• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Ularni so‘yish kerak. Kel, derazani ochib, uloqtirib yuboramiz”. “Surxon” sobiq futbolchilari qay tarzda kaltaklanganini so‘zlab berdi

    “Surxon” sobiq futbolchilari Javohir Esonqulov va Akrom Xo‘jayev klubning 4 nafar a’zosi tomonidan kaltaklangani va “Surxon” futbolchilarni klub rahbarini haqorat qilganlikda ayblayotgani haqida xabar berilgandi. “Mening Yurtim” telekanali futbolchilarning vaziyat borasidagi fikrlari bilan qiziqdi.

    Biz “Surxon” klubi futbolchilarimiz, biz bilan shartnoma bekor bo‘lganini aytishdi. Biz bunga rozi bo‘ldik, faqat qarz bo‘lgan maoshlarimizni to‘lab berishlarini so‘radik. Fevral oyidan iyun oyiga qadar maoshlarimiz to‘liq to‘lab berilmadi. Nafaqat biz, balki boshqa futbolchilarda ham shu muammo bor.

    Qo‘pol qilib aytganda, bizni ko‘chaga uloqtirib yuborishdi. Ikki hafta oldin maoshimizni so‘rab klub rahbarining yoniga bordik, u bizni haqorat qilib, haydab yubordi. Ustingizdan arz qilaman deganimizda, “xohlagan joyingga bor”, dedi. Unday bo‘lsa, biz O‘zbekiston futbolchilar uyushmasiga borishimizni aytdik. Bunga javoban rahbar “bilganingni qil, kimga aytsang, ayt”, dedi. Bundan g‘azablangan Javohir Esonqulov uning eshigi yoniga haqoratli yozuvni qoldirdi.

    Akrom Xo‘jayev, “Surxon” sobiq futbolchisi

    Futbolchilarning so‘zlariga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan kuni “Surxon” klubi a’zolari ularning maoshini olib ketish uchun klubga taklif qilgan.

    “Kabinetga kirganimda, u yerda Abdumajid Toirov, Azim Ismatov, klub rahbari Azamat Abdurahmonov va jamoa sardori Asror G‘ofurov bor edi. Azamat stol ostidan yo‘g‘on tayoqni olib, kompyuterdagi yozuvni ko‘rsatdi va ‘buni sen yozdingmi’, deb so‘radi. Men yo‘q deb javob berdim. Keyin esa meni do‘pposlashni boshlashdi. Birinchi bo‘lib Azim urdi, keyin Asror. Yerga yiqildim, so‘ng Azamat kelib tayog‘i bilan ura boshladi. Urayotgan vaqtda ham sen yozdingmi deb qayta-qayta so‘radi. Men yo‘q dedim. Asror otvyortkani olib, ‘uni so‘yish kerak deya takrorlardi’. Azamat esa Abdumajid Toirovga ‘kel, oynani ochib, uni uloqtirib yuboramiz’, deya taklif bildirdi”, — deb qo‘shimcha qildi Akrom Xo‘jayev.

    “Abdumajid Toirov orqadan ushlab turdi, so‘ng do‘pposlashdi. Yozuvni men yozdim deb tan olganimdan so‘ng ham ular meni to‘xtamay do‘pposlashda davom etdi. Asror G‘ofurov esa “bu ham kam unga”, deya atrofimda yurardi. Azamat Abdurahmonov jarayonni shunchaki kuzatib, bizga va kompyuter ekraniga qarab kulib o‘tirdi”, — deydi Javohir Esonqulov.

    Efirda ta’kidlanishicha, uni do‘pposlaganlar Javohir Esonqulovga bir necha bor qo‘ng‘iroq qilib, da’vo arizasini qaytarib olishini iltimos qilgan.

    “Hatto pul ham taklif qilishdi, lekin maqsadim pul emas”, — deydi Javohir Esonqulov.

    Arkom Xo‘jayev ham endi unga klubdan hech narsa kerak emasligini va oxirgicha borishini aytdi.

    “Men oxirigacha boraman. Klubdan menga endi hech narsa kerak emas, bir tiyin ham olmayman. Bu yerda mening va do‘stimning g‘ururi poymol bo‘lgan” — deydi Akrom Xo‘jayev.

    “Surxon” matbuot xizmati klub futbolchi Javohir Esonqulov bilan 2021-yilning 1-fevral kuni shartnoma imzolangani va ushbu shartnoma O‘zPFL tomonidan 2021-yilning 25-fevral kuni ro‘yxatdan o‘tkazilganini ma’lum qildi. Mehnat shartnomasi 2021-yilning 1-fevralidan 2022-yilning 31-dekabriga qadar tuzilgan.

    Klub keltirgan shartnoma hujjatlarida qayd etilishicha, Javohir Esonqulovning Termiz jamoasidagi oylik maoshi 5 682 000 so‘mni tashkil etgan. 12 foiz daromad solig‘ini olib tashlaganda, futbolchi har oy 5 million so‘m maosh olishi ko‘zda tutilgan.

    Shuningdek, futbolchi agarda mavsum oxirida klub 1—10-o‘rinlarning birida yakunlasa 95 million so‘m qo‘shimcha bonus sifatida pul olishi ko‘rsatilgan. 2022-yilda klub 1—8-o‘rinlardan birini egallasa, futbolchiga yana qo‘shimcha 95 million so‘m bonus puli berilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

    Foto: “Surxon” klubi matbuot xizmati

    Foto: “Surxon” klubi matbuot xizmati

    “Javohir Esonqulov ‘Surxon’ bilan shartnomasini o‘zaro bekor qilgan 2021-yilning 12-iyuliga qadar 27 600 000 (yigirma yetti million olti yuz ming so‘m) pul olgan. Demak, futbolchi fevral oyidan 1-iyuliga qadar 25 000 800 ming so‘m olishi kerak bo‘lgan, ammo futbolchi 27 600 000 ming so‘m olgan. +11 kunni qo‘shsak 5 000 160 / 31*11=1 774 250 so‘m. Esonqulov jami olishi kerak bo‘lgan mablag‘ – 26 775 050 so‘m bo‘lgan. Futbolchi olgan summa esa 27 600 000 so‘mni tashkil etadi. Yakuniy hisobni olsak, Javohir Esonqulov klubdan ortiqcha 842 950 so‘m olgan”, — deyiladi klub bayonotida.

    Shuningdek, “Surxon” Javohir Esonqulov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 12-iyul kuni har ikkala tomonning o‘zaro kelishuviga ko‘ra bekor qilinganini va futbolchi hech qanday moliyaviy e’tirozi yo‘qligi to‘g‘risidagi bekor qilish varog‘iga qo‘l qo‘yganini ma’lum qildi. Biroq klub 18-sentabr kuni bergan ma’lumotida shartnoma 21-iyul kuni bekor qilinganini bildirgandi.

    Mavzuga doir: 

    • “Akrom Xo‘jayev va Javohir Esonqulovni ‘dubinka’ bilan urishgan. Jamoa sardori Asror G‘ofurov ularni ushlab turgan”. “Surxon” sobiq futbolchisi Javohir Esonqulovning rafiqasi videomurojaat yo‘lladi
    • Toshkent shahar IIBB “Surxon” klubi vakillari va jamoaning sobiq futbolchilari o‘rtasidagi mushtlashuv yuzasidan tergov boshladi

    21.09.2021, 11:49   Izoh (0)   71339
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    JCh—2021. O‘zbekiston 1/8 finalda qaysi jamoa bilan o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

    21.09.2021, 06:54

    La Liga. “Barselona” autsayderga qarshi o‘yinda 90-daqiqadagi gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

    21.09.2021, 05:53

    Faoliyatida biror marta mag‘lubiyatga uchramagan va onasiga bergan va’da tufayli MMA’ni tark etgan tirik afsona — Habib Nurmagomedov 33 yoshda

    20.09.2021, 23:18

    Menni Pakyao Filippin prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ydi

    20.09.2021, 22:01

    Superliga. “Navbahor” avtogol evaziga “Turon”dan ustun keldi, “OKMK” Navoiyda ochko yo‘qotdi

    20.09.2021, 21:32

    Toshkent shahar IIBB “Surxon” klubi vakillari va jamoaning sobiq futbolchilari o‘rtasidagi mushtlashuv yuzasidan tergov boshladi

    20.09.2021, 19:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25

    Eron prezidenti Isroil havo kuchlari zarbasida jarohat olgan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 14:00

    Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini bloklab turgan Slovakiya qaroridan qaytishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 13:34

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.