Mazkur retsept asosida oila a’zolaringiz va farzandlaringizga tezda shirinlik tayyorlab berishingiz mumkin.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • qora shokolad — 250 g;
  • suyuq pishloq — 500 g;
  • sutli shokolad — 90 g;
  • qaymoq — 80 ml.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Shokoladni bo‘laklarga bo‘ling.
  • Issiq suv ustiga idishi bilan qo‘yib bug‘da eritib oling
  • Bu vaqtda doimiy ravishda aralashtirib turing.
  • Mikroto‘lqinli pechda ham eritishingiz mumkin.
  • Shokoladga pishloq qo‘shib blenderda aralashtiring.
  • Patnisga tort pishirishga mo‘ljallangan qolip qo‘ying (diametri 16-18 sm bo‘lsin).
  • Aralashmani qolip ichiga solim, 2 soatga sovitkichga qo‘ying.
  • Eritilgan sutli shokolad bilan qaymoqni yaxshilab aralashtiring.
  • Chizkeykni ustiga quying va yana 10 daqiqaga sovitkichga qo‘ying.
  • Ustini meva yoki yong‘oq bilan bezasangiz bo‘ladi.

Yoqimli ishtaha!