• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda o‘zi va ikki yoshli o‘g‘lini suvga tashlab, joniga qasd qilishga uringan ayol to‘xtatib qolindi

    Milliy gvardiyaning Buxoro viloyati boshqarmasi ofitseri, katta leytenant Murodjon Rahmatullayevning “Daryo”ga xabar berishicha, 2021-yilning 22-sentabr kuni Buxoro shahri hududida joylashgan ko‘lda o‘zi va ikki yashar o‘g‘lining joniga suiqasd qilmoqchi bo‘lgan ayolning xatti-harakatlari Milliy gvardiya xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan.

    Foto: Murodjon Rahmatullayev

    Ta’kidlanishicha, shaharning Imom al-Buxoriy nomidagi mahallasida yashovchi 35 yoshli G.E. ismli ayol o‘zi va ikki yashar o‘g‘li S.T.ning joniga qasddan suiqasd qilib, “Somoniylar” istirohat bog‘ida joylashgan chuqurligi salkam besh metrni tashkil qiluvchi ko‘l suviga tashlashga uringan. Shu hududda jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga jalb qilingan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari — serjant Jalil Ashurov hamda kichik serjant Rustam Yo‘ldoshev esa ayolning xatti-harakatlarini o‘z vaqtida payqab, uni to‘xtatib qolgan.

    “Ayolning shubhali harakatlarini payqab, chamasi, o‘n daqiqalar uni kuzatib turdik. Asabiy holatda yig‘lab turgan ayolning xatti-harakatidan o‘zi va o‘g‘lining joniga qasd qilishga chog‘lanayotgani ayon edi. Tezkor harakat bilan men o‘g‘lini, sherigim esa ayolning o‘zini qo‘lidan tutib qoldi. Shundan so‘ng unga xatti-harakatlari noto‘g‘riligini tushuntirib, hududiy ichki ishlar bo‘limiga olib bordik”, — dedi Jalil Ashurov.

    “Somoniylar” istirohat bog‘ida joylashgan ko‘l.

    “Somoniylar” istirohat bog‘ida joylashgan ko‘l.
    Foto: Murodjon Rahmatullayev

    Aniqlanishicha, ayol va uning 60 yoshli qaynonasi M.S. o‘rtasida oilaviy kelishmovchilik kelib chiqqan va janjal yuzaga kelgan. Shundan so‘ng G.E. bolasini yetaklab, hovlidan chiqib ketgan.

    “Kunora janjallar o‘zimni ham charchatgan. Oxiri kelinimga ‘ota-onangning uyiga o‘n-o‘n besh kun ket, men asablarimni tinchlantiray, qarigan chog‘imda qachongacha bunday kelishmovchilikda siqilib yashayman’, dedim. U esa alam ustida ko‘lga borib, o‘zi va bolasini suvga tashlashga uringan. O‘g‘lim pul ishlash maqsadida xorijda yuribdi. Kelin esa har kuni hali u, hali bu qo‘shnining uyiga chiqib ketadi. So‘rasam, eri bilan internetda gaplashib qaytayotganini aytadi. Oxiri sabrim chidamay, tartibga chaqirdim. Ammo u sansirab, juda xunuk so‘zlar bilan meni haqoratladi. Axir, men ham onaman”, — deydi qaynona yig‘lagancha.

    Foto: Murodjon Rahmatullayev

    Qaynonaning aytishicha, kelini 35 yoshda, uning o‘g‘liga ikkinchi xotin bo‘lib tushgan. Va o‘g‘lining xotini hamda ikki nafar bolasi borligidan xabardor bo‘lgan.

    “Nevaralarim hovlimga kelganda, ularga qarshilik ko‘rsatadi. Ular ham bolamning bolasi. 2015-yilda G.S. hovlimizga kelin bo‘lib tushganda 35 yoshda edi. O‘g‘limga xotin bo‘lib kelishiga qarshi bo‘lib chiqqanimizda, o‘shanda ham joniga qasd qilishga uringan edi”, — deydi qaynona.

    Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan “Daryo”ga ma’lumot berilishicha, G.S.ga voqeadan so‘ng himoya orderi berilgan. Tushuntirish va profilaktik ishlar olib borilgan. Uning holati psixologlar tomonidan o‘rganilishi hamda o‘zi doimiy nazoratda bo‘lishi lozimligi uqtirilgan.

    Foto: Murodjon Rahmatullayev

    “Ayolning qaynonasi mahallamizdagi faol ayollardan. Biror marotaba oilaviy janjallaridan xabar topmaganmiz. Kelini ham uydagi gapni ko‘chaga olib chiqmagan. Aslida, o‘zaro oilaviy ichki janjal shu darajaga yetgan ekan, demak, biz ham e’tiborsiz qolganmiz. Qaynona va kelin yuzlashtirildi. Kelin qaynonadan o‘zining xatti-harakatlari uchun qo‘ni-qo‘shni, mahalla-ko‘y oldida kechirim so‘radi. Qaynona-kelin yarashtirildi. Kelinni ish bilan ta’minlash choralarini ko‘ramiz”, — deydi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Bahodir Xo‘jayev.

    Buxoro shahar hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ma’rifat Umarovaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, ayol qaynonasi bilan yuzaga kelgan tortishuv sabab alam ustida farzandini emas, faqat o‘zini suvga tashlamoqchi bo‘lganini bildirgan.

    “Shunga qaramasdan, qaynona-kelin o‘rtasidagi ichki kelishmovchilik boshqa ko‘ngilsiz holatlarni ham keltirib chiqarmasligi uchun ushbu oila bilan muntazam shug‘ullanishda davom etamiz”, — dedi Ma’rifat Umarova.

    Mavzuga doir: 

    • Farg‘onada oilaviy janjal tufayli o‘zini poyezd ostiga tashlamoqchi bo‘lgan ayol qutqarib qolindi
    • Qoraqalpog‘istonda IIB xodimi o‘zini temiryo‘l ko‘prigi ustidan tashlamoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni qutqarib qoldi

    23.09.2021, 23:44   Izoh (0)   29323
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning tashqi qarzi qariyb 36 mlrd dollarga yetdi

    23.09.2021, 23:29

    Farg‘onada ichki ishlar organlari xodimlari 24-sentabrdan elektroshokerdan foydalanishni boshlaydi

    23.09.2021, 23:13

    Osiyo taraqqiyot banki 2021—2022-yillarda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish bo‘yicha prognozlarini yangiladi

    23.09.2021, 22:43

    O‘zbekiston bozorlaridagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining minimal va maksimal narxlari e’lon qilindi

    23.09.2021, 22:12

    “Mening yurtim” telekanali mualliflik huquqini buzgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi

    23.09.2021, 21:42

    IKEA kompaniyasi O‘zbekistonda tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi

    23.09.2021, 21:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.