Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Shahlo Zoirova barcha muxlislarini “Bravo” kulgi jamoasining yangi konsertiga taklif qildi.

Foto: Instagram

Ijtimoiy tarmoqlarda Yulduz Usmonovaning jajji muxlisasi bilan muloqoti aks etgan video tarqalmoqda.

Bollivud yulduzi Kajol folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Aktrisa Zilola G‘ulomova yangi avtomobil xarid qildi.

Shahzoda kuzatuvchilarini o‘yga toldiruvchi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Instagram

Ozoda Nursaidova “Esla meni” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etdi. Unda bosh rollarni xonandaning o‘zi, Sitora Farmonova, Kamila Gimandinova, Parizoda, Feruza Normatova ijro etgan.

Yulduz Rajabova Toshkent xalqaro kinofestivaliga el ardog‘idagi aktyorlar taklif etilmaganidan xafa bo‘ldi.

Foto: Instagram

Nilufar Usmonova uchinchi o‘g‘li Sulaymonning tug‘ilgan kunini nishonladi.

Sevara Soliyeva turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Munisa Rizayeva tansoqchisi Akbarning vafoti munosabati bilan muxlislaridan uni duo qilishlarini so‘radi.

Sevinch Qirg‘izistonning O‘sh shahrida xizmatda bo‘ldi.