• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    “Ishonchsizlik, oyoq ostidagi yerning omonatligi, mangu darbadarlik”. Adabiyot bo‘yicha Nobel olgan Abdurazzoq Gurna haqida

    Adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha 2021-yilgi Nobel mukofotiga Buyuk Britaniyada yashab, ijod qilayotgan tanzaniyalik yozuvchi Abdurazzoq Gurna loyiq ko‘rildi. Mukofot unga “Mustamlakachilikning murosasiz oqibatlari hamda madaniyatlar va qit’alararo sarson bo‘layotgan qochoqlar qismatini o‘z asarlarida yoritgani uchun” berildi. Xo‘sh, bu yangi nom kim o‘zi?

    Abdurazzoq Gurna

    Abdurazzoq Gurna
    Foto: Martina Bochchio/Awakening/Alamy

    Abdurazzoq Gurna 1948-yilda Zanzibarda tug‘ilgan. 1963-yilgi inqilobdan so‘ng, Zanzibar Britaniya mustamlakasidan xalos bo‘lgan vaqtda, mamlakatda ommaviy qirg‘inlar yuz beradi. Gurna bu tala-to‘plarda jabr ko‘rayotgan etnik guruhga mansubligi sababli 18 yoshida oilasini tashlab, mamlakatni tark etishga majbur bo‘ladi. U faqat 1984-yilda, otasining vafotidan sal oldinroq, vataniga qaytib, yaqinlari bilan uchrashishga muvaffaq bo‘lgan.

    1960-yillarning oxiridan to hozirgi vaqtga qadar qochqin maqomida qolayotgan yozuvchi Angliyada yashab, ijod qilib kelmoqda. U 1982-yilda Kent universitetida doktorlik darajasini oldi va shu yerda postkolonial adabiyot o‘qituvchisi sifatida ishga joylashdi. Hozir u o‘zi ishlayotgan o‘quv yurtida ingliz tili kafedrasining aspirantura bo‘limini boshqarmoqda.

    Uning ona tili suaxili edi. Biroq u o‘zining birinchi asarlarini yurtidan uzoqda chet tilida yoza boshlaydi. Gurnaning aytishicha, Zanzibarda bu tilda adabiy asarlar yaratish mushkul bo‘lib, o‘sha vaqtlarda Qur’on suralari, arab, fors she’riyati, shuningdek, “Ming bir kecha” ertaklari uning uchun ilhom manbayi vazifasini o‘tagan. Bularning hammasi — u yashagan mamlakat, so‘ngsiz ta’qib va judoliklardan iborat hayot — asarlaridagi asosiy mavzuga aylandi. Gurna o‘z romanlarida yevropaliklarning mustamlakachilik tajribalari Sharqiy Afrika aholisiga har qanday ichki nizolardan ko‘ra ko‘proq zarar yetkazgani to‘g‘risida hikoya qiladi.

    Adabiy tanqidchi, Storytel xalqaro audiokitoblar xizmati bosh muharriri Konstantin Milchin yozuvchi haqida shunday deydi: “Uni, eng kamida, anchagina iqtidorli yozuvchi deyishimiz mumkin. Sakkizta romani bor, romanlaridan biri Booker’ning qisqa ro‘yxatiga kiritilgan, shuningdek, uning ijodi haqida bir qancha monografiyalar va o‘nlab ilmiy maqolalar yozilgan. Rus tilida ushbu Nobel mukofoti sovrindorining asarlari yo‘q, lekin kelasi olti oy ichida qaysidir romani tarjima qilinsa kerak. Gurna ijodidagi asosiy mavzu — abadiy qochqinlik maqomi, mangu begonalik — o‘z yurtida ham o‘zga yurtda ham. Ishonchsizlik, oyoq ostidagi yerning omonatligi, mangu darbadarlik — yozuvchi shu mavzularni qalamga oladi”.

    73 yoshli professorning ijodiy qiziqishlari, yuqorida aytib o‘tilganidek, Afrika qit’asining mustamlakachilik o‘tmishi bilan bog‘liq: uning “Paradise” (“Jannat”) va “After lives” (“Oxirat”) nomli eng mashhur romanlarida Sharqiy Afrikadagi, inglizlar mustamlakasidan ham og‘irroq va shu bilan birga adabiyotda deyarli yoritilmagan nemis hukmronligi davri tasvirlanadi.

    Nobel qo‘mitasi ta’kidlaganidek, Gurnaning romanlari o‘ziga xos postkolonial adabiyotdir. U o‘z asarlarida qahramonlar bilan nimalar sodir bo‘layotganini har tomonlama, hamdardlik bilan tasvirlashga harakat qiladi. Masalan, “Piligrims way” (“Hojilar yo‘li”) asarida bosh qahramon, tanzaniyalik muhojir, Angliyada yashaydi. U kambag‘al, mahalliy shifoxonada sanitar bo‘lib ishlaydi va turli qiyinchiliklar, adolatsizliklar, irqchilik, qo‘rquv, kamsitishlardan o‘z tasavvuridagi olamga qochishga urinadi. U yangi mamlakatda yangi hayot qurib, uni uy deb atay olmaydi, lekin Tanzaniyaga ham qayta olmaydi.

    Yozuvchining yana bir asosiy asarlaridan biri “Paradise” (“Jannat”) romanidir. Roman 1994-yilda yozilgan bo‘lib, undan to‘rt yil avval Gurna Sharqiy Afrikaga safar qilgandi. Kitobda Tanzaniyadagi Kava nomli xayoliy shaharda tug‘ilgan Yusuf ismli bolakay haqida hikoya qilinadi. Uning otasi atelyeda ishdaydi, Aziz ismli arab savdogaridan katta qarzi bor. Qarzni to‘lash uchun Yusuf Azizning qo‘lida xizmatkor bo‘lib ishlashga majbur bo‘ladi va u bilan Markaziy Afrikaga sayohat qiladi.

    Yozuvchining hozircha so‘nggi bo‘lib turgan romani “After lives” (“Oxirat”) 2020-yilda nashr etilgan bo‘lib, undagi voqealar “Paradise” (“Jannat”) tugagan joydan boshlanadi: XX asr boshida, nemis askarlari tez orada tarixga Birinchi jahon urushi nomi bilan kiradigan qirg‘inbarotga tayyorgarlik ko‘rayotgan vaqtda. Romanda nemislar tomonda xizmat qilishga, ularning xo‘rlashiga, zo‘rlashiga dosh berishga majbur bo‘lgan Hamzaning murakkab va chalkash hayoti aks etgan. U jarohat olganidan so‘nggina qishlog‘iga qaytishga muvaffaq bo‘ladi, biroq oilasi ungacha qishloqni tark etib bo‘lgandi.

    Abdurazzoq Gurnaning shu kungacha qo‘lga kiritgan eng asosiy yutuqlari Britaniyaning Booker mukofoti hamda “Paradise” (“Jannat”) romani uchun 1994-yilgi Costa mukofoti bo‘lib qolayotgan edi. Adibning kitoblariga (juda osmonga ko‘tarib yubormagan, ammo ijobiy) munosabat bildirgan Britaniya matbuoti esa uni Jozef Konradga, yozuvchining “Heart of darkness” (“Zulmat yuragi”) nomli qissasini nazarda tutgan holda, qiyoslaydi – o‘sha qissada ham zanzibarlik qora tanli yigit, “Paradise” (“Jannat”) romani qahramoni kabi, Markaziy Afrikaga (ham jismoniy ham ruhiy jihatdan) murakkab sayohatni amalga oshirishga majbur bo‘ladi.

    Quyida uning hayot va ijod borasidagi ayrim fikrlaridan iqtiboslar keltiramiz:

    “Tarixiy voqealarga bag‘ishlangan, bizga umumiy ma’noda tanish bo‘lgan, badiiy asarlar voqeani ba’zan quruq dalillardan ko‘ra yaxshiroq tushinishga yordam beradi. Men voqeaning o‘tmishda yoki ayni damda sodir bo‘layotgani muhim emas deb hisoblayman — mavzuning o‘zi va uning talqini muhim”.
    “Menga urush yoki mustamlakachilik dahshatlari haqida yozish qiziq emas. Buning o‘rniga men urush va mustamlakachilik mavjud bo‘lgan kontekstni va undagi odamlar tirik bo‘lganini ko‘rsatishni istayman”.
    “2001-yilda Amerikaga hujum uyushtirilib, terrorizmga qarshi urush boshlangandan beri butun dunyoda islomofobiya tarqaldi. Afg‘oniston va Iroqdagi urushlardan avval musulmonlar ‘Dahshatga soluvchi‘ yoki ‘Terrorchi’ edi, lekin endi ular ‘Dushman’ga aylanishdi. Musulmonlarni xavfli va beqaror odamlar deb hisoblashadi. OAV musulmonlarni — albatta, radikal musulmonni, lekin har doim ham shunday emas — aqldan ozgan mutaassiblar sifatida talqin qilayotgan hollarga tobora ko‘proq duch kelmoqdamiz”.
    “Ba’zan g‘oyalar pishib yetilishi uchun vaqt kerak bo‘ladi. Men Booker’ning qisqa ro‘yxatiga kirgan “Jannat” nomli romanim ustida o‘n yil ishladim. Shu vaqt oralig‘ida yana uchta kitob nashr ettirishga muvaffaq bo‘ldim. “Shag‘al yurak” dastlab onamning o‘limi to‘g‘risida yozilgan qisqacha hikoya edi, keyin esa men bu hikoyada kengaytirilishi, bosh qotirilishi zarur bo‘lgan holatlar borligini tushundim”.
    “Har bir yozuvchi umr bo‘yi bir uncha katta bo‘lmagan yer parchasiga ishlov berib o‘tadi, faqat har safar unga boshqa tomondan qaraydi. Buni atayin qilmaydi — bizni shunchaki umr bo‘yi bir xil narsalar bezovta qiladi. Boshqa mavzularga o‘tish istagi tug‘ilsa ham, muallif uchun muhim bo‘lgan savollar qayta va qayta bo‘y ko‘rsataveradi. U yozuvchininig fikrlash tarzini aks ettirib, ba’zan hatto uni shakllantiradi ham”.
    “Yosh yozuvchilarga: ‘Yozishda davom eting’, — deyishdan boshqa maslahatim yo‘q”.

    Rafiq O‘zturk tayyorladi

    09.10.2021, 15:40   Izoh (0)   47493
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.