• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    APLda YChL finalchilari to‘qnashuvi, A Seriyada Rim derbisi, “PSJ” esa yana Messisiz o‘ynaydi. Uik-endning eng muhim o‘yinlari haqida

    Yakunlanayotgan haftada Yevropaning top-5 chempionatlarida bir-biridan qiziqarli o‘yinlar bo‘lib o‘tadi.

    APL. Chempionlar Ligasi finalchilari o‘zaro to‘qnash keladi, Ronaldu golli seriyasini davom ettirish uchun tayyor, Londonda esa derbi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Chelsi” — “Manchester Siti”, 25-sentabr, 16:30

    APLning 6-tur o‘yinlarini YChL va APLning amaldagi chempionlari o‘rtasidagi bahs boshlab beradi. 2020/21-yilgi mavsum Chempionlar Ligasi finalida ikki jamoa o‘zaro to‘qnash kelgan va Tomas Tuxel shogirdlari “shaharliklar”dan ustun kelib, chempionlikni nishonlagan edi. Qayd etish joiz, jamoalarning o‘zaro oxirgi besh o‘yinining to‘rttasida “Chelsi” g‘alaba qozongan. Pep Gvardiola uchun “chaqilmas yong‘oq”qa aylanib borayotgan London jamoasi ortda qolgan 5 turdan so‘ng 13 ochko bilan musobaqa jadvali yetakchisi bo‘lib turibdi. “Manchester Siti” esa 10 ochko bilan 5-o‘rinni band etib turibdi.

    “Manchester Yunayted” — “Aston Villa”, 25-sentabr, 16:30

    “Gol mashina”siga ega bo‘lgan “Manchester Yunayted” “Old Trafford”da “Aston Villa” bilan bahs olib boradi. Jamoa yetakchisi Jek Grilish “Manchester Siti” tarkibiga o‘tib ketganidan so‘ng “Villa” 5 o‘yinda 7 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Mankunianlar esa jadvalda kuchli uchlikni yakunlab bergan. Sulsher shogirdlari musobaqa yetakchisi “Chelsi” bilan bir xil ochko to‘plagan. Buning ustiga Ronaldu ketma-ket 4-o‘yinda ham gol urishni maqsad qilgan.

    “Arsenal” — “Tottenhem”, 26-sentabr, 20:30

    Mikel Arteta shogirdlari mavsumni juda yomon boshladi. Ketma-ket uch o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan “Arsenal” oxirgi o‘rinlarga tushib ketgandi. Lekin so‘nggi ikki turda vaziyatni ozgina bo‘lsa ham o‘nglashga muvaffaq bo‘ldi. “Tottenhem” esa aksincha, mavsumni juda a’lo boshladi. Ketma-ket g‘alabalar qozonayotgan jamoa negadir oxirgi turlarda ochko yo‘qotishni boshladi. So‘nggi o‘zaro o‘yinlarning 8 tadan 6 tasida “Tottenhem” g‘alaba qozongan. Lekin “Arsenal” “Emireyts”da “shporlar”ga qarshi oxirgi 13 ta o‘yinning 11 tasida mag‘lubiyatga uchramagan.

    Qolgan uchrashuvlar:

    25-sentabr, shanba

    “Everton” — “Norvich”, 19:00

    “Lids” — “Vest Hem”, 19:00

    “Lester” — “Byornli”, 19:00

    “Uotford” — “Nyukasl”, 19:00

    “Brentford” — “Liverpul”, 21:30

    26-sentabr, yakshanba

    “Sautgempton” — “Vulverhempton”, 18:00

    27-sentabr, dushanba

    “Kristal Pelas” — “Brayton”, 00:00

    La Liga. Ronald Kuman uchun oxirgi imkoniyat bo‘lishi mumkin, “ishtahasi ochilgan” “Real” esa “Sariq submarina”ga qarshi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Real Madrid” — “Vilyarreal”, 25-sentabr, 00:00

    Karlo Anchelotti shogirdlari La Ligada 6 o‘yinning 5 tasida g‘alaba qozondi. Bitta o‘yinda durang natija qayd etdi. Jamoaning yetakchisi Karim Benzema esa 6 turda 8 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifi bo‘lib turibdi. Bu Yevropa top-5 ligalaridagi eng yaxshi natija. “Vilyarreal” esa musobaqa jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa hisobida 7 ochko mavjud.

