Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda Termizda tikuvchilik bilan shug‘ullanuvchi imkoniyati cheklangan fuqarolarning faoliyatiga to‘sqinlik qilinayotgani yuzasidan tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxondaryo viloyati Termiz shahrida tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan imkoniyati cheklangan fuqarolar nimaga aynan Prezidentdan najot kutmoqdalar?” sarlavhali xabarlar tarqalgan. E’lon qilingan suratlardan bilish mumkinki, bir guruh imkoniyati cheklangan fuqarolardan iborat 6 yil davomida shakllangan jamoa tarqatib yuborilmoqda.
Idora munosabatida qayd etilishicha, xabarda ko‘rsatilgan holatlar Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tegishli tashkilotlardan malakali mutaxassislar jalb qilingan holda o‘rganilmoqda.
Bu holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat o‘rnatilgan.