5-oktabr kuni olingan suratlarni namoyish etamiz.

“Tolibon” a’zosi Kobuldagi Abdul Rahmon masjidida namoz o‘qimoqda.

Foto: Reuters

Xalqaro kosmik stansiyaga bortida aktrisa Yuliya Peresild va rejissor Klim Shipenko bo‘lgan kema uchirildi. “Chaqiruv” loyihasining suratga olish guruhi kosmosda birinchi badiiy filmni suratga oldi. Suratda: “Soyuz-2.1a” raketasi uchirilishidan oldin avtobusda ketayotgan aktrisa Yuliya Peresild.

Foto: “TASS”

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 4-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Suratda 5-oktabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Turkmaniston rahbarini rasmiy kutib olish marosimida qadam bosib ketayotgan faxriy qorovul.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Al Kaponening platina va olmosli Patek Philippe cho‘ntak soati Kaliforniyadagi Witherell kimoshdi savdo uyida namoyish etildi. Bir paytlar AQSh tarixidagi eng mashhur gangsterlardan biri bo‘lgan Kaponega tegishli bo‘lgan 170 dan ortiq buyumlar auksionda sotilmoqda.

Foto: Getty Images

Shandun provinsiyasidagi ta’mirlash joyida joylashgan Ever Given konteyner kemasining shikastlangan qismini tekshirayotgan ishchilar. Panama bayrog‘i ostidagi kema mart oyida Suvaysh kanaliga tiqilib qolgandi.

Foto: AP Photo

Pekindagi turar joy majmuasida ot tasvirlangan badiiy installyatsiya yonida futbol o‘ynayotgan bolalar.

Foto: AP Photo

“Oybek” metro bekatiga kiraverishda o‘tirgan Toshkent shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari va tana vaznini o‘lchovchi moslama orqali tirikchilik qiladigan ayol.

Foto: Telegram / Nikita Makarenko

Okeanga katta miqdorda neft to‘kilganidan keyin Amerikaning Xantington-Bich shahridagi plyajni tozalagan ishchilar bo‘ron xabaridan so‘ng ortga qaytmoqda.

Foto: Getty Images

Digital Art Fair Asia ko‘rgazmasida turk-amerikalik raqamli yangi media-rassom Refik Anadol tomonidan yaratilgan Machine Hallucinatory Space: The Metaverse Lot 1 ni tomosha qilayotgan tashrif buyuruvchilar.

Foto: EPA

Moskva savdo do‘koni yaqinidagi qovoqlar bilan bezatilgan favvora yonida suratga tushayotgan ayollar.

Foto: EPA

Bosh vazir Boris Jonson Konservativ partiyaning yillik konferensiyasida velosiped minib suratga tushmoqda.

Foto: EPA

Kamchatkada syorfing bo‘yicha chempionat bo‘lib o‘tdi.

Foto: “TASS”

Parij moda haftaligida Chanel bahor—yoz mavsumi uchun atalgan kolleksiyasini namoyish etmoqda.

Foto: “TASS”

Ispaniyaning Valensiya shahrida Iberflora—2021 xalqaro landshaft dizayni ko‘rgazmasi ochildi.

Foto: EPA

Sochining qishloqlaridan birida kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan ko‘chkilar keltirib chiqargan vayronagarchilik.

Foto: “TASS”

Kaliforniya shtatining Xantington-Bich yaqinida tijorat samolyoti quyosh chiqish paytida bulutlar orasidan parvoz qilmoqda.

Foto: Reuters

Tailandda Dianmu bo‘roni tufayli sodir bo‘lgan toshqin oqibatida kamida 8 kishi halok bo‘ldi.

Foto: “TASS”

Ispaniyaning La-Palma orolidagi Kumbre-Vyexa vulqonidan chiqayotgan kul uyumi tomonga qarab kutayotgan kishi.

Foto: Reuters

Indoneziyada milliy qurolli kuchlar tashkil etilganining 76 yilligi nishonlandi.

Foto: “TASS”

Jakartada Indoneziyadagi ko‘mir koniga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Londondagi kuchli yomg‘irdan so‘ng ko‘chani tozalayotgan ishchilar.

Foto: “TASS”