• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12937.93
    • RUB161.1
    • EUR14665.14
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Masofaviy ta’lim muqarrarlikmi yoki vaqtinchalik yechimmi?

    Raqamlashtirish davrida ta’lim o‘zgarishsiz qolishi mumkinmi? Nima uchun onlayn kurslar chet elda juda ommabop, ta’lim platformalar shov-shuvli mashhurlik kasb etmoqda? O‘zbekistonda masofaviy ta’lim samarali olib borilayotgan yirik loyihalar mavjudmi? Onlayn ta’lim jarayonini haqiqatan ham foydali va qiziqarli bo‘lishi uchun uni qanday tuzish kerak?

    Mavzuni onlayn platforma uslubchisi Kamalov Nodir bilan tahlil qilamiz.

    Nima uchun masofaviy ta’lim butun dunyoda mashhur bo‘lib ketdi?

    Shu bugungi avlod yoshi kattalardan juda farq qiladi. Hozirgi yoshlar, “raqamli tug‘ilganlar” va bir vaqtlar ma’lumotlarning elektron shaklda bo‘lmaganligini tasavvur qila olmaydi. Masalan, YouTube’dan videoni emas, balki kerakli kitobni kutubxonadan qidirish kerak. Ko‘pincha ular uchun eng qiziqarli o‘qituvchining uzoq darslarida o‘tirish ham zerikarli. Ammo ular katta hajmdagi materialni infografika yoki video orqali osongina o‘zlashtira olishadi.

    Ta’lim sohasida vizual, zamonaviy ko‘rgazmali omil bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etdi. Biz narsalar mohiyatini tushunish muhim ahamiyatga ega, deb to‘xtovsiz ta’kidlashimiz mumkin, lekin bugungi kunda muhim bilimlar chiroyli zarqog‘ozga “o‘ralmagan” bo‘lsa, bu juda kam sonli odamlarda haqiqiy qiziqish uyg‘ota oladi. Shu bois, hamma sohalarda u yoki bu tarzda zamonaviy ko‘rgazmali materiallarni joriy qila boshladilar.

    Bundan tashqari, individuallikka bo‘lgan talab kattaligini ham tushunish muhimdir. Talaba va uning ota-onasi o‘quv jarayonining individual muvaffaqiyat va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini e’tiborga olib, moslashtirilishini xohlashadi. Shu bilan birga, ularga qulay shaklda.

    Qiziqarli tomoni, dunyodagi yirik ta’lim platformalari bu xususiyatlarni juda yaxshi bilishadi va odamlarga kerakli narsalar — dolzarb bilimlarni o‘quvchi uchun eng qulay va ravshan shaklda bo‘lgan moslashuvchan ta’lim tizimi holida berishadi.

    Odamlar jismoniy munosabatlarining kamayishiga sababchi bo‘lgan COVID tufayli yuzaga kelgan qiyinchiliklar bu omilni yanada kuchaytirdi.

    Demak, chiroyli mashg‘ulot videosini yaratish muhim va ta’lim muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

    Albatta, yo‘q. Video darslarni va ta’lim tizimini chalkashtirmaslik kerak. O‘qitishga bo‘lgan yondashuvni o‘zgartirish, nafaqat materialni taqdim etishda, balki uni idrok etish va o‘zlashtirilishi uchun ham samarali bo‘ladigan amaliyotni qo‘llash zarur. Bundan tashqari, ma’lum bir ijtimoiy, raqobatbardosh jihatni ta’minlash muhimdir. O‘yin va raqobat shaklida tahsil olish har doim ham qiziqarlidir.

    Shunga qaramay, ta’lim platformasi — bu faqatgina turli xil foydali materiallar mavjud bo‘lgan sayt emas. Buning uchun sizda butun internet bor. Har qanday savolga javob topishingiz mumkin. Videoni tomosha qilishingiz yoki mavzu bo‘yicha maqolani o‘qishingiz mumkin. Xuddi shu tarzda, nima uchun o‘qituvchilar bilan, maktablarda yoki kurslarda o‘qish kerakligini ayta olasizmi? Siz kitob o‘qishingiz va hamma narsani o‘zingiz tushunib olishingiz mumkinku.

    Mana shu joyda sizga metodologiya kerak va onlayn kurslar uchun u farqlidir. O‘quv jarayonini ta’lim muammosini hal qiladigan tarzda qurish juda muhim (masalan, abituriyentlarni qabulga tayyorlash, testlardan muvaffaqiyatli o‘tish).

    Onlayn format taqdim etadigan afzalliklar — yaqqollik, yorqinlik, tushunish uchun oson va moslashuvchanlikdan foydalanish kerak. Ammo shu bilan birga uning zaif tomonlarini oldini olish yoki kamaytirish, masalan, motivatsiyani saqlab qolish kerak. O‘quvchilar nomiga, o‘zini o‘qiyotganday ko‘rsatmasdan materiallarni chindan ham o‘zlashtirib, ta’lim olishlari uchun ta’limni qanday tashkilashtirish mumkin? Aralash ta’lim shaklidan foydalanilgan tarzda ota-onalar yoki o‘qituvchilar tomonidan nazorat qilish usullarini joriy etish ba’zi hollarda qo‘llaniladigan o‘quv jarayonining video kuzatuvi, albatta, buning eng yaxshi usuli emas.

    Bu muammolarning barchasi zamonaviy ta’lim texnologiyalari yordamida hal qilinadi.

    Chet eldagi ko‘plab talabalar kirish imtihonlariga onlayn tayyorgarlikni afzal ko‘rishadi. Nima deb o‘ylaysiz, nima uchun biz an’anaviy tayyorgarlik o‘rniga muqobil yo‘lni tanlamaymiz?

    Keling, savolni qayta ko‘rib chiqaylik: an’anaviy ta’lim shakliga qarshi haqiqiy muqobili bo‘lganmi? Afsuski, yo‘q. Faqatgina shu yili onlayn ta’lim sohasidagi loyihalarga aylanishni maqsad qilgan loyihalar paydo bo‘la boshladi. Men hozir o‘qituvchi va metodist sifatida ishlayotgan loyiha dastlab faqat masofadan o‘qishga qaratilgan edi.

    Ilgari bozor yaxshi taklif berishga tayyor emas edi, chunki yaxshi mahsulot ishlab chiqarish uchun vaqt kerak. O‘tgan yili pandemiya tufayli shoshilinch ravishda amalga oshirilgan ishlar barcha zamonaviy talablarga javob bera olmadi.

    Agar sizda kompyuter bo‘lsa, bu sizning IT mutaxassisi, telefoningizda kamera bo‘lsa, siz operator va montaj ustasi ekanligingizni anglatmaydi.

    Shu bois, onlayn o‘qitishda samarali ekanligi isbotlangan amaliyotlarning xususiyatlarini tushunish kerak. 10—30 kishilik guruhda jonli muloqot uchun yaxshi bo‘lgan narsa ommaviy onlayn kurs uchun mos emas. Natijada, ko‘pgina kurslar onlayn ta’lim qanday ishlashini tushunmasdan, unchalik sifatli tayyorlanmagan.

    Siz ishtirok etayotgan loyiha haqida biroz gapirib bersangiz?

    Biz masofaviy ta’lim baribir muqarrar ekanini qabul qildik. Qanday bo‘lmasin, u hamma joyda ishlatiladi. Qisman, u klassik ta’limning o‘rnini bosadi yoki uni to‘ldiradi. Bu hamma joyda yuz beradi. Faqat savol — qachon? Bugun, bir yil yoki 10 yildan keyin.

    Ta’lim bozori tahlili natijasida biz oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda katta qiyinchiliklarni ko‘rdik. Yil sayin mamlakatimizda abituriyentlar soni ortib bormoqda. Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, maktab ta’lim tizimi sinov testlarini topshirishga tayyorlamaydi. Shu sababli imkoniyati borlar o‘z farzandlari uchun repetitor yollaydi yoki qo‘shimcha kurslarga borishadi. Ammo bu juda qimmat, har bir oila ham bunga qodir emas. Onlayn kurslar esa ta’limning narxi va uning hammabopligi masalasini hal qiladi. Ular an’anaviy ta’lim turlariga qaraganda ancha arzon. Agar sizda internetga ulangan kompyuteringiz yoki telefoningiz bo‘lsa, demak siz bun turdagi ta’limga katta xarajatlarsiz erisha olasiz.

    Bizning platformamiz abituriyentlarni O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishga tayyorlaydi. Hozirning o‘zida matematika va fizika, kimyo va biologiya, ingliz va ona tili, tarix va geografiya kabi sakkizta asosiy fan bo‘yicha onlayn kurslar joriy etilgan. Ta’lim o‘zbek tilida olib boriladi. Kelajakda boshqa tillar va fanlar ham qo‘shiladi.

    Loyihangizning o‘ziga xos xususiyati nimada?

    Asosiy afzallik — abituriyentlar uchun foydali kontentning zamonaviy shakli. Hamma narsa iloji boricha soddalashtirilgan, aniq, ixcham va eng muhimi — vijdonan.

    Ko‘pchilik o‘z bilimlarini boshqa talabalar bilan taqqoslay olmaslik onlayn kurslarning kamchiliklaridan biri ekanligini ta’kidlaydilar. Shuning uchun biz o‘zlashtirishdagi yutuqlar tizimini joriy qildik. Abituriyent, uning ota-onasi yoki o‘qituvchisi boshqa foydalanuvchilar, ya’ni “raqobatchilari” bilan solishtirib, o‘zlashtirish darajasi va o‘qish sur’atlarini kuzatishi mumkin. Bu boshqa o‘quvchining rekordini yangilash uchun qandaydir rag‘bat va motivatsiya beradi.

    Biz barcha zamonaviy talablarga javob berishni hisobga olishga harakat qildik, shuningdek, ta’limni tushunarli, qulay va eng muhimi, imkoniyat darajasidagi holga keltirdik.

    Alltest — bu onlayn ta’limga yangi yondashuv.

    Sizning platformangizdagi darslar qanday ko‘rinishga ega?

    Fanlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘rtacha sur’atda, taxminan 8—10 oyga mo‘ljallangan. Hammasi bo‘lib 100 ga yaqin dars o‘tkaziladi. Har bir darsda video mashg‘ulot, konspekt va topshiriqlar mavjud. Bundan tashqari, taxminan oyiga bir marta katta sinov o‘tkaziladi. Agar talaba topshiriqlardagi savollariga to‘g‘ri javob bermasa, u holda unga yangi darslar berilmaydi.

    Profilingizda yutuqlaringizni, ya’ni ta’lim qanchalik tez va yaxshi o‘tayotganligini kuzatishingiz mumkin.

    Bu ota-onalarga o‘z farzandining muvaffaqiyatlari qay darajada ekanligini bilishga, uning yutuqlarini ko‘rishga va boshqa o‘quvchilarga nisbatan bilim darajasini taxminan baholashga imkon beradi. Bu esa o‘z natijalari bilan qaysi universitetga kirishga harakat qilish imkoniyatini baholash uchun yaxshi asos bo‘ladi.

    Alltest’ning kadrlar masalasiga bo‘lgan yondashuvi qanday edi?

    Yoshlarning e’tiborini jalb qilish uchun bilim va kamera orqali zerikarli ma’ruzalarning o‘zi etarli emas. O‘qituvchi ovozining yoqimsiz tembri yoki sovuq ko‘rinishi abituriyentni ko‘nglini xira qilib zeriktirmasligi kerak. Insonni idrok va qabul qilishning ajralmas qismi — xarizma va vizual jozibadorlik.

    Biz buni hisobga oldik, shuning uchun loyihaning yangiligi tufayli biz har birimiz o‘z mualliflik ta’lim tizimiga ega bo‘lgan yosh o‘qituvchilarni ishga qabul qildik.

    Ko‘pchilik o‘qituvchi bilan jonli muloqotning muhimligini ta’kidlaydilar, ya’ni shu joyning o‘zida va hozir, qo‘shimcha savollar berish uchun. Platformada jonli muloqotga muqobil imkoniyat bormi?

    Haqiqatan ham, hech qaysi onlayn platformada o‘qituvchi bilan bevosita muloqot yo‘q. Biroq bizning platformamizda muntazam ravishda o‘tkaziladigan veb-seminarlar va konsultatsiyalar sog‘lom alternativa bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ushbu onlayn uchrashuvlarda foydalanuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarni berishlari mumkin.

    Kurslarni xarid qilib, guruh bo‘lib ham shug‘ullanish mumkinmi?

    Bizning platformamiz shaxsiy ta’lim tajribasiga qaratilgan. Biz ataylab narx siyosatini shunday tuzdikki, shunda o‘quvchilarning yutuqlarini kuzatish, o‘qitish samaradorligini tushunish muhim va zarur omil hisoblansin. Shuning uchun, kimdir bilan bir akkauntdan foydalanish foydasiz bo‘ladi. Bundan tashqari, bir vaqtning o‘zida ko‘plab qurilmalardan kirish texnik jihatdan cheklangan. Gap shundaki, har bir o‘quvchining darsni o‘zlashtirish tezligi o‘ziga xos. Guruh shaklidagi mashg‘ulotlarda kuchlining o‘rganishi, zaifroq bo‘lgan esa faqat yonma-yon o‘tirishi ehtimoli bor, ya’ni bizning kurslarimiz individual ta’lim holida samarali ekanligini aytmoqchiman.

    Abituriyentlar obuna xizmatidan qancha vaqt mobaynida foydalanishlari mumkin?

    Kurslarga obuna keyingi o‘quv yili boshlanishigacha amal qiladi. Buning sababi shundaki, O‘zbekiston ta’lim tizimida har yili o‘zgarishlar va yangiliklar kiritilmoqda. Bu yil qabul qilish uchun tegishli bilim va mavzular kelgusi yilgilardan katta farq qilishi mumkin. Shu sababli, “umrbod” obuna bilan narxlarni oshirib yubormaslik uchun, biz yillik obuna yanada qulayroq bo‘ladi, deb qaror qabul qildik.

    O‘zbekistonga masofaviy ta’lim joriy etilishining qanday foydalari bo‘lishi mumkin?

    Ta’limni raqamlashtirish jarayoni butun dunyoda bo‘lib o‘tmoqda, bu O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmaydi. Bunga bir qator sabablar bor.

    Talabalarni o‘qitishdagi samaradorlik. Masofaviy ta’lim ta’limning qo‘shimcha elementlarini olib tashlaydi va asosiy ma’lumotlarni qoldiradi. Talabalar mustaqil ravishda o‘zlari qiziqqan bloklarini tanlaydilar. Bundan tashqari, foydalanuvchilar muntazam ravishda test va imtihonlar orqali bilimlarni sinovdan o‘tkazib turadilar. Muhim omillardan biri, onlayn kurslar zarur va dolzarb me’yorlarga moslashtirilib turiladi.

    Bundan tashqari, masofaviy ta’lim juda qulay. Barcha ma’lumotlar va o‘quv materiallarni bir joyda to‘plash orqali disklar va boshqa axborot tashuvchi vositalaridan foydalanishni istisno qilish mumkin. Bunday yondashuv ta’limni osonlashtiradi va ma’lumotlarni yo‘qotish ehtimolini kamaytiradi. Shuningdek, masofaviy kurslar nafaqat shaxsiy kompyuterlar, balki smartfonlar va boshqa qurilmalar orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Foydalanishdagi katta imkomiyatlar o‘quv jarayonini sezilarli darajada osonlashtiradi.

    An’anaviy ta’lim haqida gapirganda, yo‘l xarajatlari, uy-joy ijarasi, yo‘l xarajatlarini hisobga olish kerak. Masofaviy ta’lim bu muammolarni minimal xarajatlar bilan hal qiladi. Eng muhimi shundaki, onlayn ta’lim internetga kirish imkoniga ega bo‘lgan har kimga, har qanday joyda va istalgan vaqtda jahon darajasidagi ta’limni taqdim etishga umid bor.

    Xulosa qilib aytishim mumkinki, vaqt oldinga intilmoqda, atrofimizdagi hamma narsa o‘zgarib rivojlanmoqda va ta’lim sohasidagi masofaviy ta’lim bunga yaqqol misoldir.

    daryo20 promokoddan foydalanib, Alltest’da ta’lim olish uchun 20 foizli chegirmaga ega bo‘ling.

    Instagram: https://www.instagram.com/alltest.uz/

    Telegram: https://t.me/alltestuz

    Sayt: https://alltest.uz/uz/

    Aloqa uchun raqam: +99897 105 44 11

    Reklama huquqi asosida.

    27.09.2021, 18:00   Izoh (0)   20596
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samsung kompaniyasi aksiya e’lon qiladi va sovg‘aga oshxona havo tortkichini taqdim etadi

    27.09.2021, 12:00

    AQSh maktabida bir yil davomida bepul ta’lim olishni xohlaysizmi? Unda FLEX dasturida ishtirok eting

    27.09.2021, 09:00

    Narzullo Oblomurodov Samarqandda saylovchilar bilan uchrashdi va ularni saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi

    26.09.2021, 12:00

    Coca-Cola O‘zbekistondagi yosh qo‘shiqchilar xitlarining albomini chiqardi

    25.09.2021, 12:00

    TPS internet provayderi faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirayotganini e’lon qildi

    24.09.2021, 18:00

    Texnomart’ning chegirmalar tunida 80 foizgacha chegirma bilan texnika xarid qiling

    24.09.2021, 15:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Jamg‘armalarni qanday ishlatish kerak: ko‘chmas mulk va investitsiya paketlarini solishtiramiz


    BASHKENT turar joy majmuasida 1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan mental arifmetika bo‘yicha Chempionat bo‘lib o‘tadi!


    Yangi Note 50: metal hoshiyali, super tezkor 90W zaryadlash, MagCharge simsiz zaryad qurilmasi sovg‘a sifatida


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    “Markaziy Osiyo – Uzbekistan Airways qanotlarida”: Moskvada ilk yillik biznes forum bo‘lib o‘tdi


    Ishonchli tanlov: Haval M6 va 0 % dan boshlanadigan kredit


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Rossiya xayolparastlardan tezroq qutulishi kerak” — Alisher Qodirov

    O‘zbekiston | 22 may, 17:15

    Shavkat Mirziyoyev va Natasha Pirs Musarning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 22 may, 17:05

    O‘zbekistonning U-17 Osiyo kubogidagi ishtiroki e’tirof etildi

    Sport | 22 may, 16:55

    Zaryadkaga qo‘yilgan smartfon yonida uxlash xavfsizmi?

    Texnologiyalar | 22 may, 16:50

    O‘zbekistonda dollar kursi tushdi

    O‘zbekiston | 22 may, 16:36

    Deku: “Barselona”da “Oltin to‘p”ga munosib futbolchilar ko‘p”

    Sport | 22 may, 16:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.