• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Shalpangquloq” ortidan quvib: Chempionlar Ligasining asosiy favoritlari haqida

    Chempionlar Ligasi yangi mavsumining guruh bosqichi 14-sentabr kuni start oldi. Dastlabki tur o‘yinlaridanoq tomoshabinlar (jamoalar ham) ko‘plab qiziqarli qarama-qarshiliklarga guvoh bo‘ldi, oldinda esa o‘yinlar talaygina. Shunday ekan, Yevropaning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqasida qaysi jamoalarning imkoniyati yuqori ekanligi haqida fikr yuritishning ayni vaqti.

    “Manchester Siti”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Manchester Siti” ketma-ket uch mavsum davomida Chempionlar Ligasidagi ishtirokini chorak final bosqichida yakunlagan. O‘tgan mavsumda esa “shaharliklar” o‘zlari uchun qayg‘uli bosqichni yengib o‘tdi va musobaqa finaliga qadar yetib borishga muvaffaq bo‘ldi. Pley-off bosqichida Xosep Gvardiola shogirdlari avvaliga “Borrussiya Myonxengladbax”ni, keyinchalik esa “Borussiya Dortmund”ni taslim etdi, yarim final bosqichida esa “PSJ” dog‘da qoldirildi. Biroq jamoa musobaqaning hal qiluvchi o‘yinida “Chelsi”ga minimal hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa “shaharliklar” Manchesterning moviy qismi orzusini amalga oshirishga juda yaqin kelgandi, ammo londonlik raqiblar bunga to‘sqinlik qildi.

    “Siti” bu mavsumda ham yana Chempionlar Ligasida asosiy favorit bo‘lishiga shubha yo‘q. Manchester klubi hamon musobaqada g‘olib bo‘lish g‘oyasidan voz kechmayapti va bu maqsadga erishish yo‘lida hech narsani tejamayapti. “Manchester Siti” garchi bu mavsum oldidan markaziy hujumchini o‘z safiga qo‘shib ololmagan bo‘lsa-da, “Aston Villa”dan Jek Grilishni 100 million funtga xarid qilib, Angliya Premyer Ligasi tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirdi. Dastlabki bahslarda Grilish o‘zining eng yaxshi o‘yinlarini ko‘rsata olmayotgan bo‘lsa ham, Gvardiolada hali undan maksimal darajada foydalanish uchun vaqt bo‘ladi. Boshqa pozitsiyalarda esa “Manchester Siti” yaxshi shakllangan va tartibli o‘yinchilarga ega. Shunday ekan, jamoa “shalpangquloq” uchun kurashish uchun barcha imkoniyatlarga ega.

    “Chelsi”

    Foto: UEFA

    Foto: UEFA

    Tomas Tuxel “Chelsi” boshqaruvini qabul qilib olganda, juda kamchilik uni jamoani bu darajada o‘zgartirib yuboradi deb o‘ylagan bo‘lsa kerak. Ammo germaniyalik mutaxassis qisqa vaqt ichida jamoani yaxshi tarafga o‘zgartirib, “ko‘klar”ni APLda kuchli to‘rtlikka qaytargan bo‘lsa, Chempionlar Ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Londonliklar pley-off bosqichida “Atletiko M”, “Portu” va “Real” to‘sig‘idan o‘tdi. Final uchrashuvida “aristokratlar” “Manchester Siti”ni mag‘lub etdi, nufuzli musobaqaning final o‘yinida g‘alaba qozonish uchun 1 ta gol kifoya qildi. Bundan tashqari, jamoa joriy mavsumda boshida UEFA Superkubogini ham qo‘lga kiritdi. Shunday ekan, “Chelsi”ning Chempionlar Ligasi asosiy favoriti ekanligiga hech qanday shubha bo‘lmasligi kerak.

