Hozirgi davrda kitobga bo‘lgan qiziqish tobora yo‘qolib bormoqda. Kitoblarning ham qog‘oz varianti o‘rniga elektron versiyasini afzal ko‘ramiz. Shu sababli kitob sotuvchilari o‘quvchi e’tiborini jalb qilish uchun tobora ko‘proq yangi usullarni o‘ylab topmoqda.

Foto: TravelAsk

Xitoyda o‘z do‘konlarini haqiqiy diqqatga sazovor joylarga aylantirishga muvaffaq bo‘lgan “Chjunshuge” kitob do‘konlari tarmog‘i mavjud. Labirintga o‘xshaydigan kitob do‘kon tarmoqning eng noyob loyihasi hisoblanadi. Xitoyning Chengdu shahridagi Dujiangyan Zhongshuge do‘koni bir qarashda cheksiz ko‘rinadi. Agar o‘zingizni kitobsevar deb hisoblasangiz, bu yerda o‘zingizni jannatda yurganday his qilasiz, chunki do‘kondagi kitob javonlari shu qadar cho‘zilib ketganki, ularning qayerda tugashini anglab bo‘lmaydi.

Foto: TravelAsk

Bu, aslida, X+Living dizayn studiyasi tomonidan ataylab yaratilgan illyuziya. Illyuziyaga juda oddiy usullar bilan erishilgan: ko‘zgular, qora kafellar va qizil daraxtdan qilingan arklar yordamida. Shu tufayli bu do‘kon o‘zga dunyoga o‘xshaydi.

Foto: TravelAsk

3200 kvadrat metr maydonda 80 mingga yaqin kitob bor, lekin shiftdagi va xonalarning boshqa joylaridagi ko‘zgular tufayli bundan ko‘pga o‘xshaydi. Bundan tashqari, dizaynerlar ajoyib usul qo‘llagan: ular yuqori javonlarni soxta kitoblar bilan, aniqrog‘i, oddiy stikerlar bilan to‘ldirgan. Ular buni ataylab qilgan: kitobxon uchun ham, Dujiangyan Zhongshuge xodimlari uchun ham yuqori javonlarga chiqish va kitoblarni nazorat qilish juda qiyin.

Foto: TravelAsk

Loyiha ustida besh oydan ko‘proq vaqt ishlangan. Eng ajablanarli tomoni shundaki, hatto oynali shiftlarning sirini biladiganlar ham haqiqiy javonlar qayerda tugashini va illyuziya qayerdan boshlanishini darhol anglay olmaydi.