O‘zbekiston ichki ishlar vazirining 2021-yil 13-sentabrdagi 335-son buyrug‘iga asosan IIVning ayrim buyruqlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Foto: YHXBB

Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagi YHX xodimlari tomonidan alohida farqlovchi ko‘krak va qo‘l belgilarini yangi namunadagi formali kiyim-boshiga taqish qoidalari belgilab qo‘yildi.

Foto: YHXBB

Shuningdek, buyruq bilan IIV tizimidagi orkestrlar hamda namunaviy ashula va raqs ansamblining shaxsiy tarkibini inventar kiyim-kechak mulklari bilan ta’minlash me’yorlariga ham o‘zgartirishlar kiritildi.

Bundan avval O‘zbekiston YHX xodimlari 1-avgustdan yangi namunadagi ko‘krak nishonida ish olib borishi haqida xabar berilgandi.