    Jamoalarning o‘zaro oxirgi 5 o‘yinida “Real” mag‘lub bo‘lmayapti: 3 ta g‘alaba va 2 ta durang.

    “Barselona” — “Levante”, 26-sentabr, 19:15

    Ronald Kuman shogirdlari barcha musobaqalar doirasida 3 o‘yindan buyon g‘alaba nimaligini bilmay kelyapti. “Levante”ga qarshi uchrashuv Kuman uchun so‘ggi imkoniyat bo‘lishi mumkin. O‘zaro uchrashuvlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, jamoalar o‘rtasidagi oxirgi o‘yin 2021-yil 12-may kuni La Liga doirasida bo‘lib o‘tgan va unda jangovor durang (3:3) qayd etilgan.

    Qolgan uchrashuvlar:

    25-sentabr, shanba

    “Deportivo” — “Atletiko”, 17:00

    “Valensiya” — “Atletik”, 19:15

    “Sevilya” — “Espanyol”, 21:30

    26-sentabr, yakshanba

    “Malyorka” — “Osasuna”, 17:00

    “Real Sosyedad” — “Elche”, 21:30

    “Rayo Valyekano” — “Kadis”, 21:30

    “Betis” — “Xetafe”, 00:00

    27-sentabr, dushanba

    “Selta” — “Granada”, 00:00

    A Seriya. “Inter” yetakchilikni qaytarib olish uchun harakat qiladi, ammo raqib jiddiy — “Atalanta”, Rim derbisida Eldor Shomurodov ishtirok etadimi?

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Inter” — “Atalanta”, 25-sentabr, 21:00

    A Seriyaning ortda qolgan 5 turidan so‘ng “Inter” 13 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Birinchi o‘rindagi “Napoli”dan 2 ochko ortda va “Milan”dan urilgan gollar evaziga oldinda. To‘plar nisbati 18:5. Jamoaning to‘purarlari Edin Jeko (4) va Lautaro Martines (3). Gasperini shogirdlari esa 10 ochko bilan kuchli beshlikni yakunlab turibdi.

    O‘tgan mavsumda jamoalar Bergamoda 1:1 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, Milanda bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Inter” 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. “San-Siro”dagi oxirgi 5 o‘yinda “Atalanta” g‘alaba qozona olmagan.

    “Latsio” — “Roma”, 26-sentabr, 21:00

    Rim derbisining oxirgi 4 uchrashuvida 2 ta durang qayd etilgan, ikkala jamoa bittadan g‘alaba qozongan. “Latsio” A Seriyada 8 ochko bilan 7-o‘rinda turibdi. Joze Mourinyo shogirdlari 12 ochko jamg‘argan holda 4-o‘rinni band etgan. A Seriyaning oxirgi turida “Latsio” durang natija qayd etgan bo‘lsa (“Torino” bilan 1:1), “Roma” “Udineze”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

    “Roma” yetakchilaridan biri Lorenso Pellegrini o‘tgan uchrashuvda qizil kartochka olgani sabab Rim derbisini o‘tkazib yuboradi. Joze Mourinyo Eldor Shomurodovni maydonga tushirsa, Rim derbisida ishtirok etgan ilk o‘zbek futbolchisiga aylanadi.

    Qolgan uchrashuvlar

    25-sentabr, shanba

    “Spetsia” — “Milan”, 18:00

    “Jenoa” — “Verona”, 23:45

    26-sentabr, yakshanba

    “Yuventus” — “Sampdoriya”, 15:30

    “Empoli” — “Bolonya”, 18:00

    “Sassuolo” — “Salernitana”, 18:00

    “Udineze” — “Fiorentina”, 18:00

    “Napoli” — “Kalyari”, 23:45

    27-sentabr, dushanba

    “Venetsiya” — “Torino” 23:45

    Liga 1. “PSJ” yana Messisiz o‘ynaydi, “Marsel” “Lens”ni qabul qiladi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “PSJ” — “Monpelye”, 25-sentabr, 00:00

    Parijliklar ortda qolgan 7 turdan so‘ng Liga 1 da yaqqol yetakchi hisoblanadi. “PSJ” ushbu mavsumda birorta ochko yo‘qotmadi. So‘nggi 2 turda Pochettino shogirdlari 90-daqiqadan keyin gol urib, g‘alabani ilib ketdi. Ushbu uchrashuvda Lionel Messi jarohat sabab ishtirok eta olmaydi.

