“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
09:52, 08.10.2021 17175

Ayiqcha ko‘rinishidagi keks retsepti

Mazali va noodatiy ko‘rinishga ega shirinlikni farzandlaringiz uchun tayyorlab bering.

Foto: “Gastronom.ru”

Kerakli mahsulotlar:

  • tuxum — 5 dona;
  • margarin — 200 g;
  • shakar — 200 g;
  • smetana — 5 osh qoshiq;
  • un — 400 g;
  • razrixlitel — 1 choy qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni

  • Chaqilgan tuxumga shakar qo‘shib aralashtiring
  • Smetana va eritilgan margarin qo‘shing.
  • Razrixlitel va un solib yaxshilab aralashtiring.
  • Yog‘ surtilgan ayiqcha shaklidagi maxsus idishning uchdan ikki qismini aralashma bilan to‘ldiring.
  • 180 daraja olovda 15-20 daqiqa davomida pishirib oling.
  • Ustini eritilgan shokolad bilan bezang.

Yoqimli ishtaha!