Dunyo bo‘ylab 16-sentabr kuni olingan sara suratlarni namoyish qilamiz.
Kvebekdagi Sent Mark restoranida saylovoldi kampaniyasi to‘xtab turgan paytda chaqaloq bilan salomlashayotgan bosh vazir Jastin Tryudo.
Foto: Reuters
Kriket o‘ynayotgan afg‘onlar. Yangi hukumat Afg‘onistonda kriketga hech qanday taqiq qo‘ymadi (hozircha).
Foto: EPA
16-sentabrda Rossiyada Davlat dumasiga saylovda muddatidan oldin ovoz berish yakunlandi. Saylov komissiyasi a’zolari vertolyotlar, qayiqlar va yo‘ltanlamas mashinalar bilan mamlakatning eng chekka hududlariga “sayohat qildi”.
Foto: “TASS”
Bir yil oldin vafot etgan rassom Xristo Yavashevning orzusi ro‘yobga chiqdi va endi Parijdagi “G‘alaba arkasi” matoga o‘raldi. Amerikalik rassom hayoti davomida Reyxstagni va bir nechta mayda binolarni shu tarzda matoga o‘rashga muvaffaq bo‘lgan.
Foto: EPA
Vashingtondagi Milliy savdo markazida AQShdagi COVID-19 qurbonlariga bag‘ishlangan 600 mingga yaqin oq bayroqlardan tashkil topgan ommaviy badiiy installyatsiya.
Foto: “TASS”
Mavzuga doir: Tojikistonda bolalar koronavirusga qarshi emlanadi, JSST “Sputnik V”ni ma’qullash jarayonini to‘xtatib qo‘ydi. Koronaxabarlar
Amsterdamda Maison Amsterdam ko‘rgazmasi ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ko‘rgazma davomida tarixiy va zamonaviy liboslar namoyish etiladi.
Foto: EPA
Germaniyaning Kyoln shahrida yangi bitirgan politsiya kursantlari Lanxess Arenada qasamyod qabul qilish marosimida qatnashmoqda.
Foto: Getty Images
Jakartadagi kinoteatrda tomoshabin film boshlanishini kutmoqda. Shahardagi barcha kinoteatrlar 16-sentabrdan boshlab ochilishga ruxsat berildi.
Foto: EPA
G‘arbiy Londonning Richmond shahridagi “Kyu” qirollik botanika bog‘ida dunyodagi eng katta suv nilufarlari turiga mansub amazonka viktoriyasini parvarish qilayotgan botanik Alberto Trinko.
Foto: PA
SpaceX Floridada Falcon 9 raketasida asli astronavt bo‘lmagan odamlardan tashkil topgan ekipaj bilan Crew Dragon kapsulasini uchirdi.
Foto: AP Photo
Koronavirus tufayli yopilgan maktab o‘quvchisi onlayn darslar vaqtida mikroskopdan foydalanmoqda.
Foto: Reuters
G‘azo shahridagi BMTning Yaqin sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam berish agentligi markazi oynasi yonida turgan falastinlik ayol va uning bolasi.
Foto: AFP
Avvalgi kunlarning fotogalereyalar:
- “Abdullajon”ning qovoqlari, dindoshini qamchilayotgan yahudiy, Kuvaytda auksionga qo‘yilgan lochin. 15-sentabr suratlari
- Xudosini cho‘ktirayotgan hindlar, izolyatsiyaga olingan Putin, to‘rga tushgan bedana. 14-sentabr suratlari
- G‘azoga qilingan havo hujumi, qutqaruvchilik qilayotgan korgi iti, tanlovda g‘olib bo‘lgan Jastin Biber. 13-sentabr suratlari
- Multfilm qahramonlariga qo‘yilgan haykal, 100 yoshini 100 nafar do‘sti bilan nishonlagan dizayner, yo‘l qoidalariga amal qiluvchi oqqushlar. 10-sentabr suratlari
- Hibsga olingan demokratiya ma’budasi, rangini o‘zgartiruvchi buqalamun robot, parlamentda xotirlangan Jon Lennon qo‘shig‘i. 9-sentabr suratlari
- Bitkoinga qarshi norozilik, demontaj qilingan haykal, 8 ming kilometr yo‘lni bosib o‘tgan ulkan qo‘g‘irchoq. 8-sentabr suratlari
- Akvariumdagi to‘y, muzliklar erib ketayotganidan afsuslangan ayiq, binolarni zabt etayotgan fransuz o‘rgimchak odami. Hafta suratlari