Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-sentabr kuni Samarqandga keldi, deb xabar beradi davlat rahbarining matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyev avval Hazrati Hizr majmuasiga tashrif buyurib, Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Birinchi Prezidentimiz qabriga gul qo‘yilib, Qur’on tilovat qilindi”, — deyiladi xabarda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2021-yilning aprelida Samarqandga amalga oshirgan safari chog‘ida ham O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilgandi.