Singapurdagi AiTreat startapi insonlarni massaj qilishga qodir sun’iy intellektga ega EMMA robotini ixtiro qildi. Ta’kidlanishicha, u an’anaviy xitoy tibbiyoti tizimi bo‘yicha massaj qilishga qodir, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Qurilma mushaklarning qattiqligini o‘lchaydigan uch o‘lchovli ko‘rish sensori yordamida ishlaydi. Uning “qo‘llari” Selsiy bo‘yicha 38-40 darajada qiziydi. Ular xuddi inson qo‘llari kabi yumshoq.
Ixtirochilar o‘z qurilmasi yaqin kelajakda u qadar qimmat bo‘lmagan massaj muolajalarini o‘tkazishni boshlashiga umid qilmoqda. Ayni vaqtda esa shahar shifoxonalarida shu kabi jami 11 ta qurilma ishlamoqda.
Avvalroq xitoyliklar insonga o‘xshash uy robotining prototipini namoyish etgani, Avstraliyada esa olma terishga qodir robot yaratilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)