    “Monpelye” esa 7-turdan so‘ng 10-o‘rinni egallab turibdi. Mehmonlar hisobida 9 ochko mavjud.

    Qolgan uchrashuvlar

    25-sentabr, shanba

    “Sent-Etyen” — “Nitssa”, 20:00

    “Strasburg” — “Lill”, 22:00

    “Lion” — “Loryan”, 00:00

    26-sentabr, yakshanba

    “Bordo” — “Renn”, 16:00

    “Brest” — “Mets”, 18:00

    “Reyms” — “Nant”, 18:00

    “Trua” — “Anjer”, 18:00

    “Klermon” — “Monako”, 20:00

    “Marsel” — “Lens”, 23:45

    Bundesliga. “Borussiya”lar to‘qnashuvi, “Bavariya” Fyurtda mehmon bo‘ladi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Groyter” — “Bavariya”, 24-sentabr, 23:30

    “Groyter” yuqori diviziondagi o‘rnini saqlab qolishi juda qiyin bo‘ladi. 5 turdan so‘ng jamoa musobaqa jadvalining oxirgi o‘rnini egallab turibdi. Shtefan Laytl shogirdlari bir ochko jamg‘ara oldi, xolos. 2-turda “Arminiya”ga qarshi o‘yin durang natija bilan yakunlangan.

    “Bavariya” esa birinchi o‘rinda turibdi. To‘g‘ri, “Volfburg” bilan bir xil ochko va qo‘shimcha natijalar evaziga undan oldinda. Mavsum startida “Borussiya M” bilan qayd etilgan durangdan so‘ng, Yulian Nagelsmann shogirdlari ketma-ket 4 ta o‘yinda g‘alaba qozondi.

    “Borussiya M” — “Borussiya D”, 25-sentabr, 21:30

    Gladbaxning “Borussiya”si mavsumni omadsiz boshladi. Adi Hyutter shogirdlari 16-o‘rinni band etib turibdi.

    “Borussiya D” esa 12 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. “Bavariya” bilan oradagi farq 1 ochko. Jamoa yetakchisi Erling Holand hisobida 7 ta gol mavjud.

    Qolgan uchrashuvlar

    25-sentabr, shanba

    “Hoffenhaym” — “Volfsburg”, 18:30

    “Berlin” — “Arminia”, 18:30

    “Bayer” — “Mayns”, 18:30

    “Ayntrax” — “Kyoln”, 18:30

    “Leypsig” — “Gerta”, 18:30

    26-sentabr, yakshanba

    “Boxum” — “Shtutgart”, 18:30

    “Frayburg” — “Augsburg”, 20:30.

    24.09.2021, 23:29   Izoh (0)   19343
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bahodir Ahmedov: “Orqa chiziqda qilgan xatolarimiz va o‘z imkoniyatlarimizdan foydalana olmaganimiz sababli mag‘lubiyatga uchradik”

    24.09.2021, 22:07

    JCh—2021. 17 ta gol urilgan o‘yinda O‘zbekiston futzal terma jamoasi 1/8 finalda Eronga bitta to‘p farqi bilan mag‘lub bo‘lib, musobaqa bilan xayrlashdi

    24.09.2021, 21:14

    Ibrahimovichning rekordini yangilagan Mbappe, Allegriga yetib olgan Mourinyo va “PSJ”da navbatdagi mojaro. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    24.09.2021, 20:34

    Karim Benzema — Yevropaning ayni damdagi eng yaxshi futbolchisi. U joriy mavsumda “Yuventus” va “Arsenal”dan ko‘proq, “Barselona” bilan esa bir xil gol urdi

    24.09.2021, 17:09

    A Seriya. “Roma” Abrahamning yagona goli evaziga qiyin g‘alabaga erishdi, Shomurodov so‘nggi daqiqalarda maydonga tushdi

    24.09.2021, 06:40

    La Liga. Bir kishi kam bo‘lib qolgan “Barselona” “Kadis”ni yenga olmadi

    24.09.2021, 06:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20

    “Bu yil Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurish bo‘yicha shartnoma tuzamiz” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 20:03

    “Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

    Sport | 12 iyul, 20:00

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    Bir nafari halok bo‘lgan: Bosh prokuratura Toshkentda yetti bola basseynga cho‘kkani yuzasidan bayonot berdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 19:29

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.