Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avstraliyaning Melburndan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan Mensfild shahrida (Viktoriya shtati) 5,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb yozadi “RBK”.

Foto: ABC News

Foto: ABC News

The Sydney Morning Herald ma’lumotlariga ko‘ra, yerosti silkinishlarini Sidney va Kanberra aholisi ham sezgan. Avstraliyaning Yer haqidagi ilm-fan instituti aniqlik kiritishicha, bu Viktoriya shtatida quruqlikda qayd etilgan eng yirik zilziladir.

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

ABC News yozishicha, zilzila oqibatida Melburnda 46 ta bino qisman vayron bo‘lgan, 35 mingdan ortiq aholi elektr tokidan uzilib qolgan.

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Mahalliy fuqarolardan biri nashrga ma’lum qilishicha, yer silkingan paytda u yashaydigan olti qavatli uy u tomondan bu tomonga chayqalgan.

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Milliy seysmologiya xizmati kelgusi haftalar yoki hatto oylar mobaynida yerosti silkinishlari takrorlanishi ehtimolidan ogohlantirdi.

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Seysmologlar ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epitsentri tog‘larda joylashgan, o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.

Avstraliyalik teleboshlovchilar efirni olib borayotgan paytda zilzila yuz berib, ularni chalg‘itdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi