Xiaomi kompaniyasi K16A katalog raqami ostidagi yangi smartfonini sertifikatsiyadan o‘tkazmoqda, deb xabar beradi IXBT.

Foto: Yoopply

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur smartfon Redmi brendi ostida taqdim etiladi va Redmi K40 Lite nomiga ega bo‘ladi. Aftidan, bu Redmi K40 Game Enhanced Edition’ning yon tomonlarida magnit klavishlari bo‘lmaydigan sodda versiyasiga aylanadi.

Ta’kidlanishicha, K16A 33 vattli quvvatlanish funksiyasiga ega bo‘ladi. Shuningdek, smartfon bir kristalli MediaTek platformasi ishlaydi, ekrani yuqori chastotali (120 gertsli) bo‘ladi, kamerasi asosiy datchigi 50 megapiksel bo‘lgan ko‘p modullardan tarkib topadi. Umuman olganda Redmi K40 Lite’ning narxi Redmi K40 Game Enhanced Edition’dan ko‘ra, sezilarli darajada arzon bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Redmi K40 Game Enhanced Edition uch xil — oq, qora va kulrang ranglarida sotuvga chiqqan bo‘lib, uning eng arzon versiyasini (6/128 GB) narxi 310 dollarni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, Redmi kompaniyasi fevral oxirida beshta yangi qurilmasi — Redmi K40, K40 Pro, K40 Pro+ smartfonlari, RedmiBook Pro noutbugi va Redmi AirDots 3 simsiz naushnigining taqdimotini o‘tkazgan edi.