Markaziy bank 17-sentabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 24,94 so‘mga pastlab, 10 681,06 so‘mni tashkil qildi. Yevro 87,17 so‘mga tushib, 12 572,68 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 19,38 so‘mga ko‘tarilib ilk bor 10 700 so‘mdan oshgandi.
O‘zbekistondagi ayrim tijorat banklarida 16-sentabr kuni dollar kursi birinchi marta 10 760 so‘mga qadar ko‘tarildi.
Izoh (0)