Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyati IIO xodimlari xizmati vaqtida elektroshoker moslamasidan foydalanishni boshlaydi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 24-sentabridan Farg‘ona viloyati ichki ishlar organlarining Patrul-post, Yo‘l harakati xavfsizligi va boshqa tegishli xizmatlarining saf bo‘linmalari xodimlari xizmat jarayonida elektroshokerdan foydalanishni boshlaydi.

“Elektroshoker qurilmasidan foydalanishdan maqsad IIO xodimlari yoki fuqarolarining hayoti va sog‘lig‘iga shikast yetkazilishining oldini olish, huquqbuzarlarning sog‘lig‘iga og‘ir va o‘ta og‘ir tan jarohati yetkazmagan holda zudlik bilan huquqbuzarlik va jinoyat harakatlarni cheklashdan iborat”, — deyiladi IIB xabarida.

IIO xodimlari xizmat jarayonida elektroshoker qurilmasidan foydalanishdan avval maxsus tayyorgarlik va davriy tekshiruvdan o‘tkaziladi. Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan xodimga tegishli sertifikat beriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi