Jizzax viloyati Arnasoy tumanida gaz tarmog‘idan noqonuniy foydalangan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasining faoliyati fosh etildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament axborot xizmati.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departamentning Arnasoy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.” MChJ mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasiga o‘rnatilgan elektron gaz hisoblagich trubkasiga muhr o‘rnatmasdan gaz sarfini nolga tushirib foydalanib kelgani oqibatida, “Arnasoy tumangaz” filiali manfaatlariga 459,6 million so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.