• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda ishqiy munosabatda bo‘lgan “sevgan qizi”dan pul undirib kelgan yigitga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Toshkentda bir qizning ishonchiga kirib, u bilan ishqiy munosabatda bo‘lib va bu orqali undan pul undirib kelgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi poytaxt IIBB axborot xizmati.

    Ma’lum qilinishicha, 21 yoshda bo‘lgan M. ismli qiz ijtimoiy tarmoq orqali 26 yoshli B. bilan tanishib qolgan. Ular Telegram’da tez-tez yozishib turgan va ular o‘rtasida yaqinlik paydo bo‘lgan. O‘zaro suhbatlar davomida yigit M.ga qo‘ng‘iroq qilib, biznes bilan shug‘ullanmoqchi ekanini aytgan va Qozog‘istondan kafel xarid qilish uchun pul so‘ragan. Mablag‘ katta bo‘lmagani sabab M. darrov plastik kartasi orqali zarur pulni ko‘chirib bergan. Oradan bir necha kun o‘tgach, B. yana qo‘ng‘iroq qilib, kafellar sotilmaganini va ularni qaytarish uchun yana 1 million so‘m kerakligini aytgan.

    Shuningdek, yigit M.dan o‘z nomiga 3 million so‘mlik telefonni kreditga olishini iltimos qilgan. Yigitga telefon biznesni rivojlantirish uchun kerak bo‘lganini aytgan, ammo keyinchalik kreditni qiz to‘lashiga to‘g‘ri kelgan.

    Kunlardan birida B. M.ni ijarada turadigan uyiga taklif qilgan va ular orasida yaqinlik sodir bo‘lgan. Shu kuni kechqurun yigit M.ga qo‘ng‘iroq qilib, ularning yaqinligi xonadon egasi tomonidan o‘rnatilgan yashirin kamera orqali tasvirga tushirilganini, uy egasi 15 million so‘m so‘rab, aks holda videoni internetga joylashi bilan qo‘rqitayotganini aytgan.

    Sharmandalikdan qo‘rqqan qiz B.ga 500 AQSh dollarini berib yuborgan. Bir necha kundan so‘ng B. yana qo‘ng‘iroq qilib, xonadon egasi videoni prokuraturaga topshirganini aytgan. Shuningdek B. so‘roqqa borib kelganini, tergovchi agar 20 ming dollar bermasa, M. va uning ota-onasini chaqirib, videomaterialni ularga ko‘rsatishi bilan qo‘rqitganini qo‘shimcha qilgan. B. uyini 18 ming dollarga sotib masalani hal qilishini aytgan, ammo 2 ming AQSh dollarini M.ning o‘zi topishi kerak bo‘lgan.

    Qizning otasi uydan pullar yo‘qolayotganini payqab qolgan va qizi bilan o‘zaro gaplashgan. Shu sabab qiz otasiga hamma narsani aytib berishga majbur bo‘lgan. M.ning otasi qizini kechirgan va ular birgalikda huquqni muhofaza qilish organlariga ariza yozgan.

    Keyingi kuni M. va B. kafeda uchrashgan va qiz yigitga pullarni uzatganida u huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

    So‘roq davomida B. qilmishiga iqror bo‘lib, qizni aldab olgan barcha pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborganini aytgan. B.ga Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi va 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Avvalroq Buxoroda ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan tanishini qo‘rqitib, undan pul undirgan qizga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: 

    • Namanganda Telegram’dagi yozishmalarini tarqatish bilan qo‘rqitib, 17 yoshli qizdan 200 dollar talab qilgan yigit ushlandi
    • Xorazmda yozgan arizasini qaytarib olish uchun korxona rahbaridan 180 mln so‘m talab qilgan shaxs ushlandi
    • Farg‘onada o‘zi bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan erkak videosini tarqatmaslik evaziga undan 150 ming dollar talab qilgan ayol va sheriklariga sud hukmi o‘qildi

    08.10.2021, 11:08   Izoh (0)   26160
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Janubiy Koreyaga ishlash uchun borib, ish joyidan noqonuniy chiqib ketgan fuqarolar O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

    08.10.2021, 10:11

    O‘zbekistonga dam olish kunlari sovuq havo oqimi kirishi kutilmoqda

    08.10.2021, 09:44

    Buxoroda tuman hokimi o‘z xizmat xonasini yoshlarga bo‘shatib berdi

    08.10.2021, 09:31

    O‘zbekistonda xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari soni so‘nggi 3 yilda ikki barobar oshdi

    08.10.2021, 08:29

    Dumbasi tushib qolgan emish

    07.10.2021, 23:58

    “Tolibon” qo‘liga tushgan giyohvandlar, yulduziga ega chiqqan Jeyms Bond, neft bilan qoplangan plyaj. 7-oktabr suratlari

    07.10.2021, 23:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.