    “Chelsi”da yosh, ammo yaxshi shakllangan tarkib yig‘ilgan. Jamoa, shuningdek, katta g‘alabalarni tatib ko‘rishga ham ulgurgan. Tuxel jamoasi shu bilan to‘xtamoqchi emas. Qolaversa, londonliklar yangi mavsum oldidan ajoyib transferlarni amalga oshirdi. “Inter”dan Romelu Lukaku qaytarildi. Belgiyalik hujumchi darhol jamoaga moslashib oldi va gollar ura boshladi. Bundan tashqari, “Chelsi” “Atletiko” yarim himoyachisi Saul Nigesni ijaraga oldi. Ispaniyalikning transferi ham, shubhasiz, “ko‘klar”ga barcha musobaqalarda asqatadi. Rivojlanishdan to‘xtamayotgan London jamoasi shu ketishda davom etsa, katta yutuqlar seriyasini qo‘lga kiritish ehtimoli juda yuqori.

    “Bavariya”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Myunxen klubi o‘zi ishtirok etadigan har qanday musobaqaning favoritlari qatorida tilga olinib keladi. Bundan tashqari “Bavariya” o‘tgan mavsumdagi (YChLda) muvaffaqiyatsiz o‘yinlari tufayli bu yilda har qachongidan ham yaxshiroq harakat qilishga urinadi. “Bavariya” o‘shanda chorak final bosqichidayoq o‘z ishtirokini yakunlagandi. Myunxenliklar 1/8 finalda “Latsio”ni yenggan, lekin 1/4 finalda “PSJ”ga duch kelib, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra yarim finalga parijliklarni kuzatib qo‘yishga majbur bo‘lgandi.

    “Rekordmayster” ilk turdagi “Borussiya M”ga qarshi durangni hisobga olmaganda, Bundesliganing yangi mavsumini yomon boshlamadi. Bundan tashqari, avgust oyida jamoa Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Ortda qolgan turlarda ko‘rindiki, bu mavsumda ham “Bavariya”ga Bundesligada chempion bo‘lish ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bu esa “Bavariya”ning Chempionlar Ligasiga alohida e’tibor qaratishi va muvaffaqiyat qozonish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini anglatadi.

    “PSJ”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Chempionlar Ligasi — “PSJ” uchun asosiy musobaqa hisoblanishi hech kimga sir emas. Parijliklar buni hech qachon yashirmagan va musobaqada g‘olib chiqish asosiy maqsadi ekanini ochiq aytib keladi. Ammo hozircha buning uddasidan chiqish jamoaga nasib etmayapti. Parijliklar 2019/20-yilgi mavsumda bu maqsadiga juda yaqin kelgandi, lekin final uchrashuvida “Bavariya”ga minimal hisobda imkoniyat boy berilgandi. Eng alamlisi, g‘alaba golini klub tarbiyalanuvchisi Kingsli Koman urgandi. O‘tgan mavsumda parijliklar “Bavariya”dan revansh olganiga qaramay, yarim finalda “Manchester Siti”ga yutqazib qo‘ydi va musobaqa bilan xayrlashdi. Joriy mavsumda ham jamoa musobaqaning asosiy favoritlari qatorida ko‘rsatilmoqda.

    “PSJ” o‘tgan yozda tarkibni kuchaytirish borasida aqlbovar qilmas darajadagi ishlarni amalga oshirdi. Parijga Lionel Messi erkin agent sifatida olib kelindi. Bundan tashqari, Jorjinyo Veynaldum, Janluiji Donnarumma, Serxio Ramos va Ashraf Hakimi “PSJ”da to‘p suradigan bo‘ldi. Shuningdek, Neymar va Kilian Mbappe “Park de Prens”da qoldi. Shu tariqa “PSJ”da jahon darajasidagi yulduzlar jamlandi, ammo parijliklarning yangi galaktikosga aylana olishiga hali kafolat yo‘q. Liga 1 Pochettino jamoasi uchun katta muammo tug‘dirmasligi aniq, lekin Chempionlar Ligasi haqida bunday deb bo‘lmaydi. Boisi bu mutlaqo boshqa darajadagi musobaqa bo‘lib, u yerda ko‘p narsa nafaqat futbolchilar va ularning mahoratiga, balki murabbiyning taktikasiga ham bog‘liq. Ha, nazariy jihatdan qaralsa, parijliklar Chempionlar Ligasida g‘olib chiqish uchun eng yaxshi imkoniyatga ega, biroq so‘nggi o‘yinlar jamoada hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘pligini ko‘rsatmoqda.

