• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    OAV: Turkmaniston koronavirusning yangi to‘lqini tufayli karantinga yopilmoqda

    Turkmanistonning Lepab viloyati, Turkmanobod shahrida koronavirusga topshirilgan testlarning ijobiy chiqish holatlari o‘n baravar ko‘paydi. Avvaliga Ashxobodda, endi boshqa hududlarda savdo markazlari yopilmoqda, deya xabar berdi turkmen.news mustaqil nashri.

    Foto:m“Xronika Turkmenistana”

    Foto:m“Xronika Turkmenistana”

    Xabarga ko‘ra, Turkmanobod shahridagi hududiy sanitariya-epidemiologiya stansiyasida COVID-19 ga test olish ishlari uch smenada kecha-yu kunduz davom etmoqda. Lebap viloyatini tark etmoqchi bo‘lganlar har biri 70 kishidan iborat 17 ta guruhga bo‘linadi, ya’ni kuniga 1190 kishi tekshiriladi. Bir oy oldin har kuni 3-4 ta ijobiy natija aniqlanar edi, hozir esa 30 ta atrofida. Ma’lumot olish uchun murojaat qilganlarning qariyb 2,5 foizida virus qayd etilmoqda.

    Ta’kidlanishicha, koronavirus tashxisi qo‘yilgan kishilarga natija haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri aytilmaydi. Ularga shunchaki hududni tark etishga ruxsat berilmaydi va “shifokor bilan maslahatlashish” tavsiya qilinadi.

    Turkmaniston hukumati haligacha mamlakatga COVID-19 kirib kelganini yashirishga urinmoqda. Garchi amalda infeksiya borligiga shubha yo‘q bo‘lsa-da, amaldorlar bu haqda ochiqdan ochiq gapirishga qo‘rqmoqda.

    24-avgust kuni ichida universitet talabalari bo‘lgan maxsus poyezd Turkmanoboddan Ashxobodga yo‘l olgandi. Lekin, turkmen.news manbalariga ko‘ra, poyezd Mariga qaytarilgan. O‘qishga yuborilmagan talabalar poyezddan tushgach, uch kun karantinda o‘tirgan.

    23-avgustdan Ashxobodda maxsus patrullar do‘konlar, jumladan, oziq-ovqat do‘konlarini yopishni boshladi. “Berkarar” ulgurji bozori va savdo markazi yopildi. Bir qator shifoxonalarda kutilmaganda ko‘plab bemorlar go‘yo o‘rinlarni bo‘shatishi kerakdek, uylariga jo‘natildi. Ma’rakalarni tashkil etishda sanitariya talablari kuchaytirildi: endi ma’raka chodirlari ichidagi hamma odamlar niqob taqmoqda, kirishga esa antiseptik qo‘yiladi.

    COVID-19 bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat yomonlashayotgani sababli o‘tgan haftada Ashxoboddagi ko‘p qavatli uylarning kirish qismini va avtobus salonlarini dezinfeksiya qilish ishlari qayta tiklandi.

    Politsiya niqobsiz odamlarga 25 manat (76 ming so‘m) jarima solmoqda. Poytaxtdagi korxona va tashkilotlar xodimlaridan emlanganlik guvohnomasi talab qilinmoqda, aks holda ularning ishdan bo‘shatilishi aytilmoqda.

    18 yoshdan oshgan barcha fuqarolarni majburiy emlash haqidagi qaror 7-iyulda e’lon qilingan bo‘lsa-da, uning ijrosi endi boshlandi. Emlanish uchun murojaat qilayotgan odamlarning keskin oqimi tufayli kasalxona xodimlari vaksinatsiyani tasdiqlovchi hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirishga va berishga ulgurmayapti.

    turkmen.news manbalari xabar berishicha, viloyatlardagi holat ham poytaxtdan qolishmaydi. Turkmanboshida “Kenar” bozori, kafe va go‘zallik salonlari allaqachon yopilgan. Turkmanobodda do‘kon sotuvchilariga yaqin orada faqat sotuvchilari emlangan savdo markazlari o‘z ishini davom ettirishi mumkinligi aytilgan. Avvalroq Lebap viloyat axloq tuzatish muassasalari xodimlari mahbuslar orasida kasallanish holatlarining ko‘payishi tufayli kuchaytirilgan xizmat rejimiga o‘tkazilgan edi.

    “Xronika Turkmenistana” xabariga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni keskin oshgani sababli rasmiylar mustaqillikning 30 yilligiga bag‘ishlangan paradni tashkil etish to‘g‘risida bir to‘xtamga kela olmayapti — faqat harbiy parad bilan cheklaniladimi yoki unga talabalar va davlat xizmatchilari jalb qilinadimi, so‘roq ostida.

    Taxminlarga ko‘ra, mamlakatga koronavirusning o‘ta yuqumli delta shtammi kirib kelgan. Turkmaniston hukumati mamlakatga koronavirus kirib kelganini hali tan olmagan.

    Mavzuga doir:

    • Turkmaniston poytaxtida savdo markazlari, basseyn va sport zallari yopildi. Mamlakatda haligacha koronavirus rasman qayd etilmagan
    • Turkmaniston prezidenti mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar yo‘qligini ma’lum qildi

    26.08.2021, 14:11   Izoh (0)   24201
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tolibon” afg‘on ayollarini uydan chiqmaslikka chaqirdi. Chunki jangarilarga hali “ayollar bilan qanday muloqot qilish o‘rgatilmagan”

    26.08.2021, 12:37

    Uch hukmdordan ustun kelgan Napoleon Bonapart. Buyuk fransuz imperatorining faoliyatidagi so‘nggi yirik g‘alabasi — Drezden jangi

    26.08.2021, 12:24

    JSST kuz oylarida yangi pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi

    26.08.2021, 11:55

    Turkmaniston prezidenti tilla belkurak, tilla arava va tilla kapsula bilan yangi sanoat majmuasi qurilishini boshlab berdi (video)

    26.08.2021, 07:48

    AQSh—Meksika chegarasidagi “Tramp devori” yemirilishni boshladi

    26.08.2021, 06:47

    COVID-19 ga qarshi emlangan va emlanmaganlarning kasalxonaga tushish ehtimoli taqqoslandi, bitta bemorni davolash qanchaga tushmoqda? Koronaxabarlar

    25.08.2021, 22:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Samarqandda mansabdorlar eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan pullarni o‘zlashtirgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 19:10

    “Qattiqqo‘l hokimiyat va urush effekti” — Qirg‘iziston jon boshiga daromad bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘ringa chiqdi

    Markaziy Osiyo | 2 iyul, 18:55

    Serial o‘z vaqtida tugadi: “Kalmar o‘yini” 3-mavsumining kutilmagan, ammo ajoyib tarzda yakunlanishining 5 sababi

    Kino | 2 iyul, 18:40

    Toshkent viloyatida yana 45 ta nuqtada mikro GES quriladi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 18:25

    Germaniyada qidiruvdagi erkak Eron uchun josuslik qilishda ayblanib, hibsga olindi

    Dunyo | 2 iyul, 18:10

    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

    Reklama | 2 iyul, 18:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.