Italiyada Drone Photo Awards – 2021 aerofotografiya tanlovi g‘oliblari aniqlandi. Tanlov dasturi 10 ta nominatsiyaga bo‘lingan: shahar, yovvoyi tabiat, sport, odamlar, tabiat, mavhumlik, to‘y, yilning eng yaxshi video va surati.

Terye Kolosning “Kaltatumshuq qushlar qish bilan uchrashmoqda” deya nomlangan fotosurati “Yil surati” deb topildi.

Foto: “Afisha.uz”

Minglab kaltatumshuq qushlar Norvegiya markazida. Ular bahorda bu hudud orqali uchib, naslchilik joyiga – Arktikadagi Shpitsbergen oroliga boradi.

“Shahar”

Foto: “Afisha.uz”

“Shahar” toifasida rossiyalik Sergey Poletayev “Shahar va qish haqidagi metaforik bayon” asari bilan birinchi o‘rinni egalladi.

“Yovvoyi tabiat”

Foto: “Afisha.uz”

Qosim al-Forsiyning “Sarguzashtlarga qaytish” surati. Toshbaqa tuxum qo‘yib, suvga qaytmoqda.

“Sport”

Foto: “Afisha.uz”

Fil De Glanvill surati “Kamalak qirg‘og‘idagi oltin”. Syorfingchi Olli Genri Avstraliyaning janubi-g‘arbiy sohilidagi ulkan to‘lqindan uzoqlashmoqda.

“Odamlar”

Foto: “Afisha.uz”

Vyetnamlik fotograf Chung Xaya Famning “Mangrov o‘rmonida baliq ovlash” suratida Vyetnamning Tyatyen Xue provinsiyasida joylashgan Mangrov o‘rmonidagi baliqchi tasvirlangan.

“Tabiat”

Foto: “Afisha.uz”

Martin Sanchesning suratida Islandiyada vulqon otilishi tasvirlangan.

“Abstraksiya”

Foto: “Afisha.uz”

George Popaning surati “Zaharlangan daryo” deb nomlangan. Daryodagi abstrakt naqsh G‘arbiy Ruminiya tog‘larida mis va oltin qazib olish paytidagi kimyoviy chiqindilar tufayli paydo bo‘lgan.

“To‘y”

Foto: “Afisha.uz”

Matteo Original surati: “Sen bilan cheksizlikka qadar”.