Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Dunyo va o‘zbek sportiga oid 26-avgust kunining muhim xabarlari dayjesti bilan tanishing.

O‘zbekiston

Tokioda Paralimpiya o‘yinlari o‘tkazilmoqda. Musobaqaning ikkinchi kuni O‘zbekiston uchun medalsiz yakunlandi. 26-avgust kuni 4 nafar para-suzuvchilar (S13 klass 100 metrga chalqancha usulda suzish bo‘yicha bahslarga kirishdi.

Muzaffar Tursunxo‘jayev va Islom Aslanov saralash bosqichida o‘z ishtirokini yakunlagan bo‘lsa, Shohsanamxon Toshpo‘latova va Nigoraxon Mirzohidova final bahslariga yo‘l olishning uddasidan chiqdi. Biroq ular sovrindorlar qatoridan joy egallay olmadi. Toshpo‘latova 1:08.37 soniya natija bilan beshinchi natijani qayd etdi, Mirzohidova esa 1:09.85 soniya bilan yettinchi bo‘lib marraga yetib keldi.

Foto: “Nijniy Novgorod”
“Paxtakor” himoyachisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev Rossiyaning “Nijniy Novgorod” klubiga o‘tdi. Bu haqda “sherlar” matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etish joiz, unga Italiyaning “Jenoa” klubi ham qiziqish bildirgandi.

Jahon

Foto: Twitter

Krishtianu Ronaldu “Manchester Siti”ga o‘tishi mumkin, deb yozdi Nikola Skira. Uning so‘zlariga ko‘ra, “shaharliklar” Ronalduga 2023-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilgan. Futbolchiga ham bu taklif ma’qul kelgan va Turin klubidan ketishga qarshi emas. Agar portugaliyalik ingliz klubi safiga o‘tsa, uning yillik maoshi 15 million yevro bo‘lishi aytilmoqda.

26-avgust kuni Ronalduning agenti Jorje Mendesh Turin klubi rahbariyati bilan uchrashgani va mijozining kelajagini muhokama qilgani haqida xabarlar tarqaldi.

“Barselona” yarim himoyachisi Serxio Buskets klub iltimosiga javoban maoshining kamayishiga rozi bo‘ldi, deya xabar bermoqda ESPN.

Foto: Getty Images

Qayd etish o‘rinli, bungacha jamoaning boshqa yetakchi futbolchilari Xordi Alba va Xerard Pike ham klubga inqiroz paytida yordam berish uchun maoshining kamayishiga rozi bo‘lgandi.

“Real Madrid” hujumchi Kilian Mbappe uchun “PSJ”ga ikkinchi transfer taklifini yubordi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

Foto: Twitter

Madridliklar birinchi marta futbolchini 160 million yevroga sotib olmoqchi bo‘lgandi, biroq rad javobini olgan. Endi esa ispan klubi 170 million yevro taklif qilgan.

Avvalroq “PSJ” Mbappeni 220 million yevroga sotishga tayyorligi aytilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkent xalqaro aeroportida sumka va kolyaskada qariyb 1,2 kg tilla buyumlarni olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Mahalliy
Jizzaxda aliment pulini undirish uchun borgan MIB xodimi pichoqlandi
Dunyo
Bangladesh talabalari yoqilg‘i narxi oshishiga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdi