• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi tabiiy gaz qazib chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida Ustyurtda bo‘ldi

    “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tizim tashkilotlari faoliyati hamda belgilangan rejalarning bajarilishi holatini o‘rganmoqda.

    “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasining aholisi va iqtisodiyot tarmoqlarining neft va gaz mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishni ta’minlash maqsadida, uglevodorod xomashyosini qazib chiqarishni oshirish borasida bir qator qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

    Jumladan, tabiiy gaz qazib chiqarish maqsadida yangi kon va yangi quduqlar faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Boshqaruv raisi “Quyi Sharqiy Berdaq” 2-sonli qudug‘ida bo‘lib, burg‘ilash ishlarining amalga oshirilishi bilan tanishib chiqdi.

    Avvalo burg‘ilash jarayonida ishtirok etayotgan barcha ishchi xodimlarga yetarli sharoit yaratilganligi hamda ularning kuz fasliga mo‘ljallangan maxsus kiyimlar bilan, yotoqxona bilan to‘la ta’minlanganlik holatini o‘rgandi.

    Bu borada Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi rahbari Olim Orinbayevga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, “Quyi Surgil” konidagi 6, 11, 21, 22-sonli quduqlarda ham bo‘lib, burg‘ilash ishlari hamda tabiiy gaz qazib chiqarilishi bilan yaqindan tanishib chiqildi.

    “Quyi Surgil” konidagi 11-sonli quduqda olib borilayotgan ishlar bilan tanishish jarayonida tushlik bo‘lib qolganligi sababli ishchi xodimlar boshqaruv raisini tushlikka taklif qilishdi. Yaratilgan sharoitlarni yanada yaqinroq o‘rganish maqsadida ularning taklifi qabul qilinib, ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda ko‘chma oshxonada ovqatlanildi.

    Boshqaruv raisi bu jarayonda ham avvalo ishchi xodimlarning ovqatlanish sharoitlarini o‘rganib, ularga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va me’yori hamda ularning saqlanishi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi.

    O‘z navbatida, “Quyi Surgil” konida sanoat miqyosida o‘zlashtirish ishlari jadal davom ettirilib, ushbu regiondagi boshqa bir qator konlarning ham qo‘shimcha yangi istiqbollarini ochish belgilab olindi.

    Boshqaruv raisi shu kunning o‘zida “Sursuar” konidagi 2-sonli quduq faoliyati va bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib chiqdi.

    Ushbu konlar va quduqlarning “O‘zbekneftgaz” AJ bo‘yicha tabiiy gaz qazib chiqarishni ta’minlash borasida alohida ahamiyatga ega ekanligi qayd etilib, ulardagi burg‘ilash ishlarining har bir jarayonlarini oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda, mukammal bajarish lozimligi va bu ishlarga barcha zarur resurslarni jalb etish zarurligi ta’kidlandi.

    Tashrif davomida 2017—2021-yillarda uglevodorodlar qazib chiqarishni oshirish dasturi bo‘yicha bosh pudratchi hisoblangan ERIELL Oilfield Services Middle East DMCC kompaniyasining mutaxassislari bilan quduqlarni burg‘ilashda kommersiya tezligini oshirish bo‘yicha o‘zaro fikrlar almashildi.

    Dastur doirasida bosh pudratchi tomonidan burg‘ilanayotgan “Quyi Surgil-21”, “Sharqiy Berdaq-56NN” va “Sharqiy Berdaq-65NN” quduqlarini joriy yilning oktabr oyida ishlab chiqarishga topshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    O‘rganish ishlari davomida, Ustyurt regionida joriy yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan geologiya-qidiruv ishlarining barcha tadbirlarini tanqidiy jihatdan qayta ko‘rib chiqish, ularni maqsadli qayta rejalashtirish hamda ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

    Geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish doirasida Ustyurt regionidagi maydonlar va obyeklarning yangi istiqbollarini aniqlash, ularning hududidagi chuqur qatlamlarni o‘rganish, barcha ma’lumotlarni kompleks tahlil qilish bo‘yicha tahlillarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.

    Ustyurda bajarilayotgan ishlar o‘z samarasini bera boshladi va biz raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2021-yilning yanvar-iyul oylari davomida boshqarmada 2,1 milliard kub metr tabiiy gaz qazib chiqarilishiga erishildi, reja ko‘rsatkichi ortig‘i bilan, ya’ni 105,8 foizga bajarildi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 113,1 foizni tashkil etdi.

    Eslatib o‘tamiz, 2021-yil yakuniga qadar 68 ta geologo-texnik tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan (16 ta gaz quduqlarini burg‘ilishdan ishga tushirish, 50 ta gaz quduqlarida kapital ta’mirlash va intensifikatsiya ishlari olib borish va texnologiya yo‘nalishida 2 ta obyektlarni ishga tushirish). Belgilangan vazifalarning bajarilishi 956,4 million kub metr tabiiy gaz qazib chiqarishga zamin yaratadi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

    16.09.2021, 11:00   Izoh (0)   7164
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistondagi ayrim tijorat banklarida dollar kursi birinchi marta 10 760 so‘mga qadar ko‘tarildi

    16.09.2021, 10:25

    Tanqidiy maqolalar sabab zaharlangani aytilgan qo‘qonlik blogerning o‘limi yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi

    16.09.2021, 10:10

    Andijondagi maktablarda koreys tilini o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maxsus sinflar tashkil etildi

    16.09.2021, 09:41

    Farg‘onada pichoq va qilichlari bo‘lgan 20 nafarga yaqin shaxs ishtirokida janjal bo‘ldi

    16.09.2021, 08:42

    So‘x, Shohimardon va boshqa ayrim hududlarda soliq solishning alohida tartibini nazarda tutuvchi soliq rejimi kiritildi

    16.09.2021, 08:25

    “Hokim ‘shu ishni qilgan qamaladi’, deganda fuqarolarni aldagan quruvchi harakatini nazarda tutgan va aldanish takrorlanmasligi haqida gapirgan”. Andijon hokimi ha...

    16.09.2021, 08:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20

    Qadimgi Misr diyetasi: mashhur piramidalar quruvchilari qanday ovqatlangan?

    Layfstayl | 18 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.