlarni keltirib chiqargan internet foydalanuvchilariga murojaat qildi.

Foto: Instagram

“Yuragimni to‘ldirgan baxtim ila oilamiz yana bir insonga ko‘payishi haqidagi yangilikni sizlar bilan baham ko‘rmoqchiman. Omma uchun qalbimdagi hislarimni so‘z bilan ifodalash har doim qiyin bo‘lgan. So‘nggi bir necha yil mobaynida mentalitetimizning asossiz ma’lumotlarni to‘plashga moyilligidan xafa bo‘lardim, uydirmalardan kulgim kelardi. Afsuski, ehtimol asr shunaqadir, agar biron ma’lumotni ochiqdan-ochiq rad etmasang, uni haqiqat deb qabul qilishadi. Turmush o‘rtog‘im bilan oilamizning falsafasi ota-onalar farzandning tug‘ilishiga ongli ravishda yondoshish ekanligi haqida nima sababdan kimgadir hisobot berishim kerak, deb o‘ylardim.

Afsuski, to‘ydan bir necha oy o‘tib, farzandli bo‘lmasang, qandaydir muammolar bor, deb qabul qilishadi. Ayrim ekspertlarning baxtiga qarshi, aytmoqchimanki, men farzandimni hech qanday tibbiy aralashuvsiz, o‘zim dunyoga keltirdim. Ayollarni bir-birini tushunish va qo‘llab-quvvatlashga chorlagan bo‘lardim”, — deb yozadi Asal Shodiyeva.

Foto: Instagram

Bo‘lajak rafiqasiga 300 ming dollarlik Bentley sovg‘a qilgan toshkentlik tadbirkorning to‘yiga taklifnoma ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Uning ko‘rinishi odatiy taklifnomalardan butkul farq qiladi.

Marhum MMA jangchisi Murod Xonto‘rayevning rafiqasi Dilnoza Xonto‘rayeva turmush o‘rtog‘i uzoq yashay olmasligini ko‘ngli sezganligi haqida so‘zlab berdi.

Gulchehra Eshonqulova qaynonasi bilan munosabatlari haqida so‘zlab berdi.