    “Real”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    So‘nggi yillarda “Real” jarohatlardan eng ko‘p aziyat chekkan klub bo‘ldi. Ayniqsa, o‘tgan mavsumda bu jamoaga juda katta muammolar tug‘dirdi. Biroq kadrlar muammosiga qaramay, “qirollik klubi” Chempionlar Ligasida yarim finalga qadar yetib bordi. La Ligada esa so‘nggi turgacha chempionlik uchun kurashdi. YChLning 1/8 finalida “qaymoqranglilar” “Atalanta”ni, 1/4 da esa “Liverpul”ni mag‘lub etgandi. Ammo yarim finalda jamoa bo‘lajak chempion “Chelsi”ga yutqazdi. Shundan so‘ng Zinedin Zidan jamoani tark etdi va uning o‘rnini boshqa bir taniqli mutaxassis Karlo Anchelotti egalladi. Endi italiyalik mutaxassis “qirollik klubi”ni Ispaniya va Yevropada yana yetakchi o‘rinlarga qaytarishga harakat qilib ko‘radi.

    “Real” shu maqsadda mavsumlar oralig‘ida himoya va yarim himoya chizig‘ini kuchaytirdi: David Alaba va Eduardo Kamavinga bilan shartnoma imzolandi. Bu mavjud tarkib uchun yaxshi qo‘shimcha bo‘la olishi dastlabki o‘yinlardanoq ko‘zga tashlandi. Yana shuni qo‘shimcha qilish kerak, Chempionlar Ligasi — “Real”ning musobaqasi hisoblanadi. To‘g‘ri, hozirda jamoada Krishtianu Ronaldu, Serxio Ramos kabi jamoani ortidan yetaklaydigan yulduzlar yo‘q, ammo yetarli darajada tajribali chempionlar hamda sovrinlarga tashna yosh iqtidorlar jamlangan. Ushbu uyg‘unlik “qaymoqranglilar”ning kuchli tomoni bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Anchelotti bungacha ham “Real” bilan Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan. Nega endi buni takrorlamaslik kerak?

    28.09.2021, 13:11   Izoh (0)   38636
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Umrini “Roma”ga bag‘ishlagan, “Real”ga rad javobini bergan va faoliyatini tugatgan kuni qizidan ayrilishiga bir baxya qolgan Franchesko Totti haqida

    27.09.2021, 23:48

    Ikkita markaziy jangi bekor bo‘lgan UFC 267, o‘q otish federatsiyasiga rais etib saylangan Milliy gvardiya qo‘mondoni va 11 oy deganda maydonga qaytgan Fati. Eng s...

    27.09.2021, 22:01

    Superliga. “Nasaf” “Bunyodkor”ga javobsiz 5 ta gol urdi, “Lokomotiv” so‘nggi daqiqalarda penaltidan gol urib g‘alabani ilib ketdi

    27.09.2021, 21:24

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi oktabr oyida Malayziya va Iordaniya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

    27.09.2021, 13:07

    Zidan, Konte, Valverde va boshqalar. Ishsiz yurgan yetuk murabbiylar

    27.09.2021, 10:02

    A Seriya. “Roma” Rim derbisida yutqazib qo‘ydi, Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi. “Yuventus” 5 ta gol urilgan o‘yinda g‘alaba qozondi

    26.09.2021, 23:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Husiylar AQSHning Eronga hujumi sabab urushga qo‘shilganini e’lon qildi

    Dunyo | 22 iyun, 16:55

    Eron yadroviy obyektlariga zarba: yetakchilar qanday fikrda?

    Dunyo | 22 iyun, 16:24

    Xosep Gvardiola: “Ayrim futbolchilar ketadi”

    Sport | 22 iyun, 15:25

    Isroil va Erondagi o‘zbekistonliklardan imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketish so‘raldi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 15:09

    Misrdan O‘zbekistonga gepatit C ga qarshi dori vositalari to‘rtinchi partiyasi yetkazildi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 13:40

    Eron yadroviy obyektlari AQSH hujumidan oldin evakuatsiya qilingan — OAV

    Dunyo | 22 iyun, 13:07

    Ukraina tez orada qurol eksportini yo‘lga qo‘yadi

    Dunyo | 22 iyun, 12:54

    O‘zbekistonda hafta boshida 44 darajagacha issiq bo‘ladi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 12:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.