Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bunga qadar Sofiya robotini yaratgan Xitoylik olimlar ommaga o‘zlarining yangi texnologiyasini namoyish etdi. Greyms nomini olgan robotdan sog‘liqni saqlash sohasida foydalanish ko‘zda tutilgan. Xususan, robotlashtirilgan hamshira koronavirusga chalingan bemorlar, shuningdek, keksalarni parvarish qiladi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Yangi robot osiyoliklarga xos yuz chizgilariga ega bo‘lgan. Greymsning sochlari kashtan rangida. Tadqiqotchilar unga havorang hamshira formasini kiydirgan.

Robot tanasiga bemorning tana haroratini o‘lchashga qodir teplovizor joylashtirilgan. Shuningdek, Greyms ingliz tilida gapira oladi, xitoy tilining turli shevalarini biladi va sun’iy intellekt yordamida insonning sog‘lig‘iga tashxis qo‘ya oladi.

2021-yilning avgustida olimlar robotni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan. Bu pandemiya sharoitida tibbiyot xodimlarining ishini yengillashtirishga xizmat qilishi kerak.

Mazkur gadjet narxi avvaliga qimmatbaho avtomobil narxida bo‘ladi, savdolar o‘zining eng yuqori nuqtasiga chiqqach, Greyms ancha arzonlashishi kutilmoqda.

Avvalroq Xitoyda tish qo‘yishga qodir stomatolog-robot, Avstraliyada esa olma terishga qodir robot yaratilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi