Xitoyning Xpeng Motors kompaniyasi o‘zining birinchi otsimon robotini taqdim etdi. Qurilmaning ustiga o‘tirib, harakatlanish mumkin, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Ithome

Ta’kidlanishicha, otsimon robot to‘rtta oyoq, uzun bo‘yin va kameralar o‘rnatilgan tumshuqqa ega. Shuningdek, unga harakatlanish vaqtida yo‘nalishni to‘g‘ri olishiga yordam beradigan liderlar o‘rnatilgan.

Ot mustaqil ravishda harakatlanadi va egasi bilan “hissiy o‘zaro aloqa” o‘rnata oladi: ustiga odam chiqishi mumkin, teginishlarga javob qaytaradi, ovoz orqali egasi bilan gaplasha oladi.

Gadjet akkumulyator yordamida harakatga kelib, quvvat tugagan vaqtda mustaqil quvvatlantirgich oldiga boradi.

Avvalroq Singapurda massaj qilishga qodir robot ixtiro qilingani, xitoyliklar insonga o‘xshash uy robotining prototipini namoyish etgani, Avstraliyada esa olma terishga qodir robot yaratilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.