Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, davlat rahbari Qoraqalpog‘istonga tashrifini yakunlab, Amudaryoda qurilayotgan ko‘prikni ko‘zdan kechirgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Loyihaning qiymati 174 million dollar bo‘lib, uning evaziga 80 kilometrlik temiryo‘l va Amudaryo ustida 413 metr uzunlikdagi ko‘prik barpo etiladi. Prezident qurilish ishlarining borishini ko‘zdan kechirgan.

“Bu odamlar uzoq yillar kutgan loyiha. Endi yanada ko‘p yillar xalqimizga xizmat qilishi kerak. Shuning uchun birinchi o‘rinda sifat. Ajratilgan mablag‘ kichkina emas. Tajribali mutaxassislarni jalb etib, har bir jihatni o‘ylab, elimga, yurtimga deb qurish kerak”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning dekabrida Amudaryo ustida Xorazmni Qoraqalpog‘iston bilan bog‘laydigan ko‘prik qurilishi ma’lum bo‘lgandi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati raisi Husniddin Hosilovning so‘zlariga ko‘ra, Amudaryo ustida quriladigan 413 metrlik ko‘prikda avtomobil va temiryo‘l birgalikda o‘tadi. Uning ta’kidlashicha, yangi ko‘prik yo‘lni 240 kilometrga, tashilayotgan yuklarning manzilga yetib borish vaqtini 6 soatga qisqartiradi. Bundan tashqari, ushbu ko‘prik orqali o‘tayotgan yuklarning yillik samarasi 150 milliard so‘mga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbari o‘shanda Prezident ushbu qurilishni yanvar oyidan boshlash haqida topshiriq bergani va buning uchun zarur bo‘lgan mablag‘ni ham ajratganini ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Zelenskiy Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berayotgan davlatlarga qarshi ochiq kurash olib borishga va’da berdi
Dunyo
Iordaniya shahzodasining dabdabali to‘yi, sirkdan qochgan lamalar, plakat “ushlab olgan” it — 2-iyun suratlari
Dunyo
Yaponiyada “Mavar” to‘foni tufayli milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi