Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev Namanganda tashrifi davomida Afg‘oniston chegarasida o‘zbekistonlik bir askar halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda Telegram’dagi “Nigoh” kanali xabar berdi.

“Kuni kecha ham davlatimiz chegarasini buzib o‘tishga urinish bo‘ldi. Bir narkobaron harakat qildi. Lekin bizning daxlsizlik masalasida pozitsiyamiz qat’iy, kerak bo‘lsa, chegaramizni himoya qilish uchun qurol ishlatamiz. Kechagi vaziyatda ham o‘z vazifasini sharaf bilan bajargan bir askarimiz qahramonlarcha halok bo‘ldi. U shu yurt farzandi – namanganlik edi”, – deydi Shavkat Mirziyoyev.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasida Afg‘oniston muammosi haqida gapirib, “Afg‘onistonni yakkalab, uni muammolar girdobiga tashlab qo‘yish mumkin emas”, degandi.

Eslatib o‘tamiz, 14-avgust kuni Afg‘oniston shimolidagi Mozori-Sharif shahri (Termizdan 58 kilometr janubda joylashgan) “Tolibon” qo‘liga o‘tgani ma’lum bo‘lgandi. Shahar topshirilgach, Afg‘oniston mudofaa va xavfsizlik kuchlari O‘zbekiston bilan chegara tomon chekindi, 15-avgustga o‘tar kechasi Hayraton va Termiz oralig‘idagi ko‘prikda yuzlab afg‘onistonliklar to‘plandi.

15-avgust tongida O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston Qurolli kuchlarining harbiy xizmatchilaridan iborat 84 kishilik guruhni qabul qilgani (ular orasida uch nafar yarador ham bo‘lgan), ular DXX Chegara qo‘shinlari tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekiston hududida vaqtincha bo‘lib turishi tashkil etilgani ma’lum bo‘ldi. Shu kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, ushbu ko‘prikdagi vaziyat yumshadi. Afg‘onistonliklarning asosiy qismi ko‘prikni tark etdi. Peshinga yaqin esa Hayraton ko‘prigi atrofidagi vaziyat butunlay barqarorlashdi. O‘zbekiston rasmiylarining ma’lum qilishicha, Afg‘oniston bilan chegarada barcha xavfsizlik choralari ko‘rilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi