“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
15:56, 06.10.2021 8707

Yomg‘irli kunlarda ayni muddao. A’lo kayfiyatni ta’minlaydigan olmali pirog

Mazali shirinlik bilan nafaqat nonushta, balki bayram dasturxonini ham bezasangiz bo‘ladi.

Foto: Elle

Kerakli mahsulotlar:

  • un — 370 g;
  • sariyog‘ — 250 g;
  • shakar — 330 g;
  • razrixlitel — 10 g;
  • tuxum — 1 dona;
  • maydalangan funduq — 100 g;
  • olma — 2 kg;
  • maydalangan dolchin — 4 g;
  • vanilin;
  • suv — 120 ml;
  • jo‘xori kraxmali — 20 g.

Tayyorlanish jarayoni

  • Olmani kub shaklida to‘g‘rab oling.
  • Shakarni olovga qo‘yib, karamel tayyorlab oling.
  • 90 gramm sariyog‘ qo‘shib aralashtiring.
  • Aralashmaga maydalangan olma, vanilin va dolchin qo‘shing.
  • Olovga qo‘yib aralashtiring, suvga kraxmal soling.
  • Xamirini tayyorlash uchun eritilgan sariyog‘ga, un, razrixlitel, shakar va tuxum qo‘shing.
  • Aralashmani yarmini maxsus idishga solib ustidan olmali aralashma quying,
  • Aralashmaning qolgan qismiga funduq qo‘shing.
  • Nachinkaning ustidan quying.
  • 180 daraja qizigan pechda 40-45 daqiqa davomida pishirib oling.

Yoqimli ishtaha!