Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

19-sentabr kuni Los-Anjelesda “Emmi” mukofotining 73-tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda mukofot saytiga tayanib, Esquire xabar berdi.

Foto: Legion Media

Foto: Legion Media

2021-yilda “Eng yaxshi dramatik serial” nomiga “Toj” sazovor bo‘ldi. U va “Mandaloriyalik” seriali 24 ta yo‘nalish bo‘yicha mukofotga da’vogarlik qilayotgandi. “Toj” aktyorlari Josh O’Konnor va Oliviya Kolman eng yaxshi bosh rol uchun “Emmi”ni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Tobayas Menzis va Jillian Anderson “Ikkinchi darajali eng yaxshi rol” bo‘yicha mukofotga loyiq ko‘rildi.

“Komediya janridagi eng yaxshi serial” — “Ted Lasso”. Loyihaning bosh qahramoni Jeyson Sudeykis komediya serialdagi eng yaxshi erkak roli uchun mukofotga ega bo‘lgan. Uning sheriklari Brett Goldstin va Xanna Ueddingxem “Ikkinchi darajali eng yaxshi aktyorlar” yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan. “Komediya janridagi eng yaxshi ayol roli”ni “Ayyorlik” serialidagi Jin Smart qo‘lga kiritgan.

“Qirolichaning yurishi” eng yaxshi miniserial deya tan olingan. Miniseriallar orasida eng yaxshi erkak roli uchun mukofotga Yuen Makgregor (“Xolston”) sazovor bo‘ldi. Mazkur yo‘nalishdagi eng yaxshi ayol roli mukofoti Keyt Uinsletga “Isttaunlik Meyr”dagi ishi uchun nasib etgan. Ushbu loyihada o‘ynagan Evan Piters va Julianna Nikolson haykalchalarni “Miniserialdagi eng yaxshi ikkinchi darajali rol”lar uchun qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda “Eng yaxshi dramatik serial” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblik “Vorislar” serialiga nasib etgan, mazkur serial qahramoni Jeremi Strong esa “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi