• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Sherif” — tan olinmagan davlatdagi supermonopoliya, klub egalari deyarli butun mamlakatni nazorat qiladi. Jasur Yaxshiboyev qanday jamoada to‘p suradi?

    Jasur Yaxshiboyev to‘p suradigan Tiraspolning “Sherif” jamoasi Chempionlar Ligasining guruh bosqichi 2-turida Madridning “Real” klubini safarda mag‘lub etdi (2:1). Jamoa 1-turda “Shaxtyor”ni 2:0 hisobida taslim etgandi. Bu Moldova jamoasi uchun YChLdagi debyut mavsum hisoblanadi. “Sherif” nafaqat saralash bosqichi, balki guruhda ham ko‘zga ko‘rinishni boshladi. “Sherif” qanday qilib bu muvaffaqiyatga erishdi?

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Sherif” holdingi — Dnestrbo‘yidagi supermonopoliya. Bosh bank, benzin quyish shoxobchalari, do‘konlar va daromad keltiruvchi barcha bizneslarni boshqaradi

    1990-yillar boshida SSSRning parchalanishi fonida Moldova SSR (uchta yirik shahardan iborat — Tiraspol, Benderi va Ribnitsa) o‘zini mustaqil Dnestrbo‘yida Moldova Respublikasi deb e’lon qildi. 1992-yilda qurolli nizolardan so‘ng Dnestrbo‘yi Moldovadan ajralib chiqdi, lekin rasmiy Kishinyov buni tan olmadi.

    Shundan buyon Dnestrbo‘yidagi sovuq nizolar davom etmoqda, yangi tashkil etilgan davlatni faqatgina uchta mamlakat — Abxaziya, Janubiy Osetiya va Tog‘li Qorabog‘ (bu davlatlar ham rasman tan olinmagan) tan oldi. Bu yerda 2017-yildan buyon Rossiyaning bayrog‘ini davlatning ikkinchi bayrog‘i sifatida ishlatib kelinadi, 4 yil oldin Respublika hududida 213 ming Rossiya fuqarosi (umumiy aholining deyarli yarmi) istiqomat qilgan. Shunday bo‘lsa-da Rossiya Dnestrbo‘yini davlat sifatida tan olmaydi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Dnestrbo‘yining 30 yillik mustaqilligi davrida noyob biznes iqlimi yuzaga keldi: deyarli butun mamlakat “Sherif” xususiy kompaniyalar holdingi nazorati ostida. 2020-yilda “Novoya gazeta” Respublikadagi vaziyatni shunday tasvirlagandi:
    • “Sherif” — Sharqiy Yevropa uchun noyob supermonopoliya hisoblanadi. Holding Dnestrbo‘yidagi daromad keltiradigan barcha bizneslarga egalik qiladi. Benzin quyish shoxobchalari, supermarketlar, bank, mamlakatdagi yagona aloqa operatori, TV-kanal, nashriyot uyi, sportkompleks va albatta, “Sherif” futbol klubi — kompaniyaning eng mashhur loyihasi.
    • “Sherif” DMR (Dnestrbo‘yi Moldova Respublikasi) budjetiga soliqlarning 50 foizdan ortiq kirimini ta’minlaydi, respublika iqtisodiyotining “oq” qismini 60 foizini va aytishlaricha, uning tarkibidagi yashirin qismining 60 foizini nazorat qiladi.
    • 2020-yil noyabr oyida Dnestrbo‘yida mahalliy parlament uchun saylov bo‘lib o‘tdi: 33 tadan 29 ta o‘rinni “Sherif” tomonidan moliyalashtirilgan “Yangilanish” partiyasi deputatlari egalladi, yana uch nafar saylangan deputat “Sherif” bilan yaqindan hamkorlik qiladigan tadbirkorlar edi.
    Bloger Ilya Varlamov Dnestrbo‘yi haqidagi videosida “Sherif” supermonopoliyasi haqida infografika taqdim etdi. Unda kompaniya egalik qiladigan loyihalar keltiriladi:
    • “Interdnestrkom” telekommunikatsiya operatori
    • KVINT vino-konyak zavodi
    • “Erkin tanlov televedeniyesi” telekanali
    • “Sherif” sport kompleksi va shu nomdagi futbol klubi
    • “Agroprombank”
    • “Tiroteks” tekstil fabrikasi

    Foto: Yandex Photos

    Foto: Yandex Photos

    Shuningdek, 3 ta ulgurji savdo do‘koni, 2 ta neftbaza va neft ombori, 22 ta supermarket va gipermarket, 1 ta kapital qurilish boshqarmasi, 17 ta yoqilg‘i quyish shoxobchasi, 2 ta avtomarkaz (“Mercedes”, “Tiravto”) “Sherif” holdingiga tegishli.

    Foto: Yandex Photos

    Foto: Yandex Photos

    Butun dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinmagan Respublikani boshqaradigan monopol holdingga tegishli klub Chempionlar Ligasida ishtirok etmoqda.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Moldovada yaqinda legionerlar uchun cheklovlar bekor qilindi. Bu “Sherif”ga yordam berdi: Tiraspol jamoasi legionerlar bilan o‘ynash huquqiga ega bo‘ldi.

    2019-yilning so‘ngida Moldova chempionatida (“Sherif” Moldova uchun o‘ynaydi, Dnestrbo‘yi uchun emas) legionerlar uchun cheklov bekor qilindi. Endi maydonda 11 nafar legioner bir vaqtning o‘zida o‘ynashi mumkin. Bu esa “Sherif” xo‘jayinlarining go‘yo “qo‘lidagi kishanni yechib yuborgan”dek edi — “Shaxtyor”ga qarshi guruh bosqichining birinchi turida jamoa 11 nafar legioner bilan maydonga tushdi.

    Agent Dmitriy Selyuk aynan cheklovning bekor qilinishi “Sherif”ning muvaffaqiyat kaliti deb hisoblaydi. “Bir yil avval Moldova legionerlarga qo‘yilgan cheklovni bekor qidi. Natija nima bo‘ldi? “Sherif” Serbiya chempioni ‘Srvena Zvezda’ va Xorvatiyaning eng yaxshi jamoasi — ‘Dinamo Zagreb’ni mag‘lub etdi”.

    “Sherif” bosh murabbiyi Yuriy Vernidub ham xuddi shu fikrda: “Cheklov — unda zarar ko‘proq. Vatanparvar bo‘lish kerakligini uqtirishadi. Lekin Ukrainada cheklov yengilroq, bor-yo‘g‘i 4 ukrain maydonga tushsa bo‘ldi. Shuning uchun ‘Shaxtyor’ va ‘Dinamo’ YChLda ishtirok etadi. ‘Shaxtyor’ guruhdan ham chiqqan. Jamoadagi braziliyaliklarga e’tibor bering, ularning nechtasi ‘Bavariya’, ‘Manchester Siti’ kabi jamoalarga sotilgan”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    O‘zbekistonlik hujumchi Jasur Yaxshiboyev transfer oynasining so‘nggi kunida “Sherif” bilan shartnoma imzoladi. “Legiya” jamoasi futbolchini bir mavsumga ijaraga berdi. Yaxshiboyev “Sherif” safidagi debyut o‘yinidayoq gol urdi va golli uzatma amalga oshirdi. Chempionlar Ligasida “Shaxtyor”ga qarshi o‘yinda esa Jasur asosiy tarkibda maydonga tushdi. 2-turda esa “Santyago Bernabeu”dagi bahsda “Real” darvozasini ishg‘ol qildi va bu natija erishgan Maksim Shatskixdan keyingi tarixdagi ikkinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi.

    29.09.2021, 18:16   Izoh (0)   59073
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tiki-taka”si bilan Yevropani titratganlar. O‘n yil avval “Barselona” bilan YChLda g‘olib chiqqan futbolchilar hozir qayerda?

    29.09.2021, 16:39

    Jasur Yaxshiboyev “Real”ga gol urgan ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi

    29.09.2021, 13:14

    YChL. “PSJ” Messi debyut golini urgan bahsda “Manchester Siti”ni taslim etdi, “Liverpul” raqibiga 5 ta gol urdi. “Milan”da esa alamli mag‘lubiyat

    29.09.2021, 02:32

    YChLda sensatsiya: Jasur Yaxshiboyev gol urgan o‘yinda “Sherif” Madridda “Real”ni mag‘lub etdi

    29.09.2021, 02:02

    Terma jamoadan chaqiruv olgan 39 yoshli Zlatan, OFK talabini bajarishda oqsayotgan Superliga klublari, UEFAdan chekinish va qarshi hujum. Eng so‘nggi sport yangili...

    28.09.2021, 21:03

    “Shalpangquloq” ortidan quvib: Chempionlar Ligasining asosiy favoritlari haqida

    28.09.2021, 13:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.