Uzbekistan Airways Qirg‘iziston poytaxtiga muntazam qatnovlar sonini oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 11-sentabrdan boshlab Toshkent—Bishkek—Toshkent yo‘nalishida haftasiga uch marta — dushanba, payshanba va shanba kunlari qatnovlar amalga oshiriladi.
Parvozlar jadvali:
- dushanba — HY 777: Toshkentdan uchish 15:50, Bishkekka yetib borish 18:00;
- payshanba — HY 779: Toshkentdan uchish 15:05, Bishkekka yetib borish 17:15;
- shanba — HY 779: Toshkentdan uchish 09:00, Bishkekka yetib borish 11:10.
Toshkent—Bishkek yo‘nalishidagi aviachiptalar 1 229 335 so‘mdan boshlanadi. Toshkent—Bishkek—Toshkent yo‘nalishida aviachiptalar 2 553 830 so‘mdan boshlanadi. Narxlar 8-sentabr holatiga ko‘ra amal qiladi.
Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.