• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryoning birinchi tadbirkor ayoli Nazira Shodmonova qurgan masjid 14 yildan beri huvullab qolgan. Namozxonlar namoz o‘qishga ruxsat berilmayotganidan shikoyat qilmoqda

    Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida O‘zbekistonning birinchi tadbirkor ayoli — Nazira Shodmonova tomonidan qurib bitkazilgan masjid 14 yildan beri huvullab yotibdi. Qishloq ahli esa namoz o‘qish uchun 15 kilometr uzoqlikdagi masjidga borishga majbur.

    “Daryo”ga qilingan murojaatga ko‘ra, tahririyat muxbiri Qarshi tumanining “Ko‘chkak” mahallasida bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    “Sakkiz ming nafar aholi yashovchi Ko‘chkak qishlog‘ida zamonaviy masjid qurilgan bo‘lib, 14 yildan beri masjidda namoz o‘qishga ruxsat berilmaydi. Shu sabab qishloqdagi namozxonlar Pistakent qishlog‘idagi, shuningdek, Qarshi shahridagi masjidlarga borib namoz o‘qishga majburmiz”, — deydi Ko‘chkak qishlog‘ida yashovchi Nasim Raupov.

    Shuhrat Umarov va Nasim Raupov.

    Shuhrat Umarov va Nasim Raupov.
    Foto: “Daryo”

    Nasim Raupovning ma’lumot berishicha, qishloqda ming nafarga yaqin namozxon bo‘lib, ular namoz o‘qish uchun 15 kilometr uzoqlikda joylashgan masjidlarga borishga majbur.

    Qayd etilishicha, masjid 2006—2007-yillarda mustaqil O‘zbekistonning birinchi tadbirkor ayollaridan biri, qashqadaryolik Nazira Shodmonova tomonidan qurib bitkazilgan bo‘lib, faoliyatining ilk yilida namozxonlarga xizmat ko‘rsatgan. Biroz o‘tib esa noma’lum sababga ko‘ra yopib qo‘yilgan: 14 yildan beri huvullab qolmoqda.

    Ko‘chkak jome masjidi.

    Ko‘chkak jome masjidi.
    Foto: “Daryo”

    “Biroq o‘tayotgan yillar davomida Nazira opaning farzandlari masjidni ta’mirlab, eskirishiga yo‘l qo‘ymagan. Hozir ham viloyatdagi eng zo‘r masjidlardan biri hisoblanadi. Eng yomoni esa shunday masjidda namoz o‘qilishiga ruxsat yo‘q”, — deydi qishloq oqsoqollari.

    Shu qishloqda yashovchi Shuhrat Umarovning aytishicha, masjid faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida qishloq oqsoqollari mas’ul tashkilotlar eshigini qoqqan. Biroq tayinli javob bo‘lmagan.

    Ko‘chkak jome masjidining ichki ko‘rinishi.

    Ko‘chkak jome masjidining ichki ko‘rinishi.
    Foto: “Daryo”

    “O‘zimizda shunday zamonaviy masjid bo‘lsa-da, biz shahar markazidagi yoki boshqa qishloqdagi masjidga borib, namoz o‘qib kelamiz. Har safar shu masjid yonidan o‘tganimda nega namoz o‘qishga ruxsat berishmayotganini o‘ylab o‘yimga yetolmayman. Ko‘rinishi va imkoniyatlari jihatidan viloyatdagi eng zo‘r masjid bo‘lsa-da, namoz o‘qishga ruxsat yo‘q? Nega va nima uchun degan savollarimizga esa tayinli javob yo‘q”, — deydi Shuhrat Umarov.

    Yana bir suhbatdosh G‘ofur Ibragimov ham masjid faoliyati noma’lum sababga ko‘ra to‘xtatilganini, o‘tgan yillar davomida esa ushbu sabab hamon ochiqlanmaganini aytmoqda.

    Ko‘chkak jome masjidining tahoratxonasi.

    Ko‘chkak jome masjidining tahoratxonasi.
    Foto: “Daryo”

    “Qishlog‘imizda shunday zo‘r masjid bo‘lsa-da, faoliyatiga ruxsat berilmayotgani, nafaqat biz keksalarni, yoshlarni ham qiynab qo‘ymoqda. Namoz o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar ham shahardagi yoki Pistakent qishlog‘idagi masjidga borib kelishga majbur. Masjidimiz faoliyatiga ruxsat so‘rab, hatto diniy qo‘mitaga ham murojaat qildik, ammo natija yo‘q”, — deydi G‘ofur Ibragimov.

    G‘ofur Ibragimov.

    G‘ofur Ibragimov.
    Foto: “Daryo”

    Ko‘chkak qishlog‘ida yashovchi Rahmatilla Rahmonovning ma’lumot berishicha, qishloq oqsoqollari mas’ul tashkilotlarga masjid faoliyatiga ruxsat so‘rab, takroriy murojaatlar yo‘llagan. Ammo har xil sabab va bahonalar bilan murojaatlar qanoatlantirilmagan.

    “Daryo” muxbirining bu haqdagi so‘roviga javob bergan O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyatdagi mas’uli Rahmatilla Usmonov esa masjid faoliyatini qonuniylashtirish uchun kerakli hujjatlar taqdim qilinmaganini aytmoqda. Usmonovga ko‘ra, so‘ralgan hujjatlar berilsa, masjid faoliyatiga ruxsat beriladi.

    “Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 4-mayda qabul qilingan va Senat tomonidan 2021-yil 26-iyunda ma’qullangan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 17-moddasi diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati keltirilgan. Shu hujjatlar bizga taqdim etilsa, masjid faoliyatiga ruxsat beriladi”, — deydi Rahmatilla Usmonov.

    Rahmatilla Usmonov.

    Rahmatilla Usmonov.
    Foto: “Daryo”

    Qishloq ahlining aytishicha, Rahmatilla Usmonov tomonidan so‘ralayotgan 6 ta hujjatning 5 tasi (mahalliy diniy tashkilotni o‘z tashabbusiga ko‘ra tuzayotgan, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, ellik nafardan kam bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari imzolarini o‘z ichiga olgan hujjat; ta’sis yig‘ilishining mahalliy diniy tashkilotni tashkil etish, uning ustavini tasdiqlash va rahbar organlarini saylash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan qarori; mahalliy diniy tashkilotning davlat tilidagi ustavi; mahalliy diniy tashkilotni tashkil etish tashabbuskorlari to‘g‘risidagi va uning rahbar organi a’zolari haqidagi hujjatlar; mahalliy diniy tashkilotning rahbarida diniy professional ma’lumot mavjudligi to‘g‘risidagi hujjat nusxasi) tayyor va mas’ullarga taqdim qilingan ham.

    “Bizdan so‘ralgan barcha hujjatni taqdim qilganmiz. Har safar borsak, mas’ullar nimanidir bahona qilib, hujjatimizni olishmaydi. Endilikda esa yangi tartib qoidaga ko‘ra, ya’ni Rahmatilla Usmonov aytgan qonunga muvofiq oltinchi hujjat sifatida viloyat hokimligi xulosasi ham so‘ralmoqda. Vaholanki viloyat hokimligi yangi tartib qoidaga ko‘ra, hali birorta diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazishga xulosa bermagan ekan. Hokimlikka borsak, adliyaga yuboradi. Adliya esa Musulmonlar idorasiga, Musulmonlar idorasi vakillari esa yana viloyat hokimligi xulosasini so‘rashmoqda. Xullas, o‘rtada biz sarsonmiz”, — deydi qishloq aholisi.

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri qishloq ahli, shuningdek, Rahmatilla Usmonov bergan ma’lumotga tayanib, viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Ilhom Arziqulov bilan bog‘lanib, yangi tartib qoidaga ko‘ra hokimlik biror-bir diniy tashkilotning faoliyat boshlashiga xulosa bergan yoki bermagani bilan qiziqdi.

    “Daryo” muxbiri bilan telefon orqali muloqot qilgan hokimlik vakili, viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Ilhom Arziqulov rahbarligidagi kotibiyat mas’uli Firdavs Sattorov hokimlik tomonidan 26 ta diniy tashkilot faoliyatiga ruxsat so‘ralib, Vazirlar Mahkamasi tarkibidagi Diniy qo‘mitaga xat berilganini, faoliyatiga ruxsat berish tavsiya qilingan 26 ta diniy tashkilot orasida Ko‘chkak jome masjidi ham borligini ma’lum qildi.

    Rahmatilla Rahmonov.

    Rahmatilla Rahmonov.
    Foto: “Daryo”

    Qishloq ahlining qo‘shimcha qilishicha, ular mas’ullarga hujjat taqdim qilganda, masjid faoliyati yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng undagi ish o‘rinlari, jumladan, masjid imomi, hisobchisi kabi ishchilarga ham maosh berish borasida muammo bo‘lmasligini aytgan.

    “Mas’ullarda masjid ish boshlaganidan so‘ng, ishchilariga qay tartibda maosh beriladi, masjid o‘zini o‘zi qoplaydimi, degan savol ham tug‘ilgan. Biz ularga masjidni qurgan tadbirkor o‘sha paytda masjid atrofida savdo do‘konlari ham qurganini, qolaversa, aynan shu masjid xarajatlarini qoplash maqsadida bog‘ ham tashkil qilinganini aytib, iqtisodiy muammo yuzaga kelmasligini bildirganmiz. Bizga faqat masjid faoliyatiga ruxsat berilsa, bas. Shuning o‘zi kifoya”, — deydi Rahmatilla Rahmonov boshchiligidagi qishloq ahli.

    19.09.2021, 08:32   Izoh (0)   37271
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    19-sentabr — tarixda ilk bor ayollarga umumiy saylov huquqi berilgan kun. Bugungi kunda O‘zbekiston ayollari qanday huquqlarga ega?

    19.09.2021, 08:08

    “Tolibon”ni qo‘llab-quvvatlagan ayollar, sobiq prezidentning yirtilgan surati, Turkiyadagi sirli joy. Hafta suratlari

    18.09.2021, 23:54

    Namanganda Damas 59 yoshli piyodani urib ketdi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

    18.09.2021, 23:34

    Samarqandda giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘yildi

    18.09.2021, 23:15

    Qashqadaryoda mehribonlik uyining sobiq rahbari, Andijonda mahalla raisi, Buxoroda esa tadbirkor yetim bolalarni asrab oldi

    18.09.2021, 22:55

    Sirdaryodagi bir-biriga tutash uylarda yong‘in sodir bo‘ldi

    18.09.2021, 22:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat yana ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 16:47

    Oyoq, tish va hatto til: tana a’zolarini millionlab dollarga sug‘urtalagan mashhurlar

    Shou-biznes | 20 iyun, 16:36

    Buyuk Britaniya va Bahrayn o‘rtasida 2 ta yirik shartnoma imzolandi

    Dunyo | 20 iyun, 16:30

    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi

    Reklama | 20 iyun, 16:30

    Chinakam matonat egasi, Ginneslari rekordi kitobiga kiritilgan Oksana Chusovitina

    Sport | 20 iyun, 16:26

    O‘zbekistonda dollar kursi 12 500 so‘mdan tushdi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 16:15

    Pokiston armiyasi rahbari Donald Tramp bilan uchrashdi

    Dunyo | 20 iyun, 16:10

    Qashqadaryoda tuproq qoplamali yo‘llarni to‘liq shag‘al qoplamaga o‘tkazish boshlanadi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 16:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.