• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Dumbasi tushib qolgan emish

    1938-yilning 4-oktabri — nafaqat o‘zbek adabiyoti yo madaniyati, balki butun O‘zbekiston tarixidagi eng mash’um sanalardan biri. Shu kuni Toshkentda millat daholari — Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho‘lpon otib tashlangan edi. “Daryo” ushbu uch ulug‘ mutafakkir xotirasiga hurmat ramzi sifatida ularning yillar o‘tsa-da o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan jurnalistik materiallarini butun oktabr oyi davomida har kuni qayta e’lon qilib boradi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Kichkina feleto‘n

    Eski shahar Oziq sho‘basiga bag‘ishlayman

    Go‘sh…

    Otingdan o‘rgulay go‘sh!.. Nega muncha o‘zingni bizdan aziz tutding? Biz sening qadringga yetmadikmi?

    Men o‘quvchining go‘sh haqindagi holini bilmayman. Lekin o‘zim go‘sh otini eshitsam, og‘zimdin kalaba-kalaba suvlar keladir. O‘zini qassob akalar qanorasida ko‘rgandami? Ko‘rganda vasliga yetolmay yurgan ma’shuqangga uchrashgan kabi hush boshingdan uchadir. Ixtiyorsiz ichingdan gulduros ila: “Ey, go‘sh!” degan so‘z tashqariga otiladir. Jonajoning, mehriboning bo‘lgan go‘shning ikki qadog‘ini zolim noinsof qassobning qanorasidan ajratib olmoqchi bo‘lub, qahramononasiga jekirib: “Go‘shning qadog‘i qancha?” Badbaxt qassob ovozini buzmay: “Go‘shning qadog‘i o‘ttuz olti so‘m, mulla aka!” (Ul mulla aka!) O‘ttuz olti so‘m! Eshitgach daming ichingga tushib ketadir. Bir so‘z qaytarmay mazlumona go‘shga termula-termula o‘z yo‘lingga jo‘naysan. Do‘sting bo‘lgan go‘sh ma’yusona bir ravishda orqangdan qarab qolur. Mana lofchiga yozmoqqa hafasli bo‘lgan yoshlarga material! Ramazon iydidan beri jonvor go‘shning ishtiyoqida oh-voh ila kun kechirib, Oziq sho‘basining marhamatiga intizorlikda kelmoqda edim. To‘g‘risini aytmoqg‘a majburdirmanki, bu orada butun kechalar go‘sh ishtiyoqida uxlay olmadim. Ko‘z ilinganda ko‘rilgan tushka ham go‘shdan boshqa nimarsa kirmaydi.

    Qoq o‘ttuz birinchi kun deganda xalq tilida: “Ertaga Oziq komiteti go‘sh berar emish”, degan xabarlar yuriy boshlab, yuragim azbaroyi xursandlikdan tors yorilayozdi. Bu xabar halidan hali to‘g‘riligig‘a chiqib, dilim urmoqqa boshladi. Butun sabr-u qarorim qo‘ldan ketdi… Uy ichimizni endi surishtirishmay ham, yetti yashardan tortib to yetmish yashargacha go‘sh xursandligiga chiday olmay raqsga (tansaga) kelgan edi. Shu kun mahalla komitetidan go‘sh varaqasini olganimni o‘zim ham sezmay qoldim. Ertagi go‘sh shodligi ila bu kun kechasi butun uy ichimizda uyqu o‘rniga ertaga oladirgan go‘shning qay holda tomoq qilmoq maslahati edi: Oyimga monti durust emish, yangamga somsa yaxshi emish, hammadan ham akamniki qiziq, ertaga qorindan boshqasini yesa o‘zini o‘zi shahid qilar emish, buni ham qo‘ying, dadamga bir six bo‘lsa ham kabob tuzuk emish, endi meni ham tilagimni eshiting: menga hammasi bo‘lsa ham noz qiladirgan o‘rnim yo‘q…

    Erta birlan uy ichidan fotihani olib, yo xu yo man xuni tilimga jo qilib, qo‘lda kattakon xalta ila… nchi qassoblik do‘koni qaydasan, deb yo‘lga ravona bo‘ldik. Uydagilar nuqul go‘shning kalta biqinini, moyning esa nuqul dumbasini olmoqg‘a ta’kidlab, duolashdilar.

    Endi yo‘lda go‘shning beriladigan miqdori haqinda rivoyatlar ko‘b. Birov jon boshiga ikki qadoq desa, birov bir qadoq, deydi. Ikki qadoq deganning og‘zidan o‘pking, bir qadoqlikni bo‘g‘ging keladir. Yog‘ xususinda rivoyatlar uch xil: birov jonga bir qadoq, ikkinchisi chorak qadoq, tag‘i bir shaytonrog‘i: “Yog‘ olaman deb ovora bo‘lmanglar, komitet qo‘ylari daladan kelishda dumbasini yo‘lda tushurib qo‘yibdir”, dedi. Menga qolsa dumbasi o‘g‘irlangan bo‘lsun! Ishqilib go‘shi yog‘liroq bo‘lsa bo‘lgani.

    Mana! Yigirma… nchi do‘konning oldig‘a yetdim. Odamlar o‘ttuz quloch deb, o‘ttuz birinchi qulochning boshlamasiga biz turdik. Lekin hali go‘sh kelgani yo‘q emish. Dumga turgan chog‘imda soat o‘n birlar chamasi edi. Oftob peshonadan uradir. Biz qovrilib, peshonadagi terni surib turamiz. Oradan bir soat o‘tdi, go‘sh yo‘q. Biz komitetdan koyishib, tag‘i bir soat turdik. Lekin hamon go‘sh yo‘q. Uzoqdan bir aroba ko‘rinib qolsa ana, ana, shu go‘sh, deb hovriqishib, bir birimizni ilgarig‘a qarab itarishib siqamiz. Ichimizdan allakim “dod, siqildim”, deb yuborsa tag‘i orqaga qaytib orani bo‘shatamiz. Oradan tag‘i yarim soat vaqt o‘tib ketdi. Lekin hamisha yo‘q, yo‘q, yo‘q. Oftobning issig‘i quvvatlanib, qob-qora terga tushib ketdik. Holdan toyganlar: “Go‘sh, yog‘ yemagan o‘libtimi?..” deb raddan chiqib keta boshladilar. Oz fursatni ichida o‘ttuz qulochlik dumda menga o‘xshash o‘lugi bir pullardan besh olti kishi qoldik. Oradan tag‘i bir soat vaqt o‘tgach, kunduz soat ikkilarda uzoqdan go‘shlik aroba ko‘rinib qoldi. Tabiiy, bu arobadagi go‘sh bizim uchun edi. Uzoq-uzoq “ux” tortishib qo‘ydik. Aroba do‘konning oldiga to‘xtagach, na ko‘z ila ko‘raylik, bir aroba qib-qizil o‘pkaga o‘xshash go‘sh — yigirma martaba ag‘darish-to‘ntarish qilganda chigitdak moy topish mumkin emas. Buning ustiga ustob terisi so‘yulib olingan bo‘lganidan go‘sh ustiga chang-tuproq o‘lturub allanichkalangan.

    Go‘shka qo‘ygan muhabbatimning o‘rnini hozir bir nafrat oldi, ko‘ngil ag‘darilib qayt qilayozdim. Mana senga go‘sh! Bechora qo‘yning gavdasiga xitoban: “Ey, bechora qo‘y, sen nima gunoh qildingki, seni bu holga tushurib ozdirdilar”, dedim. Ixtiyorsiz qo‘ylarga rahmim kelib, ko‘zim yoshlandi. Biz qo‘yning dumbasi ikkinchi arobadadir, deb o‘ylab o‘lturgan edik. Lekin ichimizdan kimdir birov: “Moy qani?” deb qassobdan so‘radi:

    — Moyi yo‘q! — dedi qassob. Men ixtiyorsiz xaxolab kulib yubordim. Ertalabki shaytonning “Komitet qo‘yining dumbasi tushib qolgan”, so‘zi esimga tushgan edi:

    — Ha, badbaxt, rost gapirgan ekansan, — deb qo‘ydim. Go‘sh jonboshiga yarim qadoq emish.

    To‘rt qadoq shaqir-shuqir so‘ngakni uyga ko‘tarib kelganimda uydagilarni ham tarbuzi qo‘ltug‘idan tushkan edi.

    Julqunboy“Ishtirokiyun” 1919-yil 11-avgust, 154-son

    “Ishtirokiyun” (“Kommunist”) — 1918-yil 20-iyundan boshlab “Ulug‘ Turkiston” gazetasi shu nom bilan Toshkentda chiqa boshlagan. Turkiston Milliy ishlar komissarligining nashr afkori. Gazetaga Kabir Bakir, Nazir To‘raqulov, Ahmad Donskoy, Xanafiy Burnishev, Mirmuhsinlar muharrirlik qilgan. Gazeta xodimlarining ko‘pi tatarlar bo‘lgani uchun tatarcha so‘zlar ham ishlatilgan.

    Mavzuga doir:

    • Abdulla Qodiriy: Biz kim va nimalardan qo‘rqamiz?
    • Cho‘lpon: Istiqbol uchun kurash
    • Fitrat: Musulmonlar, g‘ofil qolmang!
    • Abdulla Qodiriy: Maslaku maqsaddan shammai izhor
    • Cho‘lpon: Ruhimiz o‘lmasun
    • Fitrat: Johilona taassubg‘a misol

    07.10.2021, 23:58   Izoh (0)   85080
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tolibon” qo‘liga tushgan giyohvandlar, yulduziga ega chiqqan Jeyms Bond, neft bilan qoplangan plyaj. 7-oktabr suratlari

    07.10.2021, 23:56

    “Byurokratiya uchun millat, milliy madaniyat, til va shaxs degan tushunchalarning qiymati yo‘q”

    07.10.2021, 23:48

    Namanganda o‘zaro to‘qnashgan “Moskvich” va Nexia orasida qolib ketgan 11 yoshli qiz vafot etdi

    07.10.2021, 23:45

    O‘zbekiston bozorlaridagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining minimal va maksimal narxlari e’lon qilindi

    07.10.2021, 23:29

    Zangiotadagi 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida qancha bola davolanayotgani ma’lum qilindi

    07.10.2021, 23:13

    Qashqadaryoda piyoda o‘limiga sababchi bo‘lgan Nexia haydovchisi voqea joyidan yashirindi

    07.10.2021, 22:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.