21-sentabr kuni olingan sara suratlarni taqdim etamiz.
Permdagi universitetda sodir bo‘lgan otishmadan so‘ng bir-birlariga tasalli berayotgan talabalar.
Foto: AP Photo
Karachi shahrida tibbiyot xodimi poliomiyelitga qarshi vaksina tomchisini bola og‘ziga tomizmoqda.
Foto: AFP
Jo Bayden BMT Bosh Assambleyasida ilk bor nutq so‘zlamoqda. Bayden o‘z nutqini AQSh demokratik qadriyatlar — erkinlik, tenglik va odamlarning umuminsoniy huquqlar uchun kurashishini aytib yakunladi.
Foto: Shutterstock
Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida o‘zbek tilida nutq so‘zladi (video)
Mavzuga doir: “Tolibon”dan qochish. Eng taniqli siyosatchi ayollar Afg‘onistondan chiqib ketishga qanday muvaffaq bo‘ldi?
Perm davlat milliy tadqiqot universitetida otishma paytida halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlikka gullar qo‘yilmoqda.
Foto: “TASS”
Germaniyada yakshanba kuni mamlakat parlamenti uchun saylov o‘tkaziladi. Suratda: Bundestag saylovlarida turli koalitsiyalar ranglari sharafiga o‘tkazilgan saylov kampaniyasi.
Foto: “TASS”
Bolgariya sohilida bortida 20 tonna yoqilg‘i bo‘lgan yuk kemasi sayozlikda turib qoldi.
Foto: Getty Images
Pokistonning Lahor shahrida kuchli yomg‘irdan keyin meva sotuvchisi aravasini suv bosgan ko‘chada itarib yuribdi.
Foto: AFP
G‘oziyobodning Mandola qishlog‘ida fermer xo‘jaliklari qonunlariga qarshi norozilik sifatida qazilgan qabrlarda yotgan dehqonlar.
Foto: Reuters
Buyuk Britaniyada iqlimni asrash harakatlarini qo‘llab-quvvatlash, tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilishni maqsad qilgan Buyuk Yashil Haftalik munosabati bilan Dorset qirg‘og‘ida joylashtirilgan shior.
Foto: PA
Indoneziya hukumati 2024-yilga kelib baliq eksportini 1,5 milliard dollarga ko‘paytirmoqchi. Suratda: An’anaviy Hamadi baliq bozorida marlin balig‘ini kemadan sohilga olib chiqish jarayoni.
Foto: Getty Images
Atlantika okeanida joylashgan Kanar arxipelagi tarkibiga kiruvchi Ispaniyaning Palma orolidagi Kumbre Vieha vulqoni otilishi boshlandi.
Foto: EPA
Avvalgi kunlarning fotogalereyalar:
- Hukumat tomonidan maymunlarga ajratilgan mablag‘, Venetsiya ko‘chalarida suzib yurgan “Nuh skripkasi”, Qur’on o‘rganayotgan kobullik bolalar. 20-sentabr suratlari
- Britaniyada qurilgan Vinni Pux uyi, basseynda o‘tayotgan moda haftaligi, mehmonxonaga aylantirilgan samolyot. 17-sentabr suratlari
- Reklama qilingan politsiya, Parijda o‘rangan “G‘alaba arki”, poyezddan otilgan raketa. 16-sentabr suratlari
- “Abdullajon”ning qovoqlari, dindoshini qamchilayotgan yahudiy, Kuvaytda auksionga qo‘yilgan lochin. 15-sentabr suratlari
- Xudosini cho‘ktirayotgan hindlar, izolyatsiyaga olingan Putin, to‘rga tushgan bedana. 14-sentabr suratlari
- G‘azoga qilingan havo hujumi, qutqaruvchilik qilayotgan korgi iti, tanlovda g‘olib bo‘lgan Jastin Biber. 13-sentabr suratlari
- “Tolibon”ni qo‘llab-quvvatlagan ayollar, sobiq prezidentning yirtilgan surati, Turkiyadagi sirli joy. Hafta suratlari