Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida imtiyozli kreditni noqonuniy o‘zlashtirgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Mingbuloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G” MChJ rahbari I.D. va boshqalar oldindan til biriktirib, bank muassasasidan avtomobillarga texnik va maishiy xizmat ko‘rsatish markazini tashkil etish uchun ajratilgan 1 milliard so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini soxta hujjatlarni tuzish orqali naqdlashtirib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan I.D. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Toshkent viloyatining Piskent tumanida 1,3 milliard so‘mlik imtiyozli kreditni talon-toroj qilgan fermer xo‘jaligi rahbariga, Namanganda “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida 155 million so‘mlik kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan tadbirkorga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, Zangiotada “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi rahbarlari katta summadagi kredit mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda