2-sentabrda dunyo bo‘ylab olingan qiziqarli suratlarni namoyish qilamiz.

Bangkokda hukumatga qarshi norozilik namoyishi ishtirokchilari bosh vazirning iste’fosini talab qilmoqda.

Foto: EPA

VI Sharq iqtisodiy forumi Vladivostokdagi Russkiy orolida boshlandi. 2020-yili forum koronavirus pandemiyasi tufayli o‘tkazilmagandi. Forumda 50 dan ortiq davlat ishtirok etmoqda.

Foto: “TASS”

Vashingtondagi momaqaldiroq paytida ko‘rinib turgan Kapitoliy (o‘ngda) va Vashington yodgorligi (chapda).

Foto: EFE

Argentinaning Puerto-Madrin shahri sohilida stend bilan shug‘ullanayotgan ayolning yaqinidagi ikki kit.

Foto: Telam

Nyu-Yorkda kuchli yomg‘ir tufayli favqulodda holat joriy etildi.

Foto: Getty Images

Chexiyadagi hayvonlarni himoya qilish tashkiloti tomonidan qutqarilgan bir oyoqli laylakka 3D-printerda bosilgan yangi oyoq qo‘yildi.

Foto: Reuters

Tibet sahna san’ati institutining quvg‘in qilingan ijodkorlari surgunda mamlakatning birinchi parlament tuzilganining 61 yilligiga bag‘ishlangan tadbirga tayyorgarlik ko‘rayotgan ayollar. Tibetliklar bu bayramni Demokratiya kuni sifatida nishonlaydi.

Foto: AP Photo

Yangi Zelandiyaning Kraystcherch sohilidagi dengiz leopardi.

Foto: Getty Images

78-Venetsiya kinofestivaliga kelgan aktrisa Kirsten Danst. Kinofestival 11-sentabrgacha davom etadi.

Foto: Getty Images

Taypeyda yapon rassomi Chiharu Shiotaning “Ruhning tebranishi” deb nomlangan ko‘rgazmasi ochildi.

Foto: EPA

Kaliforniyada “Kaldor” yong‘inining Janubiy Tahoe ko‘liga yaqinlashmasligi uchun aks yong‘in keltirib chiqarayotgan o‘t o‘chiruvchi.

Foto: AP Photo

Kalkutta shahrida Durga Puja festivaliga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Festival ma’bud Durga sharafiga o‘tkaziladi.

Foto: EPA

Germaniyaning Kleystov shahrida 4-sentabr kuni an’anaviy qovoqlar ko‘rgazmasi ochiladi.

Foto: “TASS”

Ispaniyaning Alkanar shahridagi ishchi suv toshqinidan keyin tozalash ishlarini olib bormoqda. Chorshanba kuni yog‘gan yomg‘ir toshqinlarni keltirib chiqardi.

Foto: AP Photo

Ishchilar marhum rassom Kristoning badiiy installyatsiyasini yaratish uchun Parijdagi G‘alaba arkasini 25 000 kvadrat metr kumush va ko‘k matoning ostiga o‘rashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: EPA

Italiya 5 mingga yaqin afg‘on fuqarosini evakuatsiya qildi.

Foto: EPA

Britaniyaning Bornmut shahrida har yili o‘tkaziladigan avia-namoyish boshlandi. Suratda: AeroSuperBatics aerobatik jamoasi chiqishi.

Foto: Getty Images

Russkiy orolining Ayaks ko‘rfazidagi tong.

Foto: “TASS”

Germaniyaning Boltiq dengizi sohilidagi plyaj stullari dam oluvchilarni kutmoqda.

Foto: AP Photo

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Admiral Nevelskoy nomidagi davlat dengiz universitetiga tashrifi davomida talabalar bilan suratga tushdi.

Foto: “